Mundarija kirish I bob. Yosh futbolchilarni tayyorlashda ilmiy izlanishlar



Yüklə 182 Kb.
səhifə7/11
tarix02.06.2023
ölçüsü182 Kb.
#122986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
fudbolchilarning funksional tayyorgarligi

Suyak-muskul sistemasi. Bolalarning suyaklari kata yoshdagi kishilarnikiga qaraganda yumshoq va salga qiyshayadigan bo’ladi. Suyak sistemasida chuqur o’zgarishlar sodir bo’ladi: umurtqa pog’onasi qayishqoqligi shakllanadi.
7 yoshgacha bo’lgan bolalarda umurtqa suyagi xali mustahkam bo’lmaydi va juda qayishqoq bo’ladi. SHu bilan birga u juda yumshoq bo’lib, noto’g’ri vaziyat natijasida qiyshayib qolishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, yosh ulg’aygan sari muskullar hajmi strukturasi, ximiyaviy tarkibi va funksiyasi o’zgara boradi. 7 yoshdan muskullarda kata o’zgarishlar sodir bo’ladi, birinchi navbatda muskul tolalari qalinlashadi, 8-10 yoshda bolalarda muskul sistemasi xali yetarli rivojlanmagan bo’ladi. Muskul massasi vazni gavda vaznining 27,2% ini tashkil etadi. Bu ko’rsatkich o’smirlarda (15 yosh) 32,6% yoshlarda esa 44,2 % ga teng bo’ladi. 7-12 yoshli bolalarda gavda massasining yillik o’sishi 5-7 kg ni tashkil etadi.
III Bob. Yosh futbolchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash.
3.1. Jismoniy tayyorgarlikni oshirishdagi murabbiy ko’rsatmasi, fikrlari tahlili
Bizning izlanish va kuzatishlarimizdan ma’lum bo’ldiki, yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi va uni rivojlantirishda, ularning davrlariga (8-10, 11-12, 13-14, 15-16 yoshli). Ya’ni, yoshlik oraliqlariga e’tibor berilishi kerak.
Boshlang’ich davrda 8-10 yoshda futbol sport turida bolalarga jismoniy sifatlarni tarbiyalashda, mashqlarni minimal darajada berilishni murabbiylar ta’kidlashgan. Bu yoshda yosh organizmga jismoniy sifatlarni berilishni maksimal darajaga olib chiqish mumkin emas.
Anketa so’rovnomalardan shuni taxlil qildiki, yosh futbolchilarning boshlang’ich davrida mashg’ulotlarda chaqqonlikni texnik harakatlarga bog’liq holda va egiluvchanlik sifatlarini berilishi o’rinlidir.
Ikkinchi davrda yosh futbolchilarning 10-12 yoshda futbol mashg’ulotlarda kuch, tezkorlik, chaqqonlik sifatlarini tarbiyalash mumkindir. Bu yoshda yosh futbolchilarning biologik va anatomik tomondan o’sish davri hisoblanadi. SHuning uchun Ushbu yoshda mashg’ulotlarda jismoniy tayyorgarlikni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik) minimal darajadan asta-sekinlik bilan maksimalga yetkazish maqsadga muvofiqdir.

1-rasm. Yosh futbolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishning davrlarga bo’linishi


Keyingi davrlarda yosh futbolchilarning 13-14 va 15-16 yoshda jismoniy tayyorgarlikni ancha etibor berilib rivojlanishni ta’kidlanadi. Jismoniy sifatlarni Ushbu yoshda rivojlantirish kompleks tarzda amalga oshiriladi.
Murabbiylar yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda yilning tayyorgarlik davrida jismoniy sifatlarga kata e’tibor berilishni ta’kidlashadi. Jismoniy sifatlarni oshirishda mashg’ulotlarda kata yuklama berilishi yosh futbolchilarni tez charchashga olib keladi. Shuning uchun jismoniy tayyorgarligini oshirishda texnik harakatlarga va harakatli o’yinlarga bog’lab o’tish samaralidir.
Jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarning mazmuni jismoniy xislatlarni umumiy va maxsus rivojlantirishga yordam beradigan mashqlardan iboratdir. Jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlari yil bo’yi olib boriladi. Ammo ularning mazmuni yillik ta’lim va trenirovka turkumining u yoki bu bosqichida xal qilinadigan vazifalarga bog’liq holda o’zgarib turadi. Jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarning salmog’i tayyorgarlik davrida, ayniqsa, uning boshlanishda kattadir.
Jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vazifalari xal qilinadi. Agar mashg’ulotlarni maqsadi umumiy jismoniy tayyorgarlik, masalan tezlik-kuch tayyorgarligi bo’lsa bunda uning mazmuni quyidagicha: chigil yozish mashqlari, og’ir narsa bilan bajariladigan mashqlar, qo’l to’pi, yakunlovchi yugurish va yurishdan iborat bo’lishi kerak.

Yüklə 182 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin