Korxona iqtisodiyoti


summasi, aholi jon boshiga



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə11/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103
summasi,

aholi jon boshiga

1.

Yalpi ichki mahsulot

3194504,2

128,8

2.

Jami qo`shimcha qiymat

2788136,8

112,4

3.

Tovarlar

1412975,2

56,97

4.

Qishloq xo`jaligi, ovchilik, baliqchilik

972501,0


3,9


5.

Qayta ishlash sanoati, elektro-energiya, gaz va suv ta’minoti

440472,2


17,8


6.

Xizmatlar

1375161,6

55,6

7.

Qurilish

194448,3

7,8

8.

Chakana va ulgurji savdo, barcha turdagi ta’mirlash

303482,7


12,2


9.

Transport, omborlar saqlash va aloqa

258042,0


10,4


Natural ko`rsatkichlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2000 yilda elektr quvvati 46,8 mlrd. kvt/s, neft - 7,5 mln.tn., benzin - 1709,0 ming tn., gaz - 56 mlrd. kub/m., traktorlar - 954 dona, paxta terish mashinalari - 337 dona, yengil avtomobillar - 31,3 ming dona, televizorlar - 28,0 ming dona, sement - 3,28 mln. tn., paxta tolasi - 1019 mln.tn., ip gazlamasi - 355,0 mln. kv.m, ipak tolasi - 1133,0 tn., poyafzal - 4208,0 ming juft, un - 1756,0 ming tn., guruch - 84,0 ming tn., o`simlik yog‘i - 246, 0 ming tn. tashkil qilgan. Bularni hammasi korxonalarda ishlab chiqarilgan bo`lib, ularni tarkibi, ishlab chiqarish masshtabidan xabar beradi. Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki korxona faoliyatidan milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, uning jahon iqtisodiyotida tutgan o`rni, aholining real iste’mol darajasi kabilar bog‘liqdir.


Aksariyat adabiyotlarda korxonaning maqsadi to`g‘risida so`z yuritilganda, bu masalaga bir tomonlama qarashlarni kuzatamiz. Ya’ni korxonaning maqsadi o`z faoliyatidan foyda (daromad) olish deb ta’kidlanadi. Masalan: A.A.Sergeev - “Korxona - foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat qilish uchun barpo etilgan mustaqil faoliyat yurituvchi sub’ekt” deb ta’riflaydi va “shakllari ko`pligiga qaramay korxonalar foyda olish maqsadi orqali bir xil tus oladi” deb takidlaydi1. Aslida korxona o`z mahsulotlariga bo`lgan talabni qanchalik to`la qondirsa uning samaradorligi shuncha yuqori bo`ladi. Shu borada Amerika avtomobil qurilishini hamda “Amaliyot falsafasini” yaratgan “fordizm” nazariyasini asoschisi Genri Fordni aytganlarini keltirish o`rinli deb hisoblaymiz. G.Ford o`zining tadbirkorlik faoliyatini maqsadini jamiyatga xizmat qilishda deb tushungan va “Faqat foyda olish uchun qilinadigan ish - eng yuqori darajadagi xavf-xatarli faoliyatdir.
...Korxonaning maqsadi foyda olish yoki chayqovchilik emas, aksincha iste’mol uchun ishlab chiqarishdir. Bordiyu xalq ishlab chiqaruvchi unga xizmat qilinmayotganligini sezib qolsa, uning kelajagi uzoqqa bormaydi”2 deb ta’kidlagan. (Tarjima darslik avtorlariniki.)
Taniqli tadbirkor “Bin” firmasini boshlig‘i L.P.Bin firmaning memorandumida, hamma ishchi va xizmatchilari bajarishi shart bo`lgan, quyidagi tezisni yozdirib, unga rioya qilishni qattiq nazorat qilgan: “Iste’molchi - bizni shoximiz: Biz iste’molchidan bog‘liqmiz, iste’molchi bizdan emas. Hech kim, hech qachon o`z iste’molchisi bilan tortishib, hech narsa yutmagan. Iste’molchi - bu bizga o`z talabini keltiruvchilar. Bizni ishimiz ularni talabini o`zimiz uchun, hamda ular uchun ham foyda keltirish orqali qondirishdan iborat”.
Nemis olimlari F.K.Bea, E.Dixtla, M.Shvaytasralar “Ekonomika predpriyatiya” (izdatelsskiy dom “INFRA-M”, 1999.) darsligida korxona faoliyatining samarasi o`z taklifi orqali talabni to`la qondirishga bog‘liq degan fikrni olg‘a surishgan.
Bizning fikrimizcha, korxonaning asosiy maqsadini ikki yo`nalishdan iborat ekanligini ta’kidlash zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat yuritishligi bo`lsa, ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Chunki bu maqsadlarni har biriga erishish ikkinchisisiz amalga oshmaydi.



Korxonaning maqsadi



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin