M umarova, М. Nabiyeva


Matn yuzasidan bayon yozishga tayyorgarlik



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə13/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Matn yuzasidan bayon yozishga tayyorgarlik.


0 ‘quvchilar m atnni avval ichlarida, so‘ng ovoz chiqarib o‘qiydilar. Ajratib ko‘rsatilgan R a ’no, tog'uzum, husayni so‘zlarining bo‘g‘ini ustida ishlanadi, so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishdagi farqi eslatiladi. Rejadagi savollar soni bilan hikoyadagi gaplarning soni solishtiriladi.
    1. Bayon yozish.


Yozuv taxtasidagi m atn yopiladi. 0 ‘quv chilar savollar va ular yonida tik chiziq bilan ajratib berilgan so‘zlardan foydalanib bayon yozadilar. Bayon yozib bo‘lingach, bir-ikki o‘quvchining ishi o‘qib eshittiriladi.
M ana shunday tayyorgarlik bilan yozilgan bayon yaxshi natijalar beradi. Bayon yozish davom ida ko‘pchilik o‘quvchilarda mustaqillik seziladi. Bu m ustaqillik ikki xil yo‘nalishda (usulda) namoyon boMadi:

      1. 0 ‘quvchilar rejadagi savollarga javob berishda matn mazmunini to‘liq ifodalashga harakat qiladilar.

      2. Ayrim o‘quv chilar esa savollarga o‘z so‘zlari bilan javob berishga intiladilar.

Ko‘pincha o‘quvchilar gapni noto‘g ‘ri tuzadilar. Ba’zi o‘quvchilar esa shunday so‘zlarni ishlatishadiki, bu so‘zlarning imlosi, mazmuni hali o‘rganilmagan. Shu sababli o‘quvchilar imloviy va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Shuning uchun bu bosqichda o‘quvchilardan savol mazmuniga qat’iy e’tibor berish va matn tilidan chctga chiqmaslik talab qilinadi.
Bayon turi soddagina bo‘lsa ham, uni yozishda og‘zaki va yozma ifodalashda adabiy til m c’yorlariga rioya qilish hamda imlo xatolarga yo‘l qo‘ym aslikka o‘rgatish kerak.
0 ‘quvchilar uchinchi chorak oxirida 5 0 - 6 0 so‘zli matndan iborat bayon yozadilar. Rejada 3 - 4 band beriladi. Shu bandlarning har biriga o‘quvchilar ikki-uch gap bilan javob beradilar. Bayon darsining asosiy bosqichi savollar orqali m atn m azm unini qayta hikoyalash, hikoyaning har bir qism ida ko‘zda tutilgan m aqsadni aniqlash, qo‘shma gaplarning imlosi o‘zlashtirilm agan so‘zlarni ishlatishning oldini olish hisoblanadi.
21
0 ‘quvchilarni «Lola» hikoyasi orqali erkin bayon yozishga quyida­ gicha o‘rgatam iz (37-betga garang).
M atn reja bandlariga mos ravishda qism larga bo‘linib, raqam bilan yozuv taxtasiga yoziladi:

  1. Lola erta uyg‘ondi. Yuz-qo‘llarini yuvdi. Toza sochiqqa artindi.

  2. Sora buvi gulzordagi begona o‘tlarni yulm oqda edi. U nabirasini chaqirdi. Lola yordamga bordi.

  3. Lola gullar orasidagi begona o‘tlarn i yuldi. Gulzor chiroyli

bo‘ldi.

  1. Buvisi quvondi.

Yozuv taxtasida ayrim so‘zlarning sinonimi beriladi: yovvoyi, begona, quvondi, sevindi, xursand bo'ldi kabi.
0 ‘quvchilar m atnni o‘qiydilar va quyidagi savollarga o‘z so‘zlari bilan javob beradilar:

  • Lola ertalab nim a qildi?

  • Lolani kim yordam ga chaqirdi?

  • Lola gulzor chiroyli bo‘lishi uchun nim a qildi?

  • K im sevindi?

Shundan so‘ng, rejadagi savollar o‘qilib, ularga javob beriladi. Javoblar o‘quvchilar bilan birgalikda bir necha m arta takrorlanadi. So‘ng qismlar bo‘yicha hikoyalash o‘quvchilarning o‘zlariga topshiriladi. Hikoyalash quyidagi savollar asosida am alga oshiriladi:

  • Lola haqida nim a deyish m um kin?

Agar o‘quvchi m urakkab gaplar bilan javob bersa, keyingi qismlarga o‘tib ketsa, yoki javobni bir gap bilan tugatsa, u holda qo‘shimcha savollar beriladi. M asalan: «Yozuvchi birinchi qismda Lola haqida nima degan?»

  • Sora buvi nim a qilayotgan edi?

Bu savolga: «Sora buvi gulzordagi begona o‘tlarni yulmoqda edi», degan javob olinadi. 0 ‘quvchilar birinchi gapning mazmunini bayon qilganlaridan so‘ng, o‘qituvchi ularga: «Lolani buvisi nega chaqirdi?», deb eslatadi. 0 ‘quvchilar: «Lolani yordam ga chaqirdi», deb aytadilar.
«Qanday qilib gulzor chiroyli bo‘ldi?» A gar o‘quvchi bu savolga: «Lola gullar orasidagi begona o‘tlarni yuldi», degan m azmunda yoki «Lola buvisining oldiga bordi, gulzorni begona o‘tlardan tozaladi», deb o‘z so‘zlari bilan javob bersa, u holda o‘qituvchi: «Lola o‘tlarni yulgandan
22
keyin gulzor qanday bo‘ldi?» deb eslatadi. 0 ‘quvchi o‘z javobini:
« G ulzor chiroyli bo‘ldi», degan gapi bilan toldiradi.
Reja bandlarining har biri m azm unli ikkita gapdan ifodalanganligi aytilib, uchinchi band takrorlanadi.

  • Buvisi nim a qildi?

Bu savolga bir gap bilan javob berish m um kin. H ar bir savolga olingan javob o‘qituvchi yordamida to‘ldiriladi.
M atn qism lar asosida hikoya qilinganidan so‘ng savollarga berilgan javoblar birlashtirilib, m atnning butun m azm unini bogMangan holda hikoya qilish lozim.
Erkin bayon o‘tkazishning birinchi darsida o‘quvchilarni bosh­ qa so‘zlarni ishlatm aslikka, rejadagi savollarga javob berishda shoshilm aslikka o‘rgatish kerak. C hunki bu ta’lim iy xarakterdagi asosiy ish hisoblanadi.
A yrim vaqtlarda bayonga tayyorgarlik ko‘rishda rasm li rejadan foydalanish m um kin. R asm li reja rejaning eng oddiy shakli hisoblanadi. B uning uchun bolalar avval kitobda berilgan rasm lardan m atn qism iga m osini tanlashga va uni nom lash (sarlavha qo‘y ish ) g a o‘rgatiladi. Bu ish o‘quvch.ilarning qism lar orasidagi o‘zaro bog‘lanishini belgilashdagi va ketm a-ketlikni aniqlashdagi faolligini oshiradi. 0 ‘qituvchi to‘plam dagi m atnlardan foydalanib bayon yozdirishda hikoyaning m azm unini keng ochib beruvchi m azm unli rasm lardan foydalanishi m um kin. A m m o ik k inchi sinfda tasvirli rasm larni ishlatish m um kin em as.
Tabiat manzarasi tasvirlangan rasm lar o ‘quvchilam i bayon m atnidan chalg ‘itadi, imlo xatolar ustida o ‘ylash ham da til qoidalariga (adabiy til m e’yorlariga) rioya qilishdagi diqqatini b o ‘shashtiradi. Shuning uchun, to ‘plam da shunday dars namunalari berilganki, bayon o ‘tkazishda ko’rsatilgan rasmlar aniq ta ’limiy xaraktcrga ega. M atn qism larining m azmunan o ’zaro bog’lanishi va qism lam ing ketm a-ket joylashtirilishi o ’quvchilarning mustaqilligini oshiradi. Shunday hollarda matn yozuv taxtasida bo ’laklarga (qismlarga) b o ’lingan holda beriladi: uch-to ’rt qism ketma-ketligi buzilgan holda (tartibsiz) yozuv taxtasiga yoziladi. Buni biz «Ona tovuq» matni orqali ko ’rib chiqamiz:
Ona tovuq jo 'ja larini donlatib yurgan edi. Birdan qirg'iyni ko'rib bezovtalandi. Qirg'iy daraxtga qo ‘ndi.
23
Ona tovuq jo 'ja la rin i qanotlari ostiga yashirdi.
Qirg'iy jo 'ja la rn i topolmay uchib ketdi. Ona tovuq jo 'ja la r i bilan uyiga qaytdi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin