P¿= Ç /W>’ u/!K? (7.4) bu yerda: K — kesish sharoitlarini P. kuchning kattaligiga ta’sirini ifodalovchi C koeffitsiyentga kirmagan, qo’shimcha koeffitsi- yentlarning ko'paytmasiga teng umumlashtirilgan qo'shimcha koeffitsiyent; X, y, Zp — kesish rejimi parametrlari (f, 5, u) ning kesish kuchiga ta'sirini hisobga oluvchi daraja ko'rsatkichlari. Barcha koeffitsiyentlar va daraja ko'rsatkichlari ishlov berish rejimi bo'yicha ma'lumotnomalar jadvallarga qarab aniqlanadi. BOB | Yo‘nish Yo‘nishning asosiy turlari va keskichlarning tasnifi
Yolnish aylanib turgan jismlarning tashqi, ichki, silindrik, konussimon shakldor hamda chekka yuzalariga kesish yo'li bilan ishlov berishning asosiy usuli hisoblanadi. Yo'nish turli xildagi tokarlik dastgohlarida amalga oshiriladi (universal, maxsus, karusel, revolver hamda raqamli boshqarish dasturi boUgon metall kesish dastgohlari). Xarakteri va texnologik vazifasiga ko'ra yo'nish quyidagi turlarga bodmadi: xomaki yo'nish, bunda qo'yimning katta qismi qirqiladi; qisman tozalab yo'nish; tozalab yo'nish; shakl beruvchi nozik yoki uzil-kesil yo'nish. Xomaki yoki dag'al yo'nish pokovka, shtampovka va quyma- larning havoiy chetga chiqishlari va nuqsonlarini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Xomaki yoljiishdan so'ng zagotovkaning aniqligi 12... 16 kvalitet, ishlov berilgan yuzaning g'adir-budurligi R^ — Dû...25 mkm hoiadE Qisman tozalab yo ‘nish 11... 13 kvalitet bo'yicha aniqlikni, ishlov berilgan yuza g^adir-budurligi R = 5û... 12,5 mkm ta’minlaydi. Tozalab yo ‘rish sohiggi yoki oraliq ishlov berish sifatida lû... 11 kvalitet aniqlik va R = 12,5...0,63 mkm g'adir-budurlikka erishish maqsadida oltkazlladi. Nozik yo'nish oddiy keskichlardan foydalanganda 6...7 kvalitet aniqlik va ishlov berilgan yuza g'adir- budurligi Ra = 1,25...û,32 mkm boliishini ta’minlaydi. Olmos keskichlardan foydalanganda esa tegishlicha aniqlikning 5-kvaliteti va Ra = û,û4...û,û16 mkm g'adir-budui^lik ta’minlanadi. Yolnishda metall kesish jarayoni tokarlik keskichlari bilan amalga oshiriladi. Dastgoh supportidagi keskich-tutkichda mahkamlangan keskieh bo'ylamasiga yoki ilgariianma va ko'ndalang harakat qiladi, dastgoh shpindeliga mahkamlangan detal esa aylanadi. Tokarlik ishlovi berishning asosiy operatsiyalari quyidagilardir: yo'nish, kesish, yonlarini kesish, tashqi chuqurliklanii o'yish, shakldor vo^sli, ichki yuzalarni yo'nish, faskéilar ochish, keskieh vositasida tashqi va ichki rezbalar kesish va hokazo. Yo'nishda tashqi silindrik va konussimon yuzalarga o'tuvchi keskichlar bilan ishlov beriladi; ichki silindrik va konussimon yuzalarga yo'nib kengaytiruvchi keskichlar bilan ishlov beriladi; yon yuzalarga qirqib oluvchi keskichlar bilan ishlov beriladi; tashqi va ichki rezbalar rezbali keskichlar yordamida qirqiladi; zagotovkani qismlarga bolish kesib tushimvchi keskichlar yordamida amalga oshiriladi. Tokarlik keskichlari kallakning shakli, surish yo'nalishi, kallak- ning bukilganligi, konstruksiyasi sterjen kesimi, vazifasi, ish qis- mining materiali va hokazolarga qarab bir nechta turga bo'linadi. Kallak shakli va surish yo'nalishiga ko'ra keskichlar o'naqav va chapaqay keskichlarga bo'linadi. O'naqay keskichlar deb, shunday keskichlarga aytiladiki (8.1-rasm, <), agar ular ustiga o'ng qol kafti qo'yilsa, asosiy kesuvchi tig' bosh barmoq tomonda joylashgan bo'ladi, chap keskichlarda esa chap qo^iing kafti qo'yilganda asosiy kesuvchi tig' bosh barmoq tomonda bo'ladi. O'ng keskichlar o'ngdan chapga surish harakati, va'ni orqa babkadan dastgoh shpindeliga surish harakati bilan ishlaydi, chap keskichlarda esa aksincha, surish harakati chapdan o'ngga shpindeldan dastgohning orqa babkasiga yo'nalgan bo'ladi. Keskichlar chap yoki o'ngga bukilgan (8.1-rasm, b), yuqori yoki pastga qayrilgan (8.1-rasm, d'yo'ng yoki chapga tortilgan (8.1- rasm, e) bo'lishi mumkin. Qayrilgan keskichlarda keskichning o'qi yon proyeksiyaga qayrilgan bo'ladi. Kallagi tortilgan keskichlarda kallakning kengligi, odatda, keskich tanasining kengligidan kichik bo'ladi. Konstruksiyasiga ko'ra keskichlar yaixiit keskichlar va tarkibiy keskichlarga bo'linadi. Yaxlit keskichlarning kallagi va tanasi bitta materialdan vasaladi, tarkibiy keskichlarda esa masalan, tezkesar po'latdan yasalgan kallak kam uglerodli po'latdan yasalgan keskich- tutkichga tutashtirilib payvandlangan; plastinka kavsharlangan qattiq qotishmali yoki tezkesar po'lat; mexanik mahkamlangan qattiq qotishma, mineral-keramik va o'ta qattiq materiallardan yasalgan kesuvchi plastinkali keskich.