Maxsus fanlarkafedrasi defektologiya asoslari


MAVZU: KO’RISHIDA NUQSONI BOR BOLALAR



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə16/88
tarix25.02.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#85508
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
6. texnologik

MAVZU: KO’RISHIDA NUQSONI BOR BOLALAR
(4-ilova)
MAVZU: KO’RISHIDA NUQSONI BOR BOLALAR
REJA:

  1. Tiflopedagogik fanining maqsadi

  2. Ko’rishdagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari.

  3. Kuzi ojiz bolalar uchun tashkil kilgan muassasalar.


Tayanch iboralar:
Ko’r – ko’rish faoliyatining yo’qolishi
Zaif ko’ruvchi- ko’rish faoliyatining buzilishi.

Tiflopedagogika – grekcha typhlos- ko’r so’zidan olingan bo’lib , ko’rishda nuqsoni bo’lgan shaxslar ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan. Tiflopedagogika fan sifatida quyidagi asosiy muammolarni hal etadi:


Ko’rishda jiddiy nuqsoni bo’lgan shaxslarni psixologik – pedagogik va klinik o’rganish:
Ruxiy va jismoniy rivojlanish anomaliyalari va ko’rish funksiyasi buzilishlari tipologiyasini aniqlash:
Ko’rish va ko’z ojizlikda buzilgan va to’la rivojlanmagan funksiyalarini kompensasiyalash, korreksiyalash va tiklashning yo’llari va shartlari:
Shaxsning ko’rish funksiyalari turli buzilishlari mavjud holda shakllanishi va har tomonlama rivojlanish shartlarini o’rganish. Fan asoslariga o’rgatish, politexnik, mexnat va kasb tayyorgarligi.
Ko’r va ko’zi ojizlarni o’qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalar tiplarini belgilash:
O’quv rejalari, dasturlari, darsliklar, xususiy metodikalarni tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish:
Ko’rishda nuqsoni bo’lgan Shaxlarning bilim imkoniyatlarini kengaytirish, ularni o’qitish va jamiyatda mexnatga tayyorlash samaradorligini oshirish imkonini beradigan maxsus texni vositalar yaratish:
To’la qonli bo’lmagan ko’rishni muhofazalash va rivojlantirish bo’yicha gigiyenik tadbirlar tizimini ishlab chiqish
Bola sosial va tashqi muhit bilan birga rivojlanadi. Ko’rib idrok etish bola tug’ilgandan keyin rivojlanadi.Ko’rish fizologik jarayon bo’lib u insonga tashqi muhitdagi narsalarni shakli, rangi, katta-kichikligi, uzoq-yaqinligi, masofasini aniqlashga tegishli haraktlar qilishga imkon beradi.Normal bola hayotining birinchi oyining oxirida biron narsaga tikilib turish qobiliyatiga ega bo’ladi. Uch oylik bo’lganda ko’zi oldidagi narsalarga yaqindan qarashi, asosiy ranglarni va shakllarni ajrata olishi mumkin. Ko’zi ojiz bolalar tafakkuri normal bolalar singshari rivojlanish qonuniyatlarini bosib o’tadi, ammo bu qonuniyatlar o’zining seknligi, kechikishi, torligi va ayniqsa chuqur emasligi bilan ajralib turadi. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarda harakat buziladi, bola nigohini boshqara olmaydi. Bu o’ziga xos nuqsonlarni turli mashg’ulotlarda muntazam ravishda korreksiya etib olinadi. Zaif ko’ruvchi bolalarda bir oz bo’lsada ko’z bilan ko’rish imkoniyati bo’lgani uchun ko’z bilan qaraydi.Zaif ko’ruvchi bola ko’rish analizatorlariga suyanilgan holda vazifani qisqa vaqt ichida bajaradi.
Maktabga kelayotgan ko’r va ko’zi ojiz bolalar turli rivojlanish darajasiga ega. Ular ko’pincha predmet va hodisalar to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarning juda oz zahirasiga ega. Ko’zi ojiz bolalarda nutq kech rivojlanadi.Ta’limning dastlabki bosqichida o’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalar tizimini egallashga tayyorlash amalga oshiriladi. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy qismini ko’zi ojiz amblioniya bilan og’rigan va g’ilay bolalar tashkil etadi.Bu bolalar maktabgacha muassasalarga 2-3 yoshda 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin