32
ko’rsatilgan ma’lumotlarni yozib boradi.
2.
Oilasidagi shaxslararo munosabatlar – ushbu ma’lumotlarni sinf
rahbari bolaning ota-onasi bilan o’tkazgan suhbatlari, ota-onalar yig’ilishlarida,
sinf soatlarda bildirgan fikr- mulohazalari, ota – onalarning bola hayotidagi
ishtirokidan kelib chiqib to’ldirishi lozim.
3.
O’quv fanlarni o’zlashtirishi- bolaning yil davomida fanlardan olgan
chorak baholari bilan to’ldirishi lozim.
4.
Yoqtirgan (yoqtirmagan) fanlari- bolaning chorak baholariga qarab,
fanlarda ishtiroki, qiziqishlari va harakatlaridan kelib chiqib to’ldirilishi lozim.
5.
Qiziqishlari- bolaning o’z hohishi bilan qatnashgan maktab va
maktabdan tashqari to’garaklari, fan olimpiadalarida ko’rsatgan natijalariga qarab
to’ldiradi.
6.
Qanday kasblarga moyil- maktab psixologi o’quv yili davomida sinf
bilan o’tkazgan.
7. Kasbiy o’yinlari, suhbatlari, test, kasblar haqida yozgan insho va
bayonlari asosida chiqargan natija va hulosalarga qarab to’ldiriladi.
8.
O’quvchining yaqqol ifodalangan xarakter xususiyatlari- sinf rahbari
yil davomida bolaning turli xil tadbirlarda, jamoat ishlarida, sport musobaqalarida
va atrofdagilar bilan munosabatlaridan kelib chiqib to’ldirishi lozim.
9. Tuzatishni, yahshilshni talab etadigan xususiyatlari- sinf rahbari
bolaning hatti harakatlarida kuzatgan kamchilik yoki nuqsonlarini (uyatchanlik,
tajovvuskorlik, sirlilik, giper aktivlik, passivlik …) maktab psixologiga yozma
ravishda bildirib, bolaning ota-onasini ogohlantirgan holda, bolaga maktab
psihilogini biriktirishi lozim va daftarga qayd qilib qo’yish kerak bo’ladi.
10-11. Shunga ko’ra maktab psixologi bola bilan ishlash davomida
qo’llagan psixologik metodikalari natija va hulosalarini daftarga qayd etib borish
lozim.
12. Dastlabki kasbiy maslahat- maktab psixologi bolaning test natijasiga va
barcha o’tkazgan metodikalariga qarab natija va xulosalarni daftarga qayd qilib
boradi.
Dostları ilə paylaş: