> i I i I 1F one chap chap , o'ng , e ' a b a 8.1-rasm. Keskich kallaklarining shakllari. Hozirgi paytda tokarlik dastgohlarida detallarga, ko'pincha, kesuvchi qismlari qattiq qotishmalardan yasalgan standart plastinkalar bilan jihozlangan keskichlar bilan ishlov beriladi. Qattiq qotishmali plastinkalarning ikki guruhi mavjud. Bir guruh plastinkalar yeyilishning muayyan belgilangan darajasiga yetgandan so'ng qayta charxlanadigan keskichlarni jihozlash uchun mo'jjal- langan. Boshqa guruh plastinkalarning bir necha ish cho'qqilari bo'iib. bitta cho'qqidagi tig‘ yoyilgandan so'mg burib yangi ish holatiga o*tkazlladi va navbatdagi cho'qqining tig'i bilan ishlov beriladi. Bu guruh plastinkalar ko'p qirrali qayta charxlanmaydigan plastinkalar deb ataladi. Almashtiriladigan ko'p qirrali qattiq qotishmadan yasalgan plastinkali keskichlar raqamli boshqarish dasturi bo'lgan dast- gohlarda tobora ko'proq qodlanmoqda. Keskichlarning kons- truksiyalari, turi, shakli, plastinka va tutkichni mahkamlovchi qismning koirinishi va foydalaniladigan plastinkalar shakliga qarab farqlanadi. Keskichlarda foydalaniladigan almashinuvchi ko'p qirrali plastinkalar turlari xilma-xildir: to'g'ri ko'p qirrali, romblar, ayla- nalar, to'glri to'rl burchaklar va parallelogrammlar hamda galtellar va ariqchalarga ishlov beradigan maxsus shakldagi. shuningdek. kesib tushiradigan plastinkalar va h.k. Qattiq qotishmali plastinkalar keskich-tutkichlarga jez yoki qizil mis kavshar yordamida kavsharlanadi. Tutkich materiali va qattiq qotishmalar turlicha kengayish harorati koefïitsiycntiga ega. Shuning uchun kavsharlashdan so“iig sovitish jarayonida qattiq qotishmali plastinka va keskich-tutkich kavsharlangan chok bo'ylab tutashuv
zo‘riqishiga uchraydi, bu esa plastinkada mikrodar/lar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Mexanik mahkainlanish plaslin- kalarni maxsus uyalarda mahkam ushlab turadi va ino‘rt qattiq qotishma uchun xavlli bo‘lgan ichki zo‘riqishlar yuzaga kelmaydi. Ishlov berishning turli sharoitlari uchun qattiq qotishmali plastin- kalarning mexanik mahkamlash konstruksiyalarining ko‘p turlari ishlab chiqilgan.