Mundarija kirish I bob. Yosh futbolchilarni tayyorlashda ilmiy izlanishlar


Yosh futbolchilarda egiluvchanlikni rivojlantirish



Yüklə 182 Kb.
səhifə10/11
tarix02.06.2023
ölçüsü182 Kb.
#122986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
fudbolchilarning funksional tayyorgarligi

3.3. Yosh futbolchilarda egiluvchanlikni rivojlantirish.
Yuqori boblarda ko’rsatib o’tilganidek, egiluvchanlik sport o’yinlarda katta axamiyat kasb etadi. Egiluvchanlik bu xarakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir. Egiluvchanlik bo’g’inlardan o’tadigan muskul va paylarning faol xarakatlarini oshiradi.
Yosh futbolchilardan bo’g’inlarni yetarli darajada xarakatlanib turmasa;
a) xarakat malakalarini xosil bo’lishi susayadi
b) shikastlanish odatdagidan ko’payadi
v) harakatning amplidudasi cheklansa, bu xarakat faoliyati tezligini pasaytiradi va muskullar zo’riqishining oshishiga olib keladi.
Murabbiylar egiluvchanlik sifatlarini yoshlikdan tarbiyalash kerakligini va xar bir mashg’ulotda egiluvchanlikka e’tibor berilishini ta’kidlaydilar.
Egiluvchanlikni rivojlantirishning eng ma’qul usuli deb, ko’payib boruvchi, statik va kamayib boruvchi hamda qarama – qarshi muskullar orasidagi normal koordinatsion munosabatlarni shakllantirish imkonini beradigan faol xarakatlarni kompleks qo’llanish usulidir.
Egiluvchanlikni yomonlashuviga olib boradigan noqulay xolatlarni chigal yozish (razminka) mashqlarni yordamida muskullarni qizitish bilan bartaraf etish mumkin. Egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli o’zgaradi, aktiv egiluvchanlik ko’rsatkichlari esa ortib boradi. Bolalar kattalarga qaraganda ancha egiluvchan bo’ladi, degan fikr unchalar to’g’ri emas bu fikrni boshqacharoq – bolalarda egiluvchanlikni tarbiyalash kattalarga nisbatan osonroq kechadi deb tusunsak to’g’ri bo’ladi. Aktiv egiluvchanlik bevosita muskul kuchi bilan aloqador, lekin kuchni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug’ullanish bo’g’inlarga xarakatlarni susaytirishi, chegaralash mumkin.
Lekin bunday salbiy ta’sirni yengish mumkin. Egiluvchanlik va kuchni rivojlantiradigan mashqlarni maqsadga muvofiq qo’shib olib borish yo’li bilan egiluvchanlik jismoniy sifatini normal tarbiyalanishiga erishish mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni mumkin qadar meyoridan ortiq rivojlantirish salbiy oqibatga olib kelishi mumkin. Zaruriy xarakatlarni imkoniyat darajasiga erkin bajarishni ta’minlaydigan xolatda rivojlantirish uning meyori esa xarakat bajariladigan maksimal amplitudaga ortmasligiga erishish egiluvchanlik zaxirasini boyitishga olib keladi.
Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun maksimal holat amplitudasidagi cho’ziq, eshish, buklama olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhga (aktiv va passiv) bo’linadi.
Aktiv harakatlarda bo’g’imlardagi harakatchanlik shu bo’gimdan o’tadigan muskullarning qisqarishi hisobiga ro’y beradi, passiv harakatlarda tashqi kuchlardan foydalariladi.

Uzoq masofaga lo’killab yugurish, shuningdek sportning siklik turlari: suzish, chang’ida yugurish va boshqalar umumiy chidamlilikni tarbiyalashning asosiy vositasidir.


11-12 yoshli futbolchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda umumiy chidamlilikni tarbiyalashni asosiy vositasi uzoq masofaga asta-sekin yugurishdir. Yugurish vaqti tomir urish tezligi minutiga 140-150 marta bo’lgan holda asta-sekin 10 min dan 30 min gacha oshiriladi. Trenirovkaning bu metodi bir me’yorlik metod deb ataladi. U bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, organizmdagi barcha sistemalarda ishlashga garmonik va asta-sekin moyillik uyg’otish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Ikkinchidan, ortiqcha trenirovka qilish ehtimoli kamayadi. Bunda sportchining organizmi aerob rejimda ishlaydi.
Jiddiy trenirovka qilish bosqichida futbolchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalash uchun trenirovkaning bir me’yorli o’zgaruvchan metodini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bu metod nagruzkaning passiv yoki aktiv dam olish bilan almashinib turadigan bir necha protsesslarga bo’linishi bilan xarakterlanadi. Bu esa shug’ullanuvchilarning organizmiga ancha kuchli ta’sir etadigan ancha jadal mashqlarni qo’llanish imkonini beradi. Bir me’yorli o’zgaruvchan metodda bajariladigan mashqlar futbolchilarda «chidam» malakasini tarbiyalashga yordam beradi. Texnikani musobaqa sharoitiga yaqin bo’lgan sharoitlarda takomillashtirishga imkon beradi. Bu metod o’zining organizmiga ta’sir etishiga ko’ra ayni anaerob metoddir.
Bir me’yorli – o’zgaruvchan metod bo’yicha bajariladigan trenirovkani tegishli ravishda o’tkazish kerak.
Masalan: 1000 m ga yugurishni bajarishda quyidagicha topshiriq beriladi; 200 m bir me’yorda yugurish, 20-30 m shiddat bilan yugurish va h.k.
Umumiy chidamkorlikni tarbiyalash uchun trenirovkaning bir me’yorli o’zgaruvchan metodidan foydalanganda bajariladigan ishning quyidagi asosiy xarakteristikalarini hisobga olish zarur:
1. Mashqlarni bajarish tezligi tahminan shunday bo’lishi kerakki, mashqni bajarish ohiriga kelib tomir urishini tezligi minutiga 160-170 marta bo’lsin.
2. Mashqlarning bajarilishi davomiyligi 45-90 oralig’ida belgilanadi.
3. Dam olish intervali 15 dan 45 gacha bunda pauzaning oxiriga kelib, tomir urish tezligi minutiga 120-140 gacha tushishi kerak.
4. Takrorlashlar soni shunday tanlanishi kerakki, barcha seriyalar nisbatan barqaror rejimda bajariladigan bo’lishi.
5. Trenirovkaning har bir qismi o’rtasida passiv dam olinadi.


Yüklə 182 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin