Matematik modellarni qurishda blokli tamoyil keng qo‘llaniladi, uning mazmuni shundan iboratki, ko‘rilayotgan jarayonning u yoki bu tomonini aks ettiruvchi model alohida mantiqiy yakunlangan bloklardan quriladi. Bu modda o‘tkazish kinetikasining bloki, gidrodinamika bloki, fazali muvozanatning bloki va shu kabilar. bo‘lish mumkin. Modellarni blokli qurish tamoyili quydagilarni imkon beradi: a) matematik modelni qurishning umumiy masalasini alohida nimmasalalarga bo‘lish va shu bilan uning echimini soddalashtirish; b) ishlab chiqilgan bloklarni boshqa modellarda qo‘llash; v) alohida bloklarni modernizatsiyalash va boshqa bloklarga tegmasdan turib, yangilariga almashtirish.