1.3. Yosh futbolchilar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari Bolalar va o’smirlar organizmi kata yoshdagi kishilar organizmidan jiddiy ravishda farq qiladi. Bolalar va o’smirlar zo’r berib o’sib, rivojlanadilar. Bu davrda ularda odatlar shakllanadi, bilim oladilar, sportning biror turi Bilan shug’ullanadilar va malaka orttira boshlaydilar. Bola qnchalik yosh bo’lsa unda o’sish va rivojlanish protsessi tez o’tadi. Nerv sistemasining shakllanishi xarakat faoliyatining rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi, muskul sistemasi o’sishi esa nerv faoliyatining takomillanishiga yordam beradi.
Har bir bolaning rivojlanish xususiyati o’ziga xos bo’ladi, biroq ko’pchilik bolalar yoshlariga yarasha o’sib, rivojlanadilar. Agar 7 yoshdan 11-12 yoshgacha bo’lgan davrni vazmin bir davr deyish mumkin bo’lsa, 13 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlik davri kishi xayotining boshqa barcha davrlaridan tubdan farq qiladi. Bu davrda organizmdagi barcha fiziologik sistemalar zo’r berib o’zgaradi, o’smirning psixikasi va xulqi o’zgara boshlaydi. Bu yoshda ota-onadan o’tgan sifatlar xamda tashqi muxit ta’sirida bolaning o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’la boshlaydi. Bolalar Bilan ishlash tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’qish boshlanishidagi sport natijalarining tez o’sishi kelajakdagi yuqori natijalarga kafil bo’la olmaydi. SHunday hodisalar ham bo’ladiki, sport bilan aktiv shug’ullangan bolalar keyinchalik kattaroq bo’lganlarida doim mashg’ulotlarga qatnashishlari natijasida ularda sport ko’rsatkichlari dinamikasi yaxshi bo’ladi.
Bolalik yoshida skeletning ba’zi suyaklari suyaklanishi , ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi va boshqa jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari ko’zda tutiladi. Bolalarda gavdaning va vaznning yiliga xamda balog’at davriga (12-14 yosh) to’g’ri keladi. Harakat sifatlarining o’sish darajasi sport faoliyatidagi muvaffaqiyatlarga ta’sir qiladi. Shu sababli, xarakat va psixofiziologik yetilish dinamikasi nihoyatda qiziqarlidir.
Bola 8-10 yoshga yetgandan so’ng barcha muskulatura zo’r berib rivojlana boshlaydi, 13-14 yoshgacha bo’lgan davr esa muskul sistemasi va aktiv xarakat funksiyalarining takomillashishi davri xisolanadi.
V.P. Filin fikricha (1974) o’smirlik va yoshlik yillarida , ayniqsa 13-14 yoshgacha, muskul massasi juda tez o’sadi, bu esa kuch sifatlarining oshishiga ijobiy ta’sir qiladi.
7 dan 10 yoshgacha bo’lgan davrda bolalarning xarakatlari chaqqon, egiluvyaan, juda ham chidamli bo’la boradilar. 11-12 yoshda bolalar ancha ishchan bo’ladilar.
Psixofiziologik funksiyalar asosan 13-14 yoshlarga borib shakllanib bo’ladi. A.P. Laptevning fikricha, 11-12 yoshda psixofiziologik funksiyalar darajasi uncha yuqori bo’lmaydi, shuning uchun ham yosh sportchilar harakatlarni tez va aniq bajara olmaydilar. 12-13 yoshda o’smir murakkab harakatlarni o’rganadigan bo’lib qoladi, harakat malakalarini egallaydi, shunda ham 14-15 yoshli bolalardan ko’ra yaxshiroq bajaradigan bo’ladilar.
Bolalar va o’smirlarni o’rganish shuni ko’rsatadiki , ular bir xilda rivojlanmaydilar, yetilishda va xarakat funksiyalarida o’ziga xos farq bo’ladi.