Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
123
Poplavskiyni deyarli hech ranjitmadi, qizig‘i shundaki, ranjimaganidan o‘zi ham hayron qolgan edi. 
Hozir xayoli uni vasvasaga soluvchi boshqa ajoyib fikrga qaratilgan edi — u anavi qarg‘ish tekkan 
kvartirani hozir yuqoriga ko‘tarilgan jikkak odam timsolida yana bir sinab ko‘rish ishtiyoqida yonardi. 
Darhaqiqat: baski, u odam kvartirani so‘ragan ekan, demak, bu yerga birinchi kelishi. Demak, u hozir 
to‘ppa-to‘g‘ri 50-kvartirani makon qilib olgan bezorilar panjasiga borib tushadi. Poplavskiy, bu jikkak 
odamni juda tez qaytib chiqadi deb faraz qilgan edi. Turgan gapki, Maksimilian Andreevich endi hech 
qanaqa jiyanining hech qanday dafn marosimiga shoshilmas, Kiev poezdining jo‘nashiga esa hali 
ancha vaqt bor edi. Ekonomist u yoq-bu yoqqa qarab qo‘yib, «lip» etib hujraga kirib oldi. Xuddi shu 
mahal ancha yuqorida eshik ochilib yopilgani eshitildi. «Ana, u kirdi!» — deb o‘yladi Poplavskiy 
yuragini hovuchlagancha. Hujra ichi salqin edi, undan sichqon va etik hidi kelardi. Maksimilian 
Andreevich bir to‘nka ustiga o‘tirib, tashrif natijasini kutishga ahd qildi. U qulay kuzatuv joyi tanlagan 
edi, bu yerdan ko‘cha eshik yaqqol ko‘rinib turardi. 
Biroq kievlik pochcha bu yerda ko‘zlagan muddatidan ko‘proq kutib qoldi. Zina, negadir, hanuz 
bo‘m-bo‘sh edi. Shuning uchun «tiq» etgan tovush ham eshitilardi. Mana, nihoyat, beshinchi qavatda 
eshik ochildi. Poplavskiy toshday qotib qoldi. Ha, o‘shaning oyoq tovushi, «Tushib kelyapti». Bir 
qavat pastdagi eshik ochildi. Oyoq tovushi tindi. Ayol ovozi. G‘amgin odamning ovozi... ha, o‘shaning 
ovozi... U, «azbaroyi xudo, tinch qo‘ying...», degandek g‘o‘ldiradi. Poplavskiy ding qulog‘ini siniq 
oynadan chiqarib turardi, Shu qulog‘iga ayol kishining kulgisi chalindi. Shaxdam-shaxdam yurib 
pastga tushib kelayotgan oyoq tovushi; mana u g‘izillab o‘tgan ayolni orqasidan ko‘rib qoldi. Qo‘liga 
ko‘k kleyonka sumka ko‘tarib olgan bu ayol eshikni ochib hovliga chiqib ketdi. Anavi jikkak 
odamning oyoq tovushi yana eshitila boshladi. «Qiziq, u yana o‘sha kvartiraga qaytib chiqyapti. Mana, 
yana yuqori qavatdagi eshik ochildi. Hay, nachora, yana kutamiz». 
Bu safar endi ko‘p kutishga to‘g‘ri kelmadi. Eshik ochildi. Oyoq tovushi. Tovush tindi. Jon 
achchig‘ida chinqiriq. Mushuk miyovladi. Juda tez, pildirab tushib kelayotgan oyoq tovushi, pastga, 
pastga, pastga! 
Poplavskiy niyatiga yetdi. Boyagi g‘amgin odam bir nimalarni g‘o‘ldirab cho‘qina-cho‘qina 
g‘izillab o‘tdi, uning kal boshi timdalangan, shimi jiqqa ho‘l, basharasi mutlaqo telbayona edi. U 
qo‘rqib ketganidan eshikning qayoqqa ochilishini bilolmay, jonholatda bandidan yulqib torta boshladi, 
nihoyat, bir amallab uni ochib, oftobro‘ya hovliga otilib chiqib ketdi. 
Shunday qilib, kvartira tekshiruvdan o‘tdi, Maksimilian Andreevich endi marhum jiyanini ham, 
kvartirani ham o‘ylamay, o‘z boshidan kechirgan xatarni eslaganda «qatl-qatl» titrab, nuqul: 
«Hammasi tushunarli! Hammasi tushunarli!» — deb ikki og‘iz so‘zni pichirlagancha hovliga yugurib 
chikdi. Yana bir necha daqiqadan keyin rejalashtiruvchi iqtisodchi trolleybusda Kiev vokzali tomon 
yelib ketdi. 
Poplavskiy pastda, hujrada o‘tirgan paytda jikkak odamning boshiga g‘oyat ko‘ngilsiz savdo 
tushgan edi. U Vareteda bufetchi bo‘lib, ismi-sharifi Andrey Fokich Sokov edi. Vareteda tergov ishlari 
olib borilayotgan paytda Andrey Fokich butui voqeadan o‘zini chetga olib yurgan edi, lekin odamlar 
uning shundoq ham hamisha ma’yus chehrasi yana ham ma’yuslashganini payqashgan edi, bundan 
tashqari, u kurer Karpovdan musofir sehrgarning qaerda yashab turganini surishtirgan edi. 
Shunday qilib, bufetchi zina maydonchasida ekonomistdan dars so‘ragach, beshinchi qavatga chiqib 
borib, 50-kvartiraga qo‘ng‘iroq qildi. 
U qo‘ng‘iroq qilgan zahoti eshikni ochishdi, lekin bufetchi darhol kira qolmadi, balki seskanib 
orqasiga tisarildi. Buning sababi bor edi. Eshikni oldiga g‘amza uchungina to‘r hoshiyali fartukcha 
tutib, boshiga oq to‘r bezak qadagan qip-yalang‘och qiz ochgan edi. Darvoqe, u oyog‘iga oltin tufli 
ham kiygan edi. Qizning tashqi qiyofasidagi yagona nuqson — bo‘ynidagi to‘q-qizil chandiqni 
hisoblamaganda, uning qaddi-qomati mutlaqo bequsur edi. 
— Kiring-da, qo‘ng‘iroq qilganingizdan keyin! — dedi qiz bufetchiga badaxloq ko‘k ko‘zlarini 
qadagancha. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin