imzolandi, loyiha ofislari tashkil etildi, Qirg‘iziston va Xitoy tomonlari o‘z hududida yo‘nalish bo‘ylab dastlabki ekspeditsiyasini amalga oshirdi.
“Mozori -Sharif –Qobul –Peshavar”temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha Toshkent shahrida 5 tomonlama “O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston-Rossiya-Qozig‘iston” uchrashuvi tashkil etildi va uchrashuv yakunida 2 ta yo‘nalish bo‘ylab 2022 –yilda qo‘shma ekspeditsiya o‘tkazishga kelishildi hamda loyihani amalga oshirish bo‘icha “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Milliy eksportyorlarimiz uchun yuklarni temir yo‘lda tashish bo‘yicha qulayliklar yaratish maqsadida asosiy xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l tashuvlari tariflariga 50-70 foizgacha chegirmalar saqlanib qolishiga erishildi.
“Xitoy –Qirg‘iziston –O‘zbekiston –Turkmaniston –Ozarbayjon –Gruziya” multimodal yo‘nalishida O‘zbekiston orqali tranzit tashuvlari 2021-yil yakunga ko‘ra, 2020-yilga nisbatan 1,7 barobarga oshib, 134.7 ming tonnani tashkil etdi.
Mazkur multimodal yo‘nalishni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha imzolangan besh tomonlamabayonnomaga Turkiya tomonining qo‘shilishiga erishildi. “O‘zbekiston –Turkmaniston –Eron –Ummon” yo‘nalishida tashuvlarni rivojlantirish maqsadida Turkmaniston va Eron hududi orqali respublikaning tashqi savdo yuklari tashishilishi uchun 70 foizgacha chegirmalar olinishiga erishildi. Natijada, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida jami xalqaro yuk tashuvlari 3,4 barobarga oshib 1,08 mln tonnanitashkil etdi. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida jami xalqaro yuk tashuvlari 1,4 barobarga oshib 1,33 mln tonnani tashkil etdi. Turkiy kengash doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida avtomobil transportida yuk tashish jarayonini soddalashtirish maqsadida ilk marotaba E-Permit tizimidan foydalanib, pilot avtokarvoni tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasining “Universal Logistic Services” (Toshkent), “Axtachi” (Andijon) va “Termez Cargo Center” (Termiz) logistika markazlari Turkiy kengashga a’zo davlatlar Birodar portlar kelishuviga a’zo bo‘ldi. Transport vazirligi hamda Koreya Transport Instituti o‘rtasida Toshkent,