Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

16. OY-KUNI YAQIN EDI 
Kumushning oy-kuni yaqin edi. Nabiralik bo‘la-dirg‘an O‘zbek oyimning ishi boshidan 
oshqan, Kumushning oyi tug‘masdanoq ul beshik yasatish bilan mashg‘ul edi. Doyacha 
kim, aqiqaga nechta qo‘y kerak, nechanchi kunda to‘y o‘tkaziladir, nechta erkak, nechta 
xotin aytiladir va kimlar? Mana shuningdek masalalar bilan O‘zbek oyimning miyasi juda 
shishkan edi. Kumushda ko‘rilgan ba’zi nishonalarga binoan nabirasining o‘g‘ul bo‘lishida 
shubha qilmas — «o‘g‘ul tug‘asan, Kumush, men ham Otabekni senga o‘xshash yengil 
ko‘targan edim», der edi. Kumushni xizmatdan bo‘shatilib ba’zi o‘choq-boshi 
yumishlarini Zaynab idorasiga topshirilg‘anig‘a endi bir oylab bor. 
O‘zbek oyim nabira masalasida qancha xursand bo‘lsa, Otabek shunchalik xafa
chunki Kumushni ko‘rgan sayin usta Alim foji’asini xotirlar edi. Yusufbek hoji ma’lum 
aldanishdan so‘ng yurt ishidan qo‘l yuvg‘an, ko‘b vaqtini mehmonxonada «Qur’on» va 
«Daloyil» o‘qub kechirar, kundash orasi buzilib, o‘rtadan so‘z chiqg‘anini goho eshitsa, 
ikkala kelinni o‘z oldig‘a chaqirtirib, ularni qator o‘tqazar edi. Avvalo Kumushdan o‘pka 
qilib: «Oyim, har nima siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan-kichikka shafqat lozim, 
mundog‘ yaxshi emas!» va Zaynabka qarab: «Bolam Zaynab otin! Sizdan hali yoshlik 
g‘ururi ketmagan, lekin manim bolam bo‘lg‘an-lig‘ingizni siz ham unutmang!» der va 
shuning singari yumshoq gaplardan keyin ikkisini duo qilib bir-birisiga salom berdirar — 
«ana, shundog‘ bo‘lsin, opoq qizlarim!» deb ketishka ruxsat berar edi. Ular ketkandan 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin