III. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzu bo‘yicha yakuniy xulosalar qiladilar. Talabalar faoliyati natijalarini izohlaydi.
3.2. Talabalar faoliyatini va belgilangan o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini tahlil qiladi va baholaydi.
3.3. Guruhlarning o‘zaro baholarini e’lon qiladi.
3.3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: (1) berilgan savollarga og‘zaki javob topib kelish (3-ilova).
|
Savollar beradilar
Vazifani yozib oladilar
|
1-ilova (1.2)
Ekspert varag‘i №1
«Defektologiya» fanining predmeti
Defektologiya tushunchasi.
Defektologiya fanining predmeti.
Defektologiya faning vazifalari
|
Ekspert varag‘i №2
«Defektologiya» fani va asosiy mazmuni.
Defekt tushunchasini izohlang.
Defektologiya fani о‘rganadigan muammolar.
Defektologiya fanining tarmoqlari.
|
Ekspert varag‘i №3
«Defektologiya» fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Nuqsonli bolalarda psixik hodisalarning kechishi.
Defektologiya fani bо‘limlari.
Defektologiyaga oid dastlabki psixologik bilimlar
|
2-ilova (1.2)
Guruhlarda ishlash qoidasi
Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida о‘zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing.
Agar yordam kerak bulsa, albatta murojaat qiling.
Agar sizdan yordam sо‘rashsa, albatta yordam bering.
Talabalar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Aniq tushunmog‘imiz lozim:
Boshqalarga о‘rgatish orqali о‘zimiz о‘rganamiz;
Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda chо‘kib ketamiz.
|
3-ilova (1.2)
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:
1. Defektologiya fanini tariflab bering.
2. Bu fanning vazifalari nimadan iborat?
3. Korreksiya va kompensasiya nima?
4. Defektologiya fanining rivojlanichi haqida gapirib bering.
5. Defektologiya fanining qaysi sohalarini bilasiz?
6.Integrasion ta’lim nima degani?
YANGI MAVZU BAYONI VA TAQDIMOTI
4-ilova
Tushunchalar va tayanch iboralar: zaif ishituvchi, kar, kar-soqov, zaif ko`ruvchi, glaucoma, kriftoftalm, mikroblefarang, koloboma, daltonizm
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani oddiy bog'cha yoki maktabga joylashtirish integrasiya yo'lidagi birinchi qadam.Ta'lim integrasiyasining turli shakllari va darajalari mavjud.
Jismoniy integrasiyada nogiron va sog'lom bola orasidagi jismoniy taffovut iloji boricha kamaytirilishi lozim.Buning uchun maxsus sinf yoki bulim tashkil etilishi mumkin. Funksional integrasiyada nogiron va sog'lom bola orasidagi funksional tafovut iloji boricha bartaraf etilishi lozim
Integral-mujassam ajratib bo’lmaydigan qism degan ma’noni bildiradi.Har bir bola ta'limga jalb etilishi lozim.Integrasiyalashgan jamiyatda barchalar teng xuquqga ega…bu yaxli jamiyatdir.Inklyo’ziv ta'lim tufayli jamiyat integrasiyalashgan jamiyatga aylanadi.2001 yilda YuNYESKO “Hamma uchun ta'lim” dasturini qabul qiladi. O’zbekiston Respublikasi ushbu dasturga imzo chekdi va a'zo bo’ldi. Dastur global keng miqyosida “Hamma uchun ta'lim” (Obuchenie dlya vsex) joriy etilishi YuNYESKO tomonidan boshlab yuborildi.Demak, ushbu dastur O’zbekistonda ham joriy etilishi lozim.
Hozirgi kunda davlat tomonidan inklyo’ziv ta'lim haqidagi hujjatlar xali rasmiylashtirilmagan bulsada…hayotiy zaruriyatlardan kelib chiqqan holda turli nodavlat tashkilotlar chet ellarda bu ishlarning ahvolini o'rganib chiqib…inklyo’ziv ta'limning ayrim turlarini joriy etmoqdalar. O’zbekistonda YuNYESKO ning ta'lim buyicha maslahatchisi yordamida Respublika ta'lim markazining maxsus ta'lim bulimi a'zolari ”Oila” Ilmiy pedagogik markazi, Nogiron farzandli ayyollar jamiyatlari, ”Umr” markazi, ”Ulibki detyam” halqaro jamiyatning O’zbekistondagi guruhi (Lorans Mirelett-direktori), ”Umid” markazi, (Maxmudova N.M.-direktor) xalqaro ”Opereyshin Mersi” tashkiloti (direktor-Andreya Vogt), ”Kenes-” sentr reabilitasii i trudovoy adaptasii (direktor-Suleeva M.M.), ”Beguborlik”-ijtimoiy birlashma (raisi–AbdubekovaD.N), ”PEGAS-AL-FALAK” markazi (direktor-Aminova V.Yu.) ”KRIDI”, ”Feniks” markazi (direktor-Yusupova G.S.Navoid) va boshqalar talaygina muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
O’zbekistonda defektologlarning olib borayotgan ishlari xam diqqatga sazovor.Maxsus muassasalarda olib borilayotgan ishlarda inklyo’ziv ta'lim elementlari talaygina. Ko’p yillardan beri umumta'lim maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablarda maxsus guruh, sinflar tashkil etilgan va muvaffaqiyatli o'z vazifalarini bajarib kelmoqdalar. ¥ar bir rayondagi yordamchi maktab ommaviy maktablarda ulgurmovchi o'quvchilar bilan yil davomida ma'lum ishlarni olib borishadi, ular uchun maxsus sinflar tashkil etiladi.Bola uyiga yaqin maktabga qatnaydi.Yordamchi tenglashtiruvchi sinflar, nutqiy guruh yoki sinflar faoliyati ham inklyo’ziv ta'limga kiritilishi mumkin.
2001 yildan boshlab O'zbekiston Salomon deklarasiyasiga binoan yaratilgan (Ta'lim tizimi anomal bolalarni qabul etib, ularning ta'lim tarbiyasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi lozimligi haqida)-(“Obuchenie dlya vsex”) “¥amma uchun ta'lim” dasturini amalga oshirishga imzo chekkan ekan, barcha ta'lim hodimlari bu ishga o'z xissalarini qo'shib, inklyo’ziv ta'limni takomillashtirishda qatnashishlari lozim.
Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq kuradi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og'riq, issiq, hid va ta'mni xis etadi.
Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan, ya'ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi.
Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: kurish va ko'zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, ko’zi kurayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi.
Bola turli taassurotlar olib turishi — buyumlarni kurishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini ko’zatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak.Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir.Sensor qobiliyatlarning o’z vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi.
Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Bola nutqining o’z vaqtida va tug'ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruxiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta'sir kursatadi. Bolalar nutqi rivojlanishga boshlashi bilan kattalar so’zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi.
Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko'rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga o’z munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo'layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo'lgan munosabati — bularning hammasi bola ma'naviy qiyofasining shakllanishiga ta'sir etadi.
Bolaning xoh ona qornida, hoh tug'ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo'lgan ma'lum shart-sharoitlarning bo’zilishi turli xil anomaliyalarga, ya'ni jismoniy yoki ruxiy nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Defektologiya fanida maxsus yordamga muxtoj -- anomal bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi: Ular quyidagilardir:
Dostları ilə paylaş: |