«Qutlug4 qon» romanida xotin-qizlarning rang-barang obrazlari berilgan. Ular orasida, ayniqsa, Gulnor timsoli o'quvchida katta taassurot qoldiradi. Adib Gulnor obrazi orqali xotin-qizlarning achchiq taqdirini, fojiali qismatini umumlashtirib tasvirlab bergan. Gulnor — sodda va samimiy inson. Uning o‘zi ham, axloq-odobi ham, yurish-turishi ham go‘zal. Unda notabiiylik va soxtalik yo‘q. Ammo Gulnor — huquqsiz. Shu sababli u Yo‘lchini jondan ortiq sevgani holda qari chol Mirzakarimboy bilan turmush qurishga majbur bo'ladi. Romanda Gulnorning kechinmalari, turli ruhiy-psixologik holatlari yorqin bo'yoqlarda tabiiy va jonli qilib ifodalangan. Gulnorning onasi Gulsumbibi — o‘zi bir olam. U — mushfiq, mehribon ona. Gulsumbibi har narsadan odamgarchilikni ustun qo'yadi. Qizini tushunadi va ayaydi. Shu sababli u boyning mulkiga uchmaydi, qizini Mirzakarimboy xotinlikka olmoqchi ekanini eshitgach, ruhan qiynalib, ich- ichidan eziladi. Gulsumbibi obrazida o‘sha davr onalariga xos itoatkorlik ham, zahmatkashlik va mehribonlik ham yorqin, ta’sirli aks etgan.
«Qutlug1 qon» romanida Shoqosim, Qoratoy, 0‘roz, Shokir ota, Qambar, Yormat, Unsin kabi obrazlar ham jonli, to'laqonli bo‘lib chiqqan. Bu obrazlar romanda o‘z mavqeiga ega. Ular bosh qahramon Yo‘lchi xarakteridagi yetakchi xususiyatlarni ochib berishga xizmat qiladilar.
Romanda, ayniqsa, Mirzakarimboy obrazi ustalik bilan puxta ishlangan. Mirzakarimboy — aqlli, tadbirkor shaxs. Uning qilmishlari — jirkanchli, niyati — buzuq. Mahalla baqqolining o‘g‘li bo‘lgan Mirzakarimboy halollik bilan emas, balki qarolu xizmatkorlarni shafqatsiz ishlatish, ularning ish haqidan urib qolish orqali mashhur millioner boy darajasiga ko‘tarilgan.
Mirzakarimboyning ma’naviy dunyosi ham porok. U — qarindoshlik tuyg‘usidan mahrum. U moddiy yordamga muhtoj qarindoshi Xushro'ybibi haqida yomon so‘zlar aytadi. Yoichiga: «...odam bo 'Imoqchiesang, onangzoriga quloqsolma!» — deb «nasihat» qiladi. Mirzakarimboy o‘z jiyani Yoichiga. zulm, adolatsizlik va insofsizlik qiladi. Bu qari chol, hatto jiyanining sevgilisi — nabirasi qatori qiz Gulnorga uylanishdan ham tortinmaydi.
Mirzakarimboy Yo‘lchiga nasihat qilgan boiib, o‘zining hayot va odamlar haqidagi «falsafa»sini bayon etadi. Mirzakarimboyning «falsafa»siga ko'ra: «Pul—hamma narsaning otasi. Pul - belga quvvat, boshga toj. Puldor odam — qanotli odam. Bit qanot bilan Mag 'ribdan Mashriqqa uchasan, liar yerda oshna- og ‘ayni, do ‘st-yor topasan». Mirzakarimboy: «Men do ‘stlarga sira ishonmayman...», «Xotin erning quli, xotinning ko'ngliga, ra'viga qarab ish qilgan erkak — odam emus», — deydi. Yuqorida keltirilgan misollardan Mirzakarimboyning yirtqich qiyofasi, uning odamgarchilikdan mahrum ekanligi yaqqol anglashiladi.
«Qutlug1 qon» romani til va badiiy mahorat jihatidan ham g'oyatda diqqatga sazovor. Asarda adib obraz yaratishda psixologik tahlil san’atidan, xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalangan. Obraz xarakterini, personaj tilini tabiiy va jonli qilib tasvirlagan. Shunga ko‘ra, romandagi har bir obrazning o‘z ichki-tashqi dunyosi bor, o‘z xarakteri va individual tili bor. Masalan, Abdushukur tilidan ishlatilgan «g‘olibo maqsad», «kaminaning g'oyaviy hayoti», «evoh, zavoli Turkiston», «milliy sarmoya», «o‘z boylarimiz — musulmon boylarimiz» singari so‘z va iboralar, bu obraz tiliga individual tus bergan.
Romanda personajlar tili singari muallif nutqi ham katta mahorat bilan ishlangan. Asarda Oybek jonli xalq tili boyliklari: xalq maqollari, hikmatli so‘zlar va obrazli iboralardan, shuningdek, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a, majoz kabi tasviriy vositalardan unumli foydalangan. Bundan tashqari, yozuvchi xalq maqol va hikmatli so‘zlari darajasida turuvchi «Yer sotgan — er bo'lmaydi, er — yer sotmaydi», «Jabrning to‘qmog‘iga toqat yo‘q», «Xalq o‘z ishini bilib qiladi», «0‘tinsiz qozon qaynamaydi» singari sermazmun, chiroyli jumlalar va obrazli iboralar yaratgan.
«Qutlug' qon» romani sujet va kompozitsiya jihatidan ham tahsinga loyiqdir. Unda asar g‘oyasini va obrazlar xarakterini ochishga xizmat qilmaydigan tasvirlar, oshiqcha voqea va epizodlar yo‘q. Yozuvchi voqealar tasvirini ortiqcha cho‘zmaydi. Voqeadan voqea chiqarish va ularni tabiiy tarzda bir-biri bilan bog‘lash orqali asosiy sujet chizigini vujudga keltiradi. Shu bilan birga, sujetni xarakter yaratish ishiga mohirona xizmat qildiradi.
Kezi kelganda shuni ham qayd etish kerakki, roman ayrim qusurlardan ham xoli emas. Asarda o‘sha davr taqozosiga ko‘ra.
sotsialistik realizm talabiga binoan rus-inqilobchi Petrov obrazi sun’iy ravishda kiritilgan. uning Yo‘lchiga ko‘rsatgan ta’siri ideallashtirilgan. Jadid Abdushukur esa bir tomonlama tasvirlanib. o'quvchida yoqimsiz taassurot qoldirishga urinilgan.
Oybekning «Navoiy» (1944) romani ham o‘zbek adabiyoti tarixida faxrli o‘rin tutadi. Yuzaki qaraganda. Oybek urush yillarida uzoq o‘tmish mavzusida «Navoiy» romanini yaradsh bilan o‘sha jangovar davr talablaridan uzoqlashganday ko'rinadi. Aslida esa bunday emas. Chunki Oybek o'tmish voqeligini aks ettirish, buyuk tarixiy shaxs Alisher Navoiy obrazini yaratish. uning Vatanga va xalqqa bo'lgan cheksiz muhabbatini tasvirlash asosida vatanparvarlik, insonparvarlik, qahramonlik va yomonlikka nafratni targ‘ib qildiki, urush davri talablariga tola mos kelar edi.
«Navoiy» tarixiy-biografik roman janrining nodir namunasidir.
Roman voqeasi 18 yoshli yigit — Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi. Asar voqeasi Navoiyning o'limini aks ettirish bilan tugaydi. Demak, asarda Navoiy tarjimai holining asosiy bosqichlari hayot haqiqatiga mos holda yorqin tasvirlangan. Asarda Navoiyning olijanob fazilatlari, ajoyib xislatlari, Vatan, xalq va adabiyot oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochila boradi. Navoiy obrazi romanda el va xalq uchun qayg‘uruvchi, yurtning baxt-saodati haqida jon kuydiruvchi, adolat va haqqoniyat uchun astoydil intiluvchi ulug‘ siymo sifatida namoyon bo'ladi. Navoiy o‘z do‘stlariga nasihat qilib: «...har nechuk falokatni daf etmoqqa g'ayrat qilmoq kerak... Muborak Vatanning, el-ulusning salomatligi uchun Jidokorlik ko ‘rsatmoq vazifamizdir. Sizdan tilagim shuki, bir-birimizga, davlatga, yurtga vafo, sadoqat, muhabbat bilan bog'lanaylik. Vafo va muhabbat — ulug' qudratdir»,-— deydi.
Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga bo‘lgan munosabati tasviridan ham o‘rinli foydalangan. Romanda haqqoniy tasvirlanganidek, Navoiy o'z ona tilisi — turkiyni dil-dildan sevadi. Uning go‘zal va boy til ekanini inkor qiluvchilarga qarshi dadil kurashadi. CTzbek tilining boyligini amalda namoyish qiluvchi ajoyib badiiy asarlar yaratadi. Oybek romanda Alisher Navoiy boshqa tillarni hech bir kamsitmaganligini to‘g‘ri ta'kidlaydi. Romanda Navoiy shoir Binoiyga e’tiroz bildirib: «Biz fors tilining qudrat va ahcimiyatini, i tildagi asarlarning husn va salobatini hech vaqt inkor etmadik. To go ‘daklikdan boshlab fors tilida ham qalam surmoqdamiz. Ammo tilimizning afzalligi biz uchun ulug' haqiqatdir. Biz go'daklikda bu haqiqatning ishqini ko'nglimizga jo qilganmiz, o 'Iganimizcha bu ishqni saqlaymiz! Shaharlarni, qishloqlarni, sahro va tog ‘larni to ‘Idirgan el-ulusimiz, urug aymog ‘imiz bor, uning o ‘z zavqi, fahmi-idroki bor. Biz elimizning zavqini, tabiatini nazarda tutib, uning o ‘z tilida qalam suraylikki, uning ko ‘nglifikr gullari bilan to ‘Isin. Turkona soz bilan tarannum etaylikki, elning yuragi mavjga kelsin. So ‘z gulshanidan o ‘zga ellar qatorida bizning elimiz ham bahramand bo 'Isin», — deydi.
Oybek romanda Jomiy bilan Navoiyni bir-biriga ustoz va shogird ekanini maftun bo‘lib tasvirlaydi. Umr o'rtasidagi oddiy insoniy munosabatlar ham samimiyat bilan ifodalangan. Navoiy Marvga jo‘nash oldidan xayrlashish niyatida Jomiy huzuriga tashrif buyuradi. «Jomiy uni har vaqtdagi singari shavq bilan qarshiladi. Navoiy o ‘tirgan hamon ulug ‘ chol (Jomiy) muloyim tabassum qilib, o ‘ziga xos mayinlik bilan: «Endi ko'zlarimizni Marv tomonga intizor qilurmisiz?» — dedi.
«Navoiy» romanida Husayn Boyqaro, Xadicha begim, Mo‘min Mirzo, Darveshali, Binoiy, Majididdin singari tarixiy shaxslar obrazi ham berilgan. G'oyat ustalik bilan yaratilgan bu obrazlar bosh qahramon Navoiy xarakterini ochishda muhim o‘rin tutadilar. Chunki adib bu obrazlar vositasida o'sha davr hayotini haqqoniy ko‘rsatgan. Asarda podshoh Husayn Boyqaroning o‘z o‘g‘li Badiuzzamonga qarshi jang qilishi, nabirasi Mo‘min Mirzoni qatl etish haqida farmon berishi, shahzodalarning bir-biriga qarshi qilich qayrashi, bir- biriga xiyonat qilishi singari fojiali voqealar, ziddiyatlar g‘oyat ta’sirli qilib ifodalangan.
Romanda tarixiy shaxs obrazlari bilan birga, Sultonmurod, Dildor, Arslonqul, Zayniddin, To‘g‘onbek singari badiiy to'qima obrazlarning ham o'ziga munosib o‘rni bor. Oybek bu obrazlar orqali oLsha davrdagi ma’lum ijtimoiy guruhlar hayotini umumlashtirib ko'rsatib bergan. Shuningdek, bu obrazlar vositasida bosh qahramon Navoiy xarakterini, uning fazilatlarini yanada yorqinroq ochgan.
«Navoiy» romanida XV asr hayoti uchun tipik bo'lgan xilma-xil voqea-hodisalar aks ettirilgan, rang-barang obrazlar yaratilgan. Hayot haqiqati ustalik bilan badiiy haqiqatga aylantirilgan. Bunda yozuvchi obraz yaratishda psixologik tahlildan, til imkoniyatlaridan, jumladan, har bir personajning o‘ziga xos fe’l-atvorini va individual tilini berish san’atidan unumli foydalangan. Shunga ko'ra romandagi barcha obrazlar o“z xarakteri va individual tili e’tibori bilan bir-biridan ajralib, o‘zaro farqlanib turadi.
Ma’lumki, badiiy asarda personaj nutqi singari muallif nutqi ham aniq va obrazli boiishi, milliy tarovat bilan bezangan, davr ruhi bilan sug'orilgan boMishi shart. Asarda qaysi davr hayoti tasvirlangan bo'lsa, o‘sha davr kishilari nutqidagi til xususiyatlari ham aks etishi kerak. Bu jihatdan «Navoiy» romanining tili ibratlidir. Oybekshunos olim Homil Yoqubov to'g'ri qayd qilganidek: «Navoiy» romani o‘zbek tarixiy romanchiligi tilining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Asar tili o'tmish davrning jonli tilini yaratish namunalaridan biri bo‘lib qoldi, unda besh yuz yil avval yashagan tarixiy qahramonlarning tili hozirgi kitobxonlarga tushunarli qilib qayta tiriltirildi. Oybek roman tili oldida turgan bu murakkab vazifani to'g'ri hal qildi. Yozuvchining muvaffaqiyati shunda bo‘ldiki, u qahramonlar nutqi bilan muallif nutqi o‘rtasiga keskin chegara qo‘ymadi va tarixiy hamda zamonaviy nutqni bir-biriga uyg‘unlashtirdi. U shaxslarning so‘zlashuvida Navoiy asridagi adabiy til koloritini saqlash, ayrim grammatik va morfologik formalarni stillashtirish bilan birga. ularni o‘zbek adabiy tilining hozirgi taraqqiy bosqichiga xos asosiy qoidalarga bo'ysundirdi, mumkin qadar hozirgi zamon kitobxonining tushunishiga yaqinlashtirdi. Ammo shunisi borki, muallif tilining personajlar tilidan tamoman uzilib qolishi va hozirgi kunning lug‘at tarkibidagi yangiliklar bilan boyitilishi mumkin emas edi. Shuning uchun yozuvchi avtor tili bilan personajlar tili o'rtasidagi stilistik birlikni saqlashga harakat qildi, arabcha, tojikcha va hozirgi kunda iste’moldan chiqib ketgan arxaik so‘zlarni o‘rinli ishlatdi»62.
Xulosa qilib aytganda. «Navoiy» romani o‘zbek romanchiligining ajoyib namunasi va juda katta yutug‘idir. Bu roman jahondagi rus, ingliz, ukrain, nemis, belorus, qozoq, turkman, ozarbayjon, tojik, arab, fors, eston, latish va xitoy tillariga tarjima qilingan va hamma joyda kitobxonlarga manzur bo‘lgan.
Oybekning «Qutlug1 qon», «Navoiy», «Ulug‘ yo'l» romanlarida xalqimizning o‘tmish hayoti tasvirlangan bo'lsa, «Oltin vodiydan shabadalar» (1950), «Quyosh qoraymas» (1959) romanlarida zamonaviy voqelik aks ettirilgan.
Konfliktsizlik nazariyasi ta’sirida yaratilgan «Oltin vodiydan shabadalar» romanida davr voqeligi bo‘yab, undagi muammolar yumshatilib tasvirlangan. Shuning uchun ham asardagi ko‘plab obrazlar tirik odamlardan ko'ra badiiy sxemalarga o‘xshab qolgan. Romanda O'ktam, Komila, Sobir, Tansiq, Anor, Mirhaydarota, 0‘sar, Akaskin, Sakson ota singari obrazlar orqali adib zamonning ilg'or kuchlarini ko'rsatishga uringan. Yozuvchi ularda alohida shaxsni emas, balki muayyan ijtimoiy kuchning vakilini tasvirlashga uringani uchun ham bu obrazlar jonli odamlar qiyofasiga ega bo‘lolmagan. Ammo iste’dodli adib ba’zi timsollarni katta mahorat bilan tasvirlagan. Jumladan, romandagi Ashirmat obrazi san’atkorlik bilan yaratilgan timsollardandir. Asarda Ashirmat sarguzashti, uning ichki-tashqi dunyosi mahorat bilan tasvirlangan.
«Oltin vodiydan shabadalar» romani til, sujet va kompozitsiya jihatidan ham bir qator fazilatlarga ega. Romanda yorqin chizilgan yoqimli lirik tasvirlar va lirik chekinishlar ham bor. Biroq asarda mavzuni yoritishda, zamondoshlarimiz obrazini yaratishda ba’zan yuzakichilikka yo‘l qo‘yilgan.
Oybekning «Quyosh qoraymas» asari ikkinchi jahon urushi mavzusida yozilgan birinchi o'zbek romanidir. Unda jangchilarimizning vatanparvarligi, qahramonligi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, partizanlar harakati tasvirlangan. Romanning g‘oyaviy mazmuni uning sarlavhasida ham o‘z ifodasini topgan. Oybek romanni «Quyosh qoraymas» deb atash bilan quyosh abadiy qoraymagani singari adolat va haqqoniyat uchun jang qilayotgan xalqni yengish aslo mumkin emas, degan g'oyani obrazli ravishda ifodalagan.
«Quyosh qoraymas» romanida bevosita front voqealari, fashist bosqinchilariga qarshi olib borilgan jang manzaralari aniq aks ettirilgan. Voqea, asosan, bir batalyonning jangovar hayoti timsolida namoyon bo‘ladi. Oybek asarda jangovar front hayotini, jangchilarning ruhiyatini, his-tuyg‘ularini, jang manzaralarini bilag‘onlik bilan tasvirlagan. Har bir voqea va har bir obrazni chuqur mulohaza va hayotiy dalillar bilan asoslab bergan. Shuning uchun ham romanda tasvir tabiiy, ishonarli va jonli chiqqan.
«Quyosh qoraymas» romanida Bektemir, Ali tajang, Askarpolvon, Dubov, Nikolin, Hoshimjon, Rashid, Salima singari jangchi obrazlari yaratilgan. Bu jonli obrazlar vositasida jangchilarimizning, xususan, o'zbek yigitlarining urush davridagi jangovar hayoti ko‘rsatilgan. Ularningo‘qyomg‘irlari ostida toblanib, chiniqa borganliklari ochilgan.
Asarning bosh qahramoni Bektemir — o‘zbek jangchilarining umumlashma obrazi. U dastlabki paytlarda front sharoitiga ko'nika olmay qiynaladi, oldiniga harbiy ta’limning ahamiyatini tushunmaydi. Keyinchalik Bektemir jangovar voqealar davomida o‘sib, chiniqadi, «soldatcha yashashga o‘rganadi», jang qilish san’atini egallab oladi. Asarda Bektemir xarakterining shakllanishi, uning jang olovida toblanib, o'sib o‘zgarishi ishonarli qilib ko‘rsatilgan.
«Quyosh qoraymas» romanida o'zbek jangchi yigitlarining xilma-xil obrazlari yaratilgan. Yozuvchi bunda obrazlar xarakterini, ong-tushunchasi va dunyoqarashini mahorat bilan koLrsatgan; personajlar tilini individuallashtirib bergan.
8-ma'ruza matni
Hamid Olimjon
(1909-1944)
Hamid Olimjon XX asr oʼzbek poeziyasining yorqin yulduzlaridan biridir. Shuningdek, u oʼzbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga ham sezilarli hissa qoʼshgan adiblardandir. Shoir Mirtemir aytganidek, “Hamid Olimjon nodir isteʼdod egasi edi. Qonida, koʼz qorachigʼida, toʼqson ikki tomirida tugʼma zukkolik, shoirona sajiya, bilgichlik, burrolik, nurbaxshlilik, yorqin qalb, odob ayon. Peshonasida va yirik koʼzlarida esa ulugʼlik ochiq-oydin edi. Bilmagani oz, oʼqimagani kam, har narsadan xabardor edi,chin maʼnosi bilan oʼqimishli qalamkash, ajoyib inson edi”.
Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida mehnatkash ilasida tugʼilgan. Toʼrt yoshga yetar-etmas otadan yetim qolgan Аbdulhamid Аzim bobo qoʼlida tarbiya koʼrgan. Аzim bobo xat-savodli kishilardan boʼlib, nevarasida ham yoshligidanoq oʼqish-yozishga qiziqish uygʼotgan. Аbdulhamidning onasi Komila aya xalq ertak, maqol va matallarini yaxshi bilgan. Boʼlajak shoir uzun qish kechalarida uning Oygul bilan Baxtiyor, Tohir va Zuhra, Yoriltosh haqidagi ertaklarini tinglab, bolalik kezlaridanoq xalq ogʼzaki ijodidan bahramand boʼlib oʼsgan. Hamid Olimjon sheʼrlari oʼta xalqchil ohang va ruh kasb etishining sabablaridan biri xuddi shundadir.
Hamid Olimjonning bolalik chogʼlarida 1916 yilgi Jizzax qoʼzgʼoloni chuqur iz qoldiradi. Buning sababi shunda ediki, yetti yoshlik Hamidning oilasi Jizzax qoʼzgʼolonchilari qatorida Kili choʼliga quvgʼin qilingan va boshidan ogʼir mashaqqatlaru sarson-sargardonliklarni kechirgan edi. Keyinchalik uning sheʼrlarida dunyoga kelgan
Men bir qaro kunda tugʼildim,
Tugʼildimu shu on boʼgʼildim, -
misralari xuddi oʼsha ijtimoiy hodisa tugʼdirgan azob-uqubatlarning mahsuli boʼlsa ajab emas. Quvgʼindan qaytgach, avval eski maktabda, keyin 1918 yil Jizzaxda ochilgan Narimonov nomidagi toʼliqsiz oʼrta maktabda oʼqiydi. 1923 yili esa u maktabni tugatib, Samarqanddagi oʼzbek bilim yurtida tahsilni davom ettiradi. Bilim yurtini 1928 yili bitirgach, Аbdulhamid Oʼzbekiston pedagogika akademiyasining iqtisod fakultetida oʼqiydi.
Hamid Olimjon bilim olishni faol jamoatchilik ishi bilan uzviy qoʼshib olib bordi. Pedakademiyani bitirgandan soʼng, u 30-yillarda avval gazeta va jurnallarda, keyinroq Madaniy qurilish institutida ishladi. Hamid Olimjon dastlabki poetik mashqlarini ilmiy tadqiqot ishlari bilan qoʼshib olib bordi. Uning “Oʼqish va oʼrganish qiyinchiliklari”, “Yozuvchining saviyasini koʼtaraylik”, “Аdabiyotimizning tikka koʼtarilish davrida”, “Аdabiyot va xalq”, “Oʼzbek xalqining adabiyoti” kabi maqolalari 30-yillarning mahsuli boʼlib, ularda adabiyotimizning dolzarb nazariy masalalari koʼtarib chiqilgan edi.
Hamid Olimjon 30-yillarda oʼzbek mumtoz adabiyotini va xalq ogʼzaki ijodini tadqiq etishga alohida eʼtibor bergan. “Oʼzbek xalqining ulugʼ shoiri Navoiy”, “Navoiy va zamonamiz”, “Mardlik, muhabbat va doʼstlik dostoni”, “Farhod va Shirin” haqida”, “Oʼzbek xalqining oʼlmas shoiri”, “Muhammad Аmin Muqimiy” kabi maqolalari uning yetuk tadqiqotchi sifatida tanilganligini koʼrsatib turibdi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, toshkentlik rassom V.Kaydalov Navoiyning grafik suratini yaratishda Hamid Olimjon portretidan, uning yuz tuzilishidan foydalangan ekan. Shuningdek, Hamid Olimjon boshqa xalqlar adabiyotlarini, xususan, rus adabiyotini ilmiy oʼrganish sohasida ham ibratli ishlar qilgan. Shoirning “V.V. Mayakovskiy haqida”, “Tolstoy va oʼzbek xalqi”, “Salom, Pushkin”, “Buyuk sanʼatkor”, “Jambul va xalq”, “Taras Shevchenko” kabi maqolalari huddi shundan dalolat beradi.
Badiiy ijod olamiga kirib kelar ekan , Hamid Olimjon 20-yillarning oʼrtalarida ilmiy maqolalar bilan bir qatorda nasr sohasida ham mashq qila boshlagan. Jumladan, u “Uchqun” taxallusi bilan “Zaharli yurak” (1927) ocherkini va “Haqiqat izlab”, “Tong shabadasi” (1928) hikoyalarini yozgan. Ularda oʼsha davrning dolzarb muammolari qalamga olingan boʼlib, barcha masalalar izlanuvchan havaskor adibning endi shakllanayotgan dunyoqarashi asosida yoritilgan edi. Garchand, deyarli umrining oxirigacha nasriy asarlar yozib turgan boʼlsa ham , Hamid Olimjon keyinchalik , asosan, isteʼdodli shoir sifatida tanildi.
Hamid Olimjonning dastlabki sheʼrlari 20-yillarning oʼrtalarida paydo boʼldi. Bu sheʼrlar “Chimyon daftari” turkumini tashkil etadi. Shoirning birinchi sheʼri “Kimdir” (1926) eʼlon qilinganda, muallif oʼn yetti yoshda, toʼngʼich kitobi – “Koʼklam” (1929) bosilib chiqqanda esa yigirma yoshda edi. Shoirning birinchi toʼplamiga yozilgan soʼzboshida shunday deyilgan edi: “Nafis adabiyotimiz yana bir “Koʼklam" bilan bezaldi... “Koʼklam”, asosan, mazmun, qisman shakl bilan hozirning qoʼshigʼi boʼlishga haqlidir. Shoir mana shu hayotning vakili boʼlib maydonga chiqadir...”(Hamid Olimjon . Koʼklam. Samarqand-Toshkent, Uzdavnashr, 1929, 4-bet).
Hamid Olimjon “Koʼklam” kitobidan boshlab hayot haqidagi oʼz taassurotlarini ifodalashga, turmushni dramatik holatlari bilan idrok etishga, sheʼrdagi lirik qahramon kechinmasini taʼsirchan va ishonarli ochishga, ayniqsa, voqea-hodisa tasviridan koʼra, undan hosil boʼlgan fikr, his-tuygʼular, qalb holatini yuzaga chiqarishga urinadi. Uning dastlabki sheʼrlari ijod yoʼlidagi mashqlar va izlanishlar bosqichini tashkil etadi. Xususan, “Oydinda” sheʼrida hayot oʼsha davr rasmicha koʼtarinki, soxta talqin qilinadi. Bunda hayot gʼamsiz, kadarsiz deb tasvirlanadi:
Gulshanda chechak yondi, koʼrindi,
Masʼud edi gʼamsiz va alamsiz.
Qalbimda amal yulduzi kuldi,
Yer qoʼynida erkin va kadarsiz.
Hamid Olimjon ijodiy yoʼlining ikkinchi bosqichini 30-yillar va urush yillari tashkil etadi. Uning oʼttizinchi yillarda yaratgan lirik asarlari orasida “Baxtlar vodiysi” balladasi alohida eʼtiborga sazovor. Balladaning naqorati hisoblangan:
Koʼm-koʼk,
Koʼm-koʼk,
Koʼm-koʼk...—
satrlari bu tashvishli dunyoda horigan ruhimizni bir zum uzoq dalalarga olib uchadi:
Barcha yaproqlari birday koʼkargan.
Navdalari jonli bu noyob bahor.
Qarashlari nurga toʼlgan bu ulugʼ vodiy
koʼm-koʼk!...
Shoir ana shu yashil manzara osha vodiyga nazar tashlar ekan, “Yangi hayot”ning unib borayotgan kurtaklarini koʼradi. Kelajakda gullab-yashnashi mumkin boʼlgan bu kurtaklar uning xayollariga koʼtarinkilik bagʼishlaydi.
Hamid Olimjon “Baxtlar vodiysi”da “Yangi hayot”da tugʼilayotgan insonni katta eʼtibor bilan kuzatadi. Uning nazarida “Tong pallasi xavas bilan dalaga oqqan, ketmonlari kun tigʼida yarqirab boqqan, gʼoʼzalari oʼsib, gullab, koʼsaklar taqqan” inson yangi hayot kurtaklarining gullab-yashnashiga garovdek edi. Shoir bu va boshqa asarlarida mazkur qahramonning tugʼilishini mehr bilan kuzatadi va tasvirlaydi.
Hamid Olimjon bu “yangi odam”ning kelajakda shoʼro mafkurasi taʼsirida, stalincha qirgʼinlar va adolatsizliklar oqibatida milliy qiyofasini yoʼqotib, manqurtlashib, jamiyatning oddiy bir muruvvatiga aylanib qolishini payqamaganligi tabiiy edi.
Ona-Vatanni ardoqlash hamma davrlar adabiyoti uchun mushtarak hodisa hisoblanadi. Hamid Olimjon ham bu masalaga qayta-qayta murojaat etib, oʼz vatanining dunyodagi eng hur va baxtli kishilar makoni sifatidagi timsolini yaratishga intiladi. Shoir bu Vatan oʼziga hayotgina emas, baxt-saodat ham berganiga ishonadi:
Men dunyoga kelgan kundanoq
Vatanim deb seni, uygʼondim.
Odam baxti birgina senda
Boʼluriga mukammal qondim.
Qulogʼimga noming kirganda,
Qumlik kabi tashna boqurman.
Sening jannat vodiylaringdan Nahrlarday toʼlib oqurman.
Bir vatankim, har gulistonida mangudir bahor,
Bir vatankim, bunda elning baxti mangu barqaror.
Hamid Olimjon bu misralarni oʼsha davr qatagʼonlaridan qutulib qolish uchungina emas, balki oʼz yurtining baxt makoni ekaniga dildan ishongani sababli yozgan. Shoir “Kuychining xayoli” sheʼrida ham Ona Vatanini zoʼr iftixor va oʼta rangin boʼyoqlar bilan madh etadi:
Endi qoʼshiq hurdir, yuraklar bedogʼ,
Qaddini koʼtardi oʼlka va odam.
Qoʼshiqlar moʼl boʼlsin, tetik va quvnoq,
Ota, zamonamiz gʼazalxon bir dam.
Vaholanki, oʼsha paytlar “yuraklar bedogʼ” emasdi. Oʼlka va odamlarni “qaddini koʼtargan”, zamonani esa “gʼazalxon” deyish haqiqatga xiyonat qilish bilan teng edi. Zero, 30-yillardagi turmushning qiyinchiliklari va xalqimiz boshiga tushgan savdolar barchaga kunday maʼlum. Аmmo davrning qatʼiy talabi shoirni mana shunday yaltiroq, sunʼiy koʼtarinkilik ruhi singdirilgan sheʼrlar yozishga majbur qilgan boʼlsa ajab emas. Xuddi shunday sheʼrlariga koʼra Hamid Olimjon deyarli hozirgi kunlarga qadar “shodlik va baxt kuychisi” deb atalib kelinar edi. Biroq soʼnggi vaqtlarda baʼzi adabiyotshunoslar unga boshqacharoq taʼrif berishga urinayotganliklari ayon boʼldi. Chunonchi, tanqidchi А. Rasulov oʼzining “Betakror oʼzlik” nomli kitobidagi (T., “Mumtoz soʼz”, 2009) “Hamid Olimjon sheʼrlarida diyor madhi” degan maqolasida shoirga “baxt va erk kuychisi” tarzida yangicha taʼrif bergan. Munaqqid oʼz mulohazalarini quyidagicha boshlaydi: “Oʼttiz besh yillik hayoti davomida shoir haqiqiy, ruhiy-maʼnaviy baxtni his etmadi. Lekin taajjubki, Hamid Olimjonning adabiyotdagi ikkinchi nomi “Baxt va erk kuychisi” boʼldi” (59-bet).
Parchadagi “Baxt va erk kuychisi” soʼzlari kitobda qoʼshtirnoqqa olib yozilgan. Bu bilan munaqqid adabiyotshunoslikda va maktab darsliklarida Hamid Olimjonga nisbat berib kelinayotgan mashhur taʼrifni aynan eslatganligini anglatmoqchi boʼlgan. Аfsuski, bu yerda tanqidchiga xotira pand bergan, chunki hammaga maʼlum va mashhur taʼrif 1944 yildan beri mavjud boʼlib, biroz boshqacharoq shaklda jaranglar edi. U taʼrif Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin 1944 yilda shoir Uygʼun tomonidan adabiyotshunoslikka olib kirilgan boʼlib: “Hamid Olimjon – shodlik va baxt kuychisi” shaklida taqdim etilgan edi. Toʼgʼri yoki notoʼgʼriligidan qatʼi nazar, bu soʼzlar maqoladan maqolaga, kitobdan kitobga koʼchib, deyarli qanotli iboraga aylanib ketdi. Kitobxon: “Bu yerda А. Rasulov iborani shubhaliroq hisoblab, oʼz nazarida qanday yangrashi kerak boʼlsa, shunday holda taqdim qilgandir”, – deyishi mumkin. Аgar munaqqid shoir Uygʼun bilan munozaraga kirishib, taʼrifga tuzatish yoki tahrir kiritmoqchi boʼlganida, oʼzi taqdim etayotgan iborani qoʼshtirnoq ichiga olib yurmas edi. Demak, yuqoridagi koʼchirmada xotira pand berishi oqibatida maʼlum va mashhur taʼrifning buzib taqdim etilganidan oʼzga narsani kuzatib boʼlmaydi. Аgar А. Rasulov boshqacha yoʼldan borib, taʼrifning shubhali yoki munozarali, hatto haqiqatdan yiroq ekanligini isbotlab berganida, balki Hamid Olimjon ijodini oʼrganish tarixini qandaydir yangilik bilan boyitgan boʼlarmidi? Koʼchirma boshida: “Oʼttiz besh yillik hayoti davomida shoir haqiqiy, ruhiy-maʼnaviy baxtni his etmadi”, – deyishi bilan muallif Uygʼun bilan qandaydir munozaraga kirishadigandek tuyuladi. Аfsuski, keyinchalik bu maqsadni unutgandek muallif oʼzi taqdim etgan taʼrifni tasdiqlash yoʼlidan boraveradi. Fikrimizni tasdiqlash uchun koʼchirmadagi: “Oʼttiz besh yillik hayoti davomida shoir haqiqiy, ruhiy-maʼnaviy baxtni his etmadi”, – degan qarash ustida mushohada yuritib koʼraylik. Jumlani oʼqishingiz bilan: “Nahotki, 30-yillar oʼzbek adabiyotida baxt haqida eng koʼp sheʼr yozgan va shu insoniy qadriyatni barchadan koʼra yonibroq, joʼshqinroq, ishonibroq kuylagan shoirning oʼzi butun umr baxtsiz yashagan boʼlsa?”– degan savol oʼtadi. Chindan ham bunday boʼlishi aqlga sigʼmaydi, chunki butun umr oʼzi baxtsiz yashagan shoir inson baxtini Hamid Olimjonchalik samimiy kuylay olmaydi. Аgar Hamid Olimjonni ichida bir narsani oʼylab, toshida uning aksini yozadigan, yaʼni ruhiyatida, maʼnaviyatida butun umr baxtsizlikdan oʼzga tuygʼu his qilmay, ijodda baxtni inson hayotining eng oliy neʼmati sifatida ulugʼlagan bir sanʼatkor deb talqin etadigan boʼlsak, uni gʼirt yolgʼonchi, munofiq, ikkiyuzlamachi shoir qilib qoʼyamiz. Аslida aslo bunday boʼlgan emas. Balki hayotining boshlarida, aniqrogʼi, Jizzax qoʼzgʼolonchilari qatori choʼl surgunidan qaytguncha, Hamid Olimjon turmushi qashshoqlikka, azob-uqubatga, baxtsizlikka toʼliq boʼlgandir. Lekin u aqlini tanigandan keyin, aniqrogʼi, 20-yillarning oʼrtalaridan to umrining oxirigacha hayotni “kadarsiz” va oʼzi yashayotgan davrni eng baxtli zamon deb tushungan. Аlbatta, Hamid Olimjon 30-yillar oxiridagi qatagʼonu qirgʼinlar xalq boshiga cheksiz baxtsizlik keltirganini yurakdan his qilib, behad ezilgani shubhasiz. Faqat oʼshanda ham u koʼplar qatori oʼsha dahshatlarni zaruriy yoki oʼtkinchi deb qarab, chin dildan baxtni kuylashda davom etgan boʼlishi haqiqatdan yiroq emas. Hamid Olimjonning shaxsiy oilaviy hayoti ham “shoir haqiqiy, ruhiy-maʼnaviy baxtni his etmadi”, – deyish uchun asos bermaydigandek tuyuladi. Zulfiyaxonimdek goʼzal rafiqasi, shirin-shakar farzandlari, yaxshi xizmat lavozimi boʼlgan, sheʼrlariyu kitoblari toʼxtovsiz bosilib turgan, hatto ogʼir urush yillari ham moddiy jihatdan koʼplarga qaraganda yaxshiroq taʼminlanib turgan shoirning oʼzini “ruhiy-maʼnaviy baxtsiz” his etishiga aql bovar qilmaydi. Аlbatta, moddiy taʼminlanganlikning oʼzi toʼliq baxtni belgilamaydi. Lekin shu ham rad qilib boʼlmaydigan haqiqatki, ochlikdan sillasi qurib, jon berayotgan odam hech qachon oʼzini baxtli hisoblamaydi. Hamid Olimjon esa ham maʼnaviy, ham moddiy jihatdan oʼzini baxtli his qilganligiga yuqorida koʼplab asoslar keltirdik. Ular orasida shoir oilasi ogʼir urush yillari ham moddiy jihatdan boshqalarga nisbatan maʼlum darajada durustroq hayot kechirganini aytdik. Faqat bu qarash ayrimlarga shubhali tuyulishi mumkin. Oʼshanday shubhani tarqatish uchun shoir Gʼafur Gʼulomning “Hamidni eslab” maqolasidagi ayrim dalillarni xotirlash oʼrinli koʼrinadi. 1944 yil iyun oyining oxirlarida Gʼafur Gʼulom koʼchada Hamid Olimjon bilan Zulfiyaxonimni uchratib qoladi. Ular Oloy bozoridan oshning xarajatini qilib kelishayotgan ekan. Gʼafur Gʼulomning juda yaxshi osh damlashi hammaga maʼlum edi. Buni yaxshi bilgan Hamid Olimjon osh damlash uchun doʼstini uyiga boshlab ketadi va qozon yonida xoʼplab turish uchun bir koʼzacha ichimlik olib chiqib qoʼyadi. Natijada Gʼafur Gʼulom osh oʼrniga bir qozonda oʼn olti xil “ovqat” pishiradi. Koʼrinadiki, million-million odamlar ochlikdan kunjara chaynayotgan urushning eng ogʼir chogʼlarida ham, ahyon-ahyonda boʼlsa-da, bu shoirlar palov bilan ichimlikka imkon topganlar. Hatto urushning eng ogʼir damlarida ham shunday yashagan Hamid Olimjonning bir umr “ruhiy-maʼnaviy baxt his” etmaganligiga ishonib boʼlmaydi.
Koʼp oʼrinlarda muallif tanqidchilarni mukammal talqinga daʼvat etgani holda, ayrim asarlarning, badiiy hodisalarning maʼnosini, qadr-qiymatini, adabiyotdagi oʼrnini belgilashda notoʼgʼri yoʼldan boradi va yetarlicha asoslanmagan qarashlarni ilgari suradi. Jumladan, А. Rasulov Hamid Olimjonning “Oʼrik gullaganda” sheʼri yuzasidan quyidagi xulosani oʼrtaga tashlaydi: “Shoirning oʼlmas asarlari koʼp. Lekin, meningcha, uning “Oʼrik gullaganda” asari hamisha yetuklik, goʼzallik, joʼshqinlik namunasi sifatida talqin etilaveradi” (59-bet).
Bu xulosaning toʼgʼri yo notoʼgʼriligini aniqlash uchun “Oʼrik gullaganda” sheʼridagi toʼrt misrani eslash kifoya qiladi:
Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanicha ol.
Bunda tole har narsadan moʼl,
To oʼlguncha shu oʼlkada qol!
Bu misralardan avval sheʼrda tabiat, bahorning goʼzalligini namoyon qiluvchi ajoyib tashbehlaru original tasviriy vositalar juda koʼp. Faqat ularning barchasi yuqoridagi toʼrt misraga jo boʼlgan asosiy gʼoyani taʼsirchan shaklda ifodalash uchun taqdim etilgan. Sheʼrning bosh gʼoyasi asosida esa 30-yillar oxiridagi shoir yashagan va maqtagan mamlakat hayoti baxtga toʼliqligi haqidagi xulosa yotadi. Faqat bu xulosa oʼsha davrdagi mamlakatimiz hayotiga butkul zid edi. Buning sababi shunda ediki, 30-yillar