Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа


-йиллар насрида роман ва қисса жанри



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə13/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а

20-йиллар насрида роман ва қисса жанри
— 20-yillar o'zbek adabiyotida zamonaviy realistik nasrning shakllanishi va hayotdan mustahkam o‘rin olishida Abdulla Qodiriydek ulkan san’atkorning ijodi g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Abdulla Qodiriy bu davrda kichik nasrning xilma- xil namunalarini yozish bilan cheklanmadi. U «0‘tgan kunlar», «Mehrobdan chayon» kabi yirik asarlar yaratib, o‘zbek realistik romanchiligiga asos soldi. Xuddi shu yillarda S. Ayniy «Buxoro jallodlari», «Odina», Mo‘minjon Muhammadjon «Turmush urinishlari» asarlarini yozib, qissachiligimizni boshlab berdi. Biroq 20-yillar o‘zbek nasrida yutuqlar bilan birga, naturalistik tafsilotlarga o‘chlik, quruq bayonchilikka berilish, tasvirni badiiy jihatdan asoslay olmaslik singari nuqsonlar mavjud edi. Bundan qat’i nazar, umuman olganda, 20-yillar nasri yangi adabiyotimizning kelgusi taraqqiyoti uchun mustahkam zamin tayyorladi.
20-йиллар ўзбек шеърияти
— 20-yillarda shoirlar safi G‘ayratiy, G‘. G‘ulom, Oybek, H. Olimjon, Uyg‘un, Elbek, Botu, Yashin, Mirtemir, Sobir Abdulla kabi yosh iste’dodlar hisobiga kengayib bordi. Ular ustozlar izidan borgan va ular mahoratini o'rgangan holda o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayot haqida yozdilar. G'ayratiyning «Erk tovushi» (1927), «Yashash taronalari» (1928) to‘plamlariga kiritilgan she’rlari bunga misol bo'ladi. Shoir o‘z she’rlarida ueg-suv islohoti («Yer ishlaganniki», «Qo'shchi ashulasi»), xotin-qizlar ozodligi («Men erkli», «Bir qiz kuylarkan»), yangi hayot va erkin mehnat («Temir bilaklar», «Mehnat va turmush», «Ish vaqti», «Dehqon qizi», «Ko‘raman») kabi zamonaviy mavzularni aks ettirgan. Shuningdek, G‘ayratiy yangi o‘zbek she’riyatiga sanoat mavzuini olib kirdi. Shoirning «Neft bulog‘i», «Bo‘zsuv bo‘ylarida», «Brigada signali», «Ishchi xotin», «Zarbdor qiz» kabi she’rlarida ishchilar hayoti, mehnati va orzu-istagi aks ettirilgan. G‘ayratiy «Farg‘ona», «Mening tuyg‘ularim», «Shoir», «Ey qalam» kabi she’rlarida yangi hayot va erkin mehnatni, xalqlar do‘stligi va chin insoniylikni kuylaydi.
Yangicha mazmunni yangicha shaklda ifodalashga, yangilikka intilish, zamon talablariga hozirjavoblik, minbarboplik va xalq qo‘shiqlari ruhiga hamohanglik — bu davr she’riyatining muhim xususiyatlari sifatida ko‘zga tashlanib turdi. Ayni chog'da, g‘oyaga berilib, badiiylikka yetarli e’tibor qilmaslik, madhiyabozlik, zamonasozlik va quruq ritorika kabi qusurlar ham 20-yillar she’riyatida yaqqol seziladi.
20-yillarning ikkinchi yarmigacha asosan o‘rganish va izlanish davrini o'tagan G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Uyg'un, Usmon Nosir, Mirtemir, G‘ayratiy, Shayxzoda singari shoirlar XX asrning 30-yillarida ijodiy kamolotga yetdilar.
30 йиллар насри
20-yillarda endigina shakllana boshlagan o‘zbek realistik qissachiligi 30-yillarga kelib, adabiyotda o‘zining mustahkam 0‘rniga ega boidi. Bu davrda qissa janrining mavzu doirasi kengayib, g‘oyaviy-badiiy saviyasi ancha o‘sdi. 30-yillarda zamonaviy mavzularda «Obid ketmon» (A. Qodiriy) «Yodgor», «Tirilgan murda» (G‘.G‘ulom), «O'tbosar» (A. Qahhor), «Oqim hukmi» (G‘ayratiy), «Qor yog‘di, izlar bosildi» (Sharif Rizo), «Hushyor yoshlar» (Majid Fayziy), «Partizanlar» (Talas) kabi qissalar yaratildi. Bu qissalarda kishilar ma’naviyatida paydo boigan ruhiy siljishlar ifodalangan. Xususan, Mulla Obid, Berli tatar, O'tbosar, Jo‘ra va Saodat kabi obrazlar misolida yangicha fikrlaydigan insonlarning shakllanish jarayoni, ularning o‘y-xayollari ko'rsatilgan.
30-yillar qissachiligida o‘tmish mavzulariga qiziqish davom etdi. Ayniqsa, «Shum bola» (G‘. G'ulom), «Sudxo‘rning o'limi» (S. Ayniy) qissalarida o‘tmish mavzusi ustalik bilan yoritildi. Badiiy jihatdan baquvvat bo‘lgan bunday qissalar kitobxonlar qalbiga juda tez yo‘1 topdi.
30 йиллар романчилиги
— Voqelikni keng ko‘lamda va katta epik shaklda aks ettiruvchi roman janrida ham ancha yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bu davrda «Kecha va kunduz» (Cho‘lpon), «Doxunda», «Qullar» (S. Ayniy), «Qutlug1 qon» (Oybek), «Sarob» (A. Qahhor), «Huquq», «Dushman» (H. Shams) kabi xilma- xil romanlar paydo boidi.
— Bu davrdagi o‘zbek romanchiligida boshqa xalqlar adabiyotida boigani kabi, tarixiy mavzu ancha keng ishlandi. Xususan, «Kecha va kunduz», «Qullar», «Qutlug1 qon» romanlarida xalqimiz tarixining turli bosqichlari jozibador va haqqoniy qilib tasvirlandi. Jonli va toiaqonli obrazlar yaratildi.
— 30-yillarda o'zbek romanchiligida zamonaviy mavzular ham yoritila boshlandi. «Sarob» (A. Qahhor), «Huquq», «Dushman» (H. Shams) romanlarida davr voqeligi qalamga olindi.
—  30 йиллар ўзбек шеърияти
30-yillarga kelib, o'zbek she’riyatida shakl va mazmun sohasida bir qancha yangiliklar vujudga keldi. Ko‘plab chuqur mazmunli go‘zal poetik asarlar yaratildi. she’riyat yangi mavzu va yangi obrazlar bilan boyidi. she’riyatning bunday xususiyatlari Cho‘lpon, H. Olimjon, Oybek, G‘. G‘ulom, Uyg‘un, Shayxzoda, Mirtemir singari taniqli shoirlar ijodidagina emas, balki 30-yillarda adabiyotga kirib kelgan Usmon Nosir, Amin Umariy, Hasan Po'lat, Sulton Jo‘ra, Elbek, Temur Fattoh, Zulfiya kabi yosh iste’dodlarning asarlarida ham yaqqol ko‘rindi. Bu o‘rinda H. Po‘latning «Jangchi», «Vaqtim chog'», A.Umariyning «Yoshlik», «Shodlik», S. Jo‘raning «Shodligim», «Ochiq chehralar» singari she’rlarini eslash mumkin.
Olovqalb shoir Usmon Nosir (1912-1944) ijodidan lirikaning yangi namunalarini ko‘plab keltirish mumkin. Shoir sevgi- muhabbatnigina emas, balki katta ijtimoiy-siyosiy masalalarni ham o‘tli lirik misralarda ifodalab, o'quvchilar qalbini rom etadi. Usmon Nosirning: «Lirikam mening! Yuvgan, taragan, qaragan yurtning xizmatin qilishlik vazifang sening»,— degan misralarida uning ijodni xalq va ona yurtga xizmat qildirish borasidagi fikr poetik ifodasini topgan.
— Tasvir mahorati oshganligi, dunyo poetik tajribasidagi ilg'or usullarning o‘zlashtirilganligidan ko‘z yummagan holda ta’kidlash kerakki, XX asrning 30-yillari o‘zbek she’riyatida zamonasozlik, madhiyabozlik, davr voqeligini asossiz ravishda haddan oshirib maqtab tasvirlash, shaxsga sig‘inish kabi nuqsonlarga ham yo‘l qo‘yildi. Shoirlar jamoasi yaratgan she’riy xatlarda, shuningdek, «Bashar quyoshiga», «Soso», «Baxtlar vodiysi», «Nima bizga Amerika» (H. Olimjon), «Kommunizmning gul bog‘lariga» (Uyg‘un) kabi ayrim asarlarda bu nuqson yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari, 30-yillar she’riyatida ba’zan soxta novatorlikka berilish singari qusurlar ham uchraydi. E. Abbos, Ergash, U. Ismoiliy,
— Sh. Sulaymonning ba’zi she’rlarida bu qusur ochiq ko‘rinadi.
Umuman olganda, 30-yillarda o‘zbek she’riyati ko‘p jihatdan rivojlanib, dunyo darajasiga ko'tarildi.
30-yillar o‘zbek she’riyatida «Xalq», «Diyorim» (Cho‘lpon), «Turksib yo‘llarida», «Yalovbardorlikka» (G‘. G‘ulom), «0‘zbekiston», «Kuychining xayoli», «0‘rik gullaganda» (H. Olimjon), «Tonggi bo‘sa», «Kuz qo'shiqlari» (Uyg'un), «Fanga yurish», «0‘zbekiston» (Oybek), «Yurak», «Yoshlik», «Mehrim», «She’rim» (U. Nosir) kabi ko‘pgina badiiy jihatdan baquvvat she’rlar paydo bo‘ldi. Ularda kishilarning his-tuyg‘ulari, orzu- umidlari, ulug‘ maqsad uchun kurashlari aks ettirilgan.

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin