Maxsus ta’lim vazirligi


Xulosa 79 Adabiyotlar ro‘yxati 81



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə2/23
tarix24.12.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#192526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Topologik fazolar

Xulosa 79
Adabiyotlar ro‘yxati 81
GLOSSARIY

Kirish


Magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi: Yurtimizda ta’lim sohasida oqilona va izchil siyosat olib borilayotgani bugun hech kimga sir emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston ta’lim holati bo‘yicha jahonning kuchli uchligi safida turadi. Ta’limning boshqa bosqichlari qatori oliy ta’lim tizimini ham tubdan o‘zgartirish mustaqillik davridagi ta’lim islohotlarining eng muhim biridir. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni (1997 yil29 avgust) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi xalqaro ta’lim standartlarini mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga joriy qilish, yuksak malakali zamonaviy kadrlar tayyorlashda milliy tajriba va an’analarimiz bilan birga ilg‘or jahon tajribasidan ham keng foydalanish borasida yangi ufq va imkoniyatlar ochdi. Aynan ana shu hujjatlar asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy o‘quv laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash, darslik va o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog kadrlar bilan ta’minlash,

yangicha

fikrlaydigan o‘qituvchilarni tayyorlash, malakasini

oshirish,

ularning
olindi1.

mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish tadbirlari aniq

belgilab

Oliy ta’limda bakalavriat va magisratura tizimi joriy qilindi. Jahon standartlariga mos bu tizim oliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu haqda to‘xtalib, shunday degan edi: “Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda g‘ayrat-shijoatli shaxslarni, o‘z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan ma’naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin”. Bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim



1 O`zbekiston Respublikasi “Ta'lim to`g'risidagi” qonuni. 464-I-son, 1997 yil 29 avgust.
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘p jihatdan mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlari bilan hamohang tarzda olib borilmoqda. Bunda asosiy yo‘nalishlar sifatida oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatni modernizatsiya qilish, ta’lim va tadqiqot jarayonlaridagi innovatsion yo‘nalishlarni kuchaytirish tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlardan kutilayotgan asosiy maqsad yuqori darajadagi intellektual salohiyatga ega bo‘lgan milliy mutaxasisslar kadrlarni tayyorlash texnologiyasi hamda ta’limning mazmunini yangicha bosqichga ko‘tarishdan iboratdir. Bu o‘rinda Prezidentimizning quyidagi fikrlari ushbu jarayonlarning ahamiyatini belgilab beruvchi va maqsad sari yo‘naltiruvchi dasturiamal bo‘lib hisoblanadi: Bugun hech kimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o‘z vaqtida anglab olmasa, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davlat jahon taraqqiyoti yulidan chetda qolib ketishi muqarrar”1.
Ta’lim – inson bilim faoliyatining eng murakkab turlaridan biri hisoblanadi. U yosh avlodning rivojlanib barkamol insonga aylanishida katta ahamiyat kasb etadi. Tabiatdagi har qanday jarayon-harakat, moddiy dunyodagi narsalar yoki hodisalarning asta – sekin o‘zgarish jarayonidir. Ta’lim berish ya’ni o‘qitish jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirish va ahloqiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan maqsadli harakat hisoblanadi. Hozirgi zamon pedagogikasining asosiy maqsadi uzluksiz ta’limdagi uzviylikni ta’minlashdan iborat bo‘lib, uning bosh masalalaridan
biri yosh avlodga har tomonlama chuqur va puxta bilim berishning samarali metodika va metodlarni ishlab chiqishdan iborat. Bu esa o‘z navbatida uzluksiz ta’lim va uning muassasalari oldiga bo‘lajak kadrlarni tayyorlashda


1O`zbekiston Respublikasi “Ta'lim to`g'risidagi” qonuni. 464-I-son, 1997 yil 29 avgust.
ularga o‘qitiladigan fanlarning uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida o‘qitilish uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashni muhim vazifalardan biri qilib qo‘yadi1.
Ana shunday vazifa uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitiladigan matematika fanining oldiga ham qo‘yiladi. Shuning uchun ushbu magistrlik dissertatsiyasi oliy ta’lim muassasalarida topologik fazolarning kardinal xossalarini o‘rganish nazariyasiga bag‘ishlanadi.
Ko‘pgina matematik tushunchalar, ba’zida butun bir matematik nazariyalar vujudga kelishi bilan matematikadan tashqarida bir qancha vaqt davomida o‘z tatbig‘ini topmaydi. Jumboqli kompleks sonlar tarixi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Shunga o‘xshash sohalardan yana biri Evklid geometriyasi, Lobachevskiy geometriyasi, zamonamiz geometriyasi, qolaversa, zamonaviy matematikaning bir bo‘limi, hosilasi bo‘lgan topologiya fanidir. Topologiya – matematikaning yosh va muhim bo‘limlaridan biridir. Topologiya fani geometriya va matematik analiz fanlarining qator fundamental faktlarini (tushunchalarini) umumiy nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish natijasida paydo bo‘ldi.
Hozirgi zamon fanlarining rivojlanishida topologiyaning fizika, biologiya, ximiya va binibarin, geografiya fanlaridagi tatbig‘i qo‘llanilmoqda.
Topologiya shunday fanki, u geometrik figuralarning sifatiy xossalarini faqat uch o‘lchovli fazoda emas, balki undan yuqori o‘lchamli fazolarda ham o‘rganishga yordam beradi.
Hozirgi kunga kelib topologiya matematik tadqiqotlarning mustahkam quroliga aylandi. Topologiyaning fizikada, mexanikada va boshqa fanlarda kompleks qo‘llanilishi fakt bo‘lib qoldi. Fizikada ba’zi real holatlarni topologiyasiz hal etib bo‘lmaydi. Teskari holat ham uchrab turadi, ya’ni fizikadagi ba’zi muammolar topologiyaning rivojlanishiga


1O`zbekiston Respublikasi “Ta'lim to`g'risidagi” qonuni. 464-I-son, 1997 yil 29 avgust.
ta’sir etmoqda.
Topologik fazolarning bazasi, zichligi, quvvati va boshqa kardinal sonlar topologiya va geometriya fanida asosiy tushunchalar hisoblanadi. Bu kardinal sonlar uzluksiz akslantirishda, Tixonov yoki Dekart ko‘paytmada saqlanishi yoki saqlanmasligi mumkin.
Yuqoridagi omillarni hisobga olib topologiya fani va uning kardinal xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishi, jumladan ushbu bayon etilayotgan magistrlik dissertatsiyasi ishi mavzusining dolzarbligini aytish mumkin.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin