Mundarija kirish I bob. Yosh futbolchilarni tayyorlashda ilmiy izlanishlar


Yosh futbolchilarda jismoniy qobiliyatlar va texnika



Yüklə 182 Kb.
səhifə4/11
tarix02.06.2023
ölçüsü182 Kb.
#122986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
fudbolchilarning funksional tayyorgarligi

1.2. Yosh futbolchilarda jismoniy qobiliyatlar va texnika
Futbolchi o’zi egallagan, takomillashtirgan texnikani zarur optimal kuch, tezlik, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlar Bilan muvofiqlashtira olsa, u natijali o’yin ko’rsatishi mumkin.
Agar biz munosib kuch va tezlikka ega bo’lmasak , futol o’yini texnikasi usullarini bajarishga qodir bo’lmas Edik. Shu Bilan birga chidamliliksiz o’yin texnikasidagi bizning ko’nikmalarimiz (malakalarimiz) kata axamiyatga ega bo’lmasdi.
Kuch texnika elementlarini bajarishda asosiy o’rin egallaydi: u oyoq, bosh Bilan zarbalarni berishda, aldamchi xarakatlar, to’pni olib qo’yishda juda kerak xisoblanadi. Agar futbolchi to’pni kata tezlikda olib yurish paytida bir zumda burilishlar, to’xtashlarni bajarsa, yo’nalishini o’zgartira olsa, u aldashlarni yaxshi qo’llashi mumkin. Shuningdek , kuch sakrash va depsinish uchun xam zarurdir.
Chidamlilik va texnikaning bog’liqligi xam ob’ektivdir: chidamliligi bo’sh, toliqqan muskullarga ega ,bo’lgan futbolchi aniq va o’ta nozik xarakatlanishga qodir emas. Toliqqan muskullar , o’yin vaziyati qanchalik talab qilmasin, asab tizimining «buyruqlariga» bo’ysunmaydi. Chidamlilikning yetishmasligi keyinchalik texnikada xatolarning paydo bo’lishiga olib keladi. Texnikaning tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik yoki boshqa jismoniy sifatlar Bilan bog’liqligi xudi shunday bog’liqlikda mavjuddir.
Bu xam tavsiflar trenerning Amaliy ishida e’tiborsiz qoldirilishi mumkin emas. Texnika jismoniy sifatlarni takomillashtirishdan ajralgan xolda o’rgatishni xoxlaydigan trener, noto’g’ri yo’ldan borayotgan xisoblanadi. Albatta, texnikani mustaxkamlash o’z-o’zidan zarur jismoniy sifatlarni rivojlantiradi, faqat u yetarli darajada bo’masligi mumkin.
Yaxshi futbolchi chaqqonlikka xam ega bo’ladi, albatta. O’yin paytida kurashish sharoitlari doimo va tez o’zgarib turadi, shuning uchun o’yinchi beto’xtov va bir zumda o’yin vaziyatining o’zgarishiga moslashishi lozim bo’ladi. Xarakatlarni tez egallab olgan, ulardan o’yin paytida oqilona foydalana oladigan, o’yinda yuzaga kelgan vaziyatlarda tez va aniq yo’l topa oladigan, o’yindagi xolatlarni oldindan ko’zlay oladigan va shunga muvofiq eng to’g’ri yechimlarni topadigan futbolchi chaqqon o’yinchi xisoblanadi. Agar biz to’p Bilan yaxshi o’ynaydigan futbolchini eng yaxshi o’yinchi, texnikasi bo’shroq futbolchini jamoaning bekorchi a’zosi deb atasak, noto’g’ri fikr bildirgan bo’lamiz. To’pni oyoq Bilan necha marta o’ynay olish qobiliyati chaqqonlikni bildirmaydi. Zero shunarsa shubxasizki, yaxshi futbolchilar ikala sifatlarga-o’yindagi xolatlarni sezish va tanlash xamda to’p Bilan o’ynash (jonglyorlik qilish) malakasiga egadirlar.
Yosh futbolchi oldiga uning tayyorgarligiga nisbatan yanada qiyinroq vazifalar qo’yilsa, bu chaqqonlikni tarbiyalashning eng samarali uslubi xisoblanadi. Xar qanday mashqni qiyinlashtirish (murakkablashtirish) mumkin. Masalan, bita texnika usulini ketma-ket bajariladigan bir nechta usullar Bilan (kompleks xolda) almashtirish mumkin. Bunda o’yinchining koordinatsion malakalari takomillashadi.
Boshqacha xal etish xam mumkin: yosh o’yinchi oldiga kutilmaganda paydo bo’lgan vazifalarni qo’yish. Bunday vazifalar shunday bo’lishi kerakki, o’yinchi ko’p sonli imkoniyatlardan birini tanlashi va qanday usulni qo’llash lozimligini o’zi xal etishi mumkin bo’lsin.
Faqat shu tarzdagina futboldagi xarakatlar soni ko’payadi va shunday qilib Yangi koordinatsion xarakatlar xosil bo’ladi.
Chaqqonlikka qaratilgan mashqlar birinchi navbatda markaziy asab tizimiga ta’sir ko’rsatsdi. Buning natijasida o’yinchi psixik toliqishni (charchashni) boshdan kechiradi. Shu sababli chaqqonlikka qaratilgan mashqlar (turli shakllarda) quyidagi sharoitlarda: o’yinchilar dam olib bo’lganlarida; trenirovkaning asosiy qismi boshida qo’llaniladi.
To’p bilan jonglyorlik qilish maxsus chaqqonlikni rivojlantiruvchi va o’yin texnikasini o’rganishga yordam beruvchi mashqlar xisoblanadi.
Asosan murakkab shakllarda to’p bilan bajariladigan oddiy mashqlar xamda texnikaning oddiy elementlari chaqqonlikni rivojlantirishning eng samarali usullaridan xisoblanadi.
Buning uchun o’yin mashqlari va texnika xamda taktika elementlaridan iborat o’yinlar, shuningdek to’p bilan atletika o’yinlari foydalidir.
Yosh futbolchilar bilan ishlashdagi dastlabki tayyorgarlik bosqichida har tomonlama jismoniy tayyorlikni egallashga, sog’liqni mustahkamlash va garmonik rivojlanishga, xilma-xil ko’nikma va malakalarni egallab olishga, futbol o’yini texnikasi va taktikasining boshlang’ich asoslariga o’rgatishga qaratilgan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Jismoniy tayyorgarlikning bu vaqtdagi vazifasi avvalo yosh futbolchilarning harakat funksiyalarini (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillik, shuningdek o’z harakatlarini vaqt oralig’ida, havoda va muskullarning zo’r berish darajasiga ko’ra boshqara bilish harakat funksiyasining asosiy komponetlaridir) shakllantirishdan iborat bo’ladi. Harakatlar tezligini tarbiyalashga katta e’tibor berish kerak, chunki bolalik va o’smirlik yoshida ana shu eng muxim jismoniy sifatni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjuddir.
Shuni qayd qilish kerakki, dastlabki tayyorgarlik va boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichlarida tezkorlik, chaqqonlik bilan mustahkam bog’liq ravishda tarbiyalanadi, bu esa siljishning (bir joydan ikkinchi joyga o’tishning) ratsional texnikasini muvaffaqiyatli egallab olish uchun zarur asos yaratadi. 8-12 yoshlar mobaynida yugurishdagi maksimal tezlikning anchagina ortishi harakatlar tezligining tabiiy o’sishi bilan bog’liq. 12-14 yoshda esa tezlik asosan tezlik-kuch sifatlarining va muskul kuchining o’sib borishi tufayli ortadi.
Shuning uchun tezkorlikni rivojlantirishda yugurish sur’ati va katta muskul kuchini talab etadigan harakatlar chastotasini maksimal ravishda oshirishga harakat qilish kerak. Bunda tabiiy harakatlarga ko’proq o’rin berish lozim. O’yin, musobaqa formasida bajariladigan sport o’y inlari va harakatli o’yinlar, mashqlar ham juda katta yordam ko’rsatishi mumkin.
O’yin mashqlarini bajarish yosh futbolchilarni g’alabaga erishish uchun maksimal kuch sarflashga majbur etadi. O’yin materiali mashg’ulotdagi umumiy vaqtning 50% chasini egallashi kerak. Har bir mashq qisqa vaqt ichida (10-15 sek) bir necha seriyali usulda bajariladi, dam olish intervali 10-15 min bo’ladi. Maksimal tezlik bilan qayta yugurish muhim ahamiyatga ega, bu 20 m gacha masofada estafeta usulida bajariladi. Mashg’ulotlarga estafetalardag tashkari 10-15 m ga yugurish bo’yicha kontrol mashqlarni kiritish ham tavsiya etiladi. Murakkab harakat reaksiyasini va harakatlar chastotasini rivojlantirish uchun turli sport holatidan yuguriladigan tezkorlik mashqlaridan keng foydalanish kerak. Bu mashqlar turli xil ko’ruv signallariga binoan, yugurish yo’nalishini o’zgartirib bajariladi. Bu esa o’yin jarayonida vujudga keladigan murakkab vaziyatlarni modellashtirib, stgnallarning har biriga javob harakatlari bilan reaksiya ko’rsatish imkonini beradi.
Boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichida keng ko’lamdagi o’yinlar, o’yin mashqlarini qo’llashdan tashqari, asosiy jismoniy sifatlarni, avvalo tezkorlik va kuchni rivojlantiruvchi maxsus tayyorgarlik mashqlari komplekslaridan foydalanish mumkin. Bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning mustahkam bazasini yaratish uchun qulay-shart-sharoit yaratadi. Ko’proq tezkorlikni rivojlantirishga karatilgan komplekslarni darsning asosiy qismi boshlarida qo’llanish kerak, shundan so’ng bu sifatni takomillashtirishga yordam beruvchi o’yinlarni qo’llanish lozim. Kuch talab qiluvchi tegishli o’yinlar va o’yin mashqlari kompleksiga, shuningdek chidamlilik ko’rsatishni talab etadigan o’yinlar komplekslariga ancha kam vaqt ajratiladi. Ular tegishli darsning o’rtasida va oxirida o’tkaziladi.

Yüklə 182 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin