3.2. Yosh futbolchilarda kuchni tarbiyalash xususiyatlari Pedagogik kuzatishlardan ma’lum bo’ldiki, mashg’ulotlarda yosh futbolchilar kuchni oyoq mushaklariga ishlashi aniqlandi. Murabbiylar mashg’ulotlarda oyoq mushaklarini kuchni oshirishdagi ikki oyoqda o’tirib turish, sakrash mashqlari, uzunlikka sakrash kabi mashqlardan ko’p foydalanishadi.
Biz yosh futbolchilarni kuch sifatlarini tekshirganimizda, ularning oyoq kuchi sifatlari yaxshi darajada ekanligiga amin bo’ldik. Yosh futbolchilarning oyoq kuchini aniqlashda ulardan joydan uzoqlikka sakrash, to’pni uzoq masofadan o’tkazib tepish test normativlari o’tkazildi. Test natijalaridan ma’lum bo’ldiki, 13-14 yoshli futbolchilarning to’pni uzoq masofaga tepishi va joydan uzoqlikka sakrashda yaxshi ko’rsatkichlarni ko’rsatishgan. 4-jadvalda Paxtakor tarbiyalanuvchilarining joydan uzoqlikka sakrash va to’pni uzoq masofaga tepishdagi natijalardan bilish mumkin. Lekin Paxtakor tarbiyalanuvchilarining ko’pi gavda kuchi sifatlar bo’yicha test o’tkazilganda, yosh futbolchilarning deyarli xammasi qoniqarli baxoga topshirishdi.
4-jadval 13-14 yoshli futbolchilarning oyoq kuchi bo’ymcha topshirgan test natijalari (Paxtakor)