Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə17/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а

Erk ertaklarini eshitgan boshqa,
Qullik qo ‘shig ‘ini tinglagan menman.
Erkin boshqalardir, qamalgan menman,
Hayvon qatorida sanalgan menman.
«Yong‘in» she’rida esa shoir yurt mustamlakachilar oyog'i ostida toptalayotgani, xalq bosqinchilar tomonidan tahqirlanayotganiga dil-dildan achinib, nola qiladi:
Shunday katta bir o 'Ikada yonmagan,
Yiqilmagan, talanmagan uy yo ‘qmi?
Bir ko ‘z yo ‘qmi qonli yoshi tommagan,
Butun ko ‘ngil umidsizmi, siniqmi?
Shunisi muhimki, shoir yurtdagi erksizlik, vayronalik va xarobotni tasvirlash bilan kifoyalanib qolmaydi. U shu holatdan qutulish yo‘llarini ham ko‘rsatib beradi. Erksizlik va jaholatdan qutulishning Choipon tanlagan yo‘li qat’iy va kurashchanlik ruhi bilan sug‘orilgan. Chunonchi, «Buzilgan o‘lkaga» she’rida o‘z yurtga sig‘indilik, mustamlaka azobidan ezilgan, vayron boigan o‘lkamizga qarata xitob qilib, xalqni ogohlantiradi, hushyorlikka chaqiradi:
Ey, tog ‘lari ko ‘klarga salom bergan zo 'g o ‘Ika!
Nega sening boshing uzra quyuq bulut ko'lanka?..
Ey, har turli qulliklarni sig ‘dirmagan hur o ‘Ika,
Nega sening bo'g'zing bo‘g‘ib turar ko'lanka?!..
Cho‘lpon she’r davomida bu poetik fikrni kengaytira va chuqurlashtira boradi. Shu tariqa o‘lkamiz xalqlarini uyg‘onishga, erku huquqini qo‘ldan bermaslikka da’vat etadi. Haqsizlikka qarshi erk va ozodlik uchun kurash g‘oyalarini asaming leytmotivi darajasiga ko‘taradi:
Sening erkli luprog ‘ingda hech haqqi yo ‘q xo ‘jalar Egasini bir qul kabi qizg ‘anmasdan yanchalar.
Nega sening qalin tovshing: «Ket!» — demaydi ularga? Nega sening erkli ko ‘ngling erk bermaydi qo ‘llarga?
Cho‘lponning «Ko‘ngil», «Erk istagi», «Qo‘zg‘olon», «Bas endi», «Qilich va qon» kabi she’rlari ham ana shu qora ko'lanka — mustamlakachilikka qarshi isyon tarzida bitilgan. «Ko‘ngil» she’rida shoir millatga murojaat etib, bo‘ysunmaslikka chaqiradi:

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin