joylashtirilgan. Markazdagi katta hovuz esa unga tugallik bergan.
Bronza va marmardan ishlangan haykaltaroshlik asarlari xiyobonga
ko‘tarinki ruh kiritgan. Bu haykallar dekorativ maqsadda ishlangan.
Me’morchilik san’ati bir necha yillar, asrlardan buyon turli
yo‘nalish va usullarni boshdan kechirib keLmoqda. Bu narsa me’moriy
qurilmalaming qurilishida katta ta’sir ko‘rsatadi.
Yevropa mamlakat-
larida XVII-XVIII asrlarda vujudga kelib, rivoj topgan Klassitsizm
uslubi ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bu uslub asosan Fransi-
yada vujudga kelgan boiib, o‘zida antik an’analami mujassamlash-
tirgan. Ya’ni qadimgi Gretsiyada mil.avv.V-IV asrlarda paydo boigan
Klassika uslubi an’analarini yangi yo'nalishda o‘zlashtirgan. Bu borada
ayniqsa, Klassika orderlarini Klassitsizm uslubida yaqqol uchratishimiz
mumkin.
Shunday ekan, Klassitsizm lotincha "namutta" ma’nosini
bildirishi bejiz emas. Antik an’analarga tayangan holda vujudga kelgan
ushbu uslub Barokko uslubi an’analarini butkul rad etar edi. Klassit
sizm binolarining tashqi ko‘rinishi qanchalik bahaybat va jiddiy boisa,
interyeri shunchalik jimjimador va bezakdor boigan. Klassitsizm
binolariga Versal qasri va Luvr saroyi yaqqol namuna boiishi mumkin.
Versal qasri. Klassitsizm uslubining yorqin namunasi sifatida
Versal qirol qarorgohi asosiy o‘rin egallaydi. Unda me’mor Lui Levo
Shari Lebren va Andre Lenotr bilan hamjihatlikda ish olib borishdi. Bu
yerda katta park, shahar, qasr ansambli me’moriy qiymatga va
u!ug‘vorlikka ega. Volter Versal haqida shunday yozgan edi: "Agar
Lyudovik XIV Parijga Versal kabi e’tibor
berganda edi, bu shahar
dunyodagi eng go‘zaI shaharlardan biri boiar edi". Erkin va katta
kompleks poytaxti shahar qurilish ishi muhim va ustun boigan.
Lyudovik XIII kichik qasrini qayta qurishni kardinal Mazarin hamda
arxitektor Levoga topshirgan va u 1668-yil qurilgan. Levo Lyudovik
XIII ning qasrini 3 tomonidan yangi korpuslar bilan toidirdi. MarmarH
hovli yonida qurilgan bino P ko‘rinishini tashkil etadi.
Bu narsa
Versalda yana bir ikkinchi hovlini tashkil etib, qasr bir necha martaga
kattalashdi, Qasming park tomonidagi fasadida Levo Klassitsizmning
asosiy omili boimish kolonnadalarni qoilagan. Ioniy ustunlari va
pilyastr (devoming silliq to‘g‘ri burchakli bo'rtiq chiqqan joyi.
Kolonna, kapitel va baza bilan bezatilgan)lar binoning ikkinchi
bayramona qavatining fasadida joylashtirilgan. Birinchi qavat devori
fransuz rusti (devomi katta to‘rt burchak toshlar bilan bezatish) bilan
bezatilib, yonida orderlami ko‘tarib turadigan poydevori bezak sifatida
joylashtirilgan. Levo uchinchi qavatni esa shu orderlami to‘ldirib turish
maqsadida antik ko‘rinishni qoilagan. Fransiya binolariga uncha xos
bo‘lmagan bu bino fasadi armaturali parapet (uncha baland bo‘lmagan
devor. Tomni chegaralash uchun ishlatiladi) bilan tugatilgan. Fransiya
binolari
baland boigan, bu bino esa past boiib parapet ortiga
berkingan. Tashqi fasadida Klassitsizm tendensiyalari yaqqol seziladi.
Fransiya mahobatli binolarining eksteryeri, ya’ni tashqi ko‘rinishidan
farqli oiaroq, interyeri jimjimador, bayramona va o‘ta did bilan
bezatilgan. Bu borada Versalning park tomonga qaratilgan fasadining
burchaklarida joylashgan Urush va Tinchlik zallari e’tiborlidir.
Klassitsizm eksteryeri va interyerlar bu davr Fransiya me’morchiligida
bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan. Janubiy va Shimoliy fasad ikkita
jozibador formaga ega boigan korpuslar hisobiga uzunlashgan.
Shimoliy
qismida Elchilar zinasi, Janubiy qismida Qirolicha zinasi
mavjud. Levo old qism bezagini tugallamasdan olamdan o‘tdi. Uning
ishini Fransua d’Orbe davom ettirib, binoning Sharqiy yon tomondan
chiziq bo‘yicha ikkita pavilyonli panjaralarni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab
joylashtirdi. Shunday qilib, Qirol qasri vujudga keldi429.
Mazarinning oiimidan so‘ng, Versal o‘z qiymatini yo‘qota
boshladi. Versalni qayta tiklash maqsadida 1678-yili mashhur
me’morlardan biri Jyuli Ardu Mansami (1646-1708) taklif etishdi. Bu
Versal qasri qurilishi va o‘zgartirilishining keyingi bosqichi edi.
J.Arduen-Mansar park fasadini butkul o'zgartirib yubordi.
Ikkinchi
qavatidagi terrasani buzdirib, o‘rniga qasming markaziy zali qilib
Oynali galereyani qurdirdi. Bu galereya Urush va Tinchlik zallarini
tutashtirib turadi. Svod bilan yopilgan galereyaning tepa qismi
mifologik, fransuz monarxiyasining va qirolning qanchalik buyukligini
429 History o f Architecture A.D. F.Hamlin. A. M, Professor o f the history o f Architecture in the school o f Architecture.
COLUMBIA,
UNI VERSIRY,1998 SEVENTH EDITION. P.184-I85. (As a result o f Le Van's
Yüklə
Dostları ilə paylaş: