Mundarija kirish I bob. Yosh futbolchilarni tayyorlashda ilmiy izlanishlar



Yüklə 182 Kb.
səhifə6/11
tarix02.06.2023
ölçüsü182 Kb.
#122986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
fudbolchilarning funksional tayyorgarligi

Nerv sistemasi. Bola organizmi markaziy nerv sistemasining doimiy ta’siri, atrof muhit Bilan uzluksiz aloqada bo’lib turishi tufayli o’sish va rivojlanishda davom etadi. 8-10 yoshli bolalarda nerv sistemasining antomik jixatdan o’sishi xali tugallanmagan bo’ladi, shu sababli bu tabiiyki, bolaning o’z fikrlarini bayon qilishiga, xulqiga, psixikasiga ta’sir qiladi. Bunday bolalar nixoyatda ta’sirchan bo’ladilar, ayrim sport elementlarini o’rganishda uzoq vaqt diqqat qilolmaydilar. 8-10 yashar bolalarda nerv protsesslari juda xarakatchan bo’ladi, shunda xam qo’zg’alish protsesslari tormozlanish protsesslaridan ustun bo’ladi. 10-12 yoshga borib, bolalarda tormozlanish protsesslari kuchi ortadi, o’z xis – tuyg’ularini nazorat qiladigan bo’lib qoladi, birinchi va ikkinchi signal sistemasining funksional imkoniyatlari kengayadi, differensirovka qobiliyati ortadi: muskulni sezish qobiliyati kuchayadi, xarakat makalari o’z-o’zidan bajariladigan bo’ladi, bola nozik xarakatlar qiladigan bo’ladi. Bu yoshga kelib nerv sistemasi turlari uzil-kesil aniqlanadi va diqqat ortadi.
Yurak –tomir va nafas olish sistemalari. Ma’lumki, 8-15 yashar bolalarning yuragi vazni 96 dan 200 grammgacha bo’ladi. Bu gavda vaznining taxminan 0,44-0,48% iga tengdir. Bolalar va o’smirlar yuragi esa kichgina bo’ladi.
Shuni unutmaslik kerakki, yosh ulg’aygan sari muskullur strukturasi, ximiyaviy tarkibi va funksiyasi o’zgarib boradi, 7 yoshda muskullarda kata o’zgarishlar sodir bo’ladi, birinchi navbatda muskul tolalari qalinlashadi. 8-10 yoshda bolalarda muskul sistemasi xali yetarli rivojlanmagan bo’ladi. Muskul massasi vazni gavda vaznining 27,2% ini tashkil etadi. Bu ko’rsatkich o’smirlarda (15 yosh) 32,6 yoshlarda esa 44,2 ga teng bo’ladi. 7-12 yoshli bolalarda gavdv massasining yillik o’sishi 5-7 kg ni tashkil etadi.
1-jadval
7-12 yoshli bolalarda gavda massasining ortishi
(M.YA.Sgudenikin va L.B.Sapelkindan, 1981)



Yosh

Gavda massasining oylik oshishi, g.

Gavda massasining bir yilda oshishi, g.

1

7

600

4900

2

8

550

5450

3

9

500

5950

4

10

450

6400

5

11

400

6800

6

12

350

7150

7-9 yoshdan to 10-12 yoshgacha qo’llar muskuli kuchi oyoqlarnikiga nisbatan jadalroq o’sadi. Bu davrda muskul sistemasi va harakat funksiyalari takomillashadi. Muskul massasi o’sishi Bilan birga harakatlar uyg’unligi ancha yaxshilanadi.


14 yoshga borib muskul va paylar apparati rivojlanishi kattalarnikiga yaqinlashadi.
15 yoshda harakat apparati strukturasi to’la yetiladi.
2-jadval
Bolalarda qonning zarbi, hajmi va yurak qisqarishlarining takrorlanishi

Bola yoshi

Qon zarbasi hajmi, ml

Yu.Q.T. urish/min

8
10
12
14
15

25
29,2
33,4
38,5
41,4

90
86
82
78
76

Shunday qilib, bolalarda yurak har tomonlama rivojlanadi, lekin bir tekis o’smaydi, uzunasiga ko’proq tez o’sadi, keyinchalik eniga va qalinlikka o’sadi.


Tinch holatda simob ustunining 100/70 mm da bo’ladi, jismoniy nagruzkalar ta’sirida tomir urishi minutiga 185 gacha ortadi.
7-8 yoshga kelib yurak apparatining innervatsion o’sishi to’xtaydi, lekin yurak muskuli rivojlanishda davom etadi. 10-13 yashar bolalarda brak faoliyatidagi shartli reflektor o’zgarishlar 14-17 yoshli bolalar va kattalardagi kabi sodir bo’ladi. Yurak muskullari qisqarishi kuchi va qonining zarb hajmi ortadi, nafas olish va tomir urishi ancha siyraklashadi.
Shunday qilib, 16-17 yashar bolalarda yurak-tomir sistemasi anchi takomillashadi: yurak hajmi va massasi, qonning kislorod hajmi, kislorodga bo’lgan ehtiyoj xudi kata kishilardagidek bo’ladi. Shu bilan birga harakat va vegetativ funksiyalar o’rtasida muvofiqlik yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun yosh sportchilarni tayyorlashda nagruzkalarni aniq taqsimlab, ularni asta-sekin oshirib borish zarur.

Yüklə 182 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin