9.2. Patogenetik davolash
Patogenetik davolash ancha samarali usul hisoblanadi, uning asosiy maqsadlari
quyidagilar:
165
1.
O‘rnini to‘ldiruvchi davolash-organizmga yetishmagan moddalarni kiritish.
2.
Kasalning ovqatiga organizmda hazm bo‘lmaydigan moddalarni qo‘shmaslik.
3.
O‘rnini to‘ldiruvchi Terapiyani Patogenezga asoslangan parhez bilan olib
borish
4.
To‘planadigan anomal mahsulotlarni organizmdan chiqarish.
Eng ko‘p tarqalgan patogenetik davolash usullaridan biri parhez orqali davolash
(dietoterapiya) hisoblanidi.
Dietoterapiyadan davolash maqsadida, hamda profilaktika maqsadida foydalanish
mumkin. Bu usulni qo‘llash ancha oson bo‘lishiga qaramasdan birdan-bir davolash
usuli bo‘lib qolmasligi lozim. Diyetoterapiyaning qo‘llanilishining klassik misoli
qilib FKU ni keltirish mumkin. Bu kasallikning birlamchi mexanizmi aniqlangan
bo‘lib, u fenilalanin-4-gidroksilaza fermenti genining nuqsoni. Bu ferment
fenilalaninning tirozinga aylaninshida ishtirok etadi. Ferment bo‘lmasa fenilalanin
fenilpirouzumkislotaga yoki odatda uchramaydigan metabolitlarga aylanadi,
natijada metabolik reaktsiyalar zanjirida buzilishlar kuzatiladi. Bunda markaziy asab
sistemasida qaytmas o‘zgarishlar kelib chiqadi va bolaning ruhiy rivojlanishi susaya
boshlaydi. Fenilalanin o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan aminokislotalar qatoriga
kirgani uchun bolaning ovqati tarkibida bu aminokislotani batamom chiqarib
tashlash mumkin emas, chunki bunda bola jismoniy rivojlanishidan orqada qoladi.
Shuning uchun bolaning ovqati uchun ishlatiladigan oqsil gidrolizatlarida 21%
gacha fenilalanin bo‘lishi lozim. Agar biokimyoviy usulda qonda va siydikda
fenilalanin miqdorini nazorat qilib borib, diyetoterapiyani 2-3 oylik davrdan
boshlansa, bolaning normal ruhiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash mumkin. Bu
misol hozirgi zamon fani va amaliyoti imkoniyatlarining ko‘zga ko‘rinarli dalilidir.
Bunday diyetoterapiya metabolizm, ―xatoliklar‖i kuzatiladigan ko‘pgina uglevodlar
va aminokislotalar almashinuvi kasalliklari uchun ishlab chiqilgan (galaktozemiya,
fruktozuriya, argininemiya, tirozinemiya va h).
Diyetoterapiyani uzluksiz biokimyoviy nazorat ostida amalga oshirish talab
qilinadi.
166
Dietoterapiyaning ikkinchi xili ovqat tarkibiga organizmda yetishmaydigan
moddalarni qo’shib davolashdir. Masalan, Xartnap sindromida ichak hujayralari
funksiyalari buzilishi natijasida triptofan aminokislotasi so‘rilmaydi, natijada qonda
triptofan bo‘lmaydi, nikotin kislota defitsiti kuzatiladi. Bu holat pyellagra
kasalligining dermatologik, asab va ruhiy ko‘rinishlariga olib keladi. Agar kasal
ovqatida ko‘p miqdorda oqsil (1kg massaga 4g) bo‘lsa va nikotinamid, nikotin
kislota qo‘shilsa, kasallik alomatlari ancha kamayishi yoki butunlay yo‘qolishi
mumkin.
III darajali glikogenoz kasalliklari (amilo-1,6-glyukozidaza yetishmasligi) ertalab
gipoglikemiya,
mushak
atrofiyasi,
kardiomiopatiya,
gepatosplenomegaliya,
progressivlashuvchi miopatiya kuzatiladi, kasallik sababi alanin aminokislotasi
yetishmasligidir, shu sababli mushaklarda aminokislotalr parchalanadi. Ovqatda
oqsil kaloriyasi 20-25% uglevodlar kaloriyasi 40-50% bo‘lganda bu kasallar ahvoli
ancha yaxshilanishiga erishish mumkin.
Ba`zi irsiy kasalliklarda metabolizm buzilishi natijasida organizm uchun zaharli
ta`sir qiluvchi metabolitlar to‘planadi. Bunday holatlarda zaharli metabolitlar
chiqarilishini tezlashtiruvchi preparatlar bilan davolanadi. Gepatolyentikulyar
degenyeratsiya kasalligida hujayra ichida mis ionlari konsentratsiyasi ortib ketadi.
Shuning uchun bu kasalliklarni davolash uchun misni organizmdan tez
chiqarilishiga ta`sir qiluvchi preparatlar beriladi.
Gemoglobinopatiyalarda temir ionlari to‘planadi (gemosidyeroz). Uni davolash
uchun temirni o‘ziga biriktirib organizmdan chiqaruvchi preparatlar beriladi.
Zaharli metabolitlardan organizmni fizik-ximiyaviy usullar (plazmoforez,
gemosorbtsiya) bilan ham tozalash mumkin.
Plazmoforez yo‘li bilan qon ortiqcha lipidlar, yog‘ kislotalaridan tozalanadi.
Lizosomal irsiy kasalliklarda ham shu usul qo‘llaniladi.
Gemosorbsiya usuli bilan oilaviy giperxolesterinemiya kasalligida qonni
geparin-agaroza yordamida quyi zichlikka ega lipoproteidlardan tozalanadi.
Patogenetik davolashda patogenetik ingibitsiya usuli ham qo‘llaniladi. Bunda
organizmda ortiqcha to‘planuvchi moddalar sintezi pasaytiriladi. Masalan, Lesh-
167
Nixen kasalligida va podagrada allopurinol bilan ksantinoksidaza ingibirlanadi va
natijada qonda siydik kislotasi konsentratsiyasi kamayadi. Giperxolesterinemiya
kasalligida glitseridlar sintezini kamaytiruvchi preparatlar qo‘llaniladi. Og‘ir
giperglitsinemiya kasalligini strixinin yordamida glitsinning retseptor bilan
bog‘lanishini ingibirlab davolash mumkin.
Patogenetik davolashni gen mahsulotini korrektsiyalash yo‘li bilan ham
amalga oshirish mumkin.
Patogenezi gen mutatsiyasi natijasi bo‘lgan anomal fermentga bog‘liq bo‘lgan
irsiy kasalliklarda mahsulot sintezlanmayadi. Bu holatlarda yetishmagan mahsulotni
kiritish orqali davolanadi. Misollar: gipotireoidzmda tiroksin, gipofizar pakanalikda
o‘sish gormoni, buyrak usti bezi giperplaziyasida steroid gormonlar beriladi.
Gemofiliya kasaligi – antigemofil globulin, diabet – insulin bilan davolanadi.
Gen injeneriyasi va biotexnologiya sohalarida keyingi yillarda erishilgan
muvaffaqiyatlar natijasida irsiy kasalliklarni patogenetik davolash imkoniyatlari
tobora kengayib bormoqda, insulin, somatotropin, inTerferon kabi preparatlar
genetik injeneriya va biotexnologiya yordamida olinmoqda.
Patogenetik davolashda ferment faolligini modifikatsiyalash usuli ham
samarali hisoblanadi.
Fermentlar faolligi buzilishlari gen mutatsiyalari natijasida kelib chiqadi va
enzimopatiyalarga sabab bo‘ladi.
Anomal ferment aniq bo‘lgan irsiy kasalliklarni kofaktor qo‘shish yo‘li bilan,
dorilar yordamida ferment faolligini indutsirlab yoki ingibrlab, yetishmagan
fermentni kiritish yo‘llari bilan davolash mumkin.
Ko‘p irsiy kasalliklarda vitaminlarning katalitik funksiyalari kofaktor
yetishmasligi natijasida buziladi. Kofaktorlar yordamida bunday kasalliklarni
davolash mumkin. Masalan gomosistinuriyani piridinoksin, leytsinozni tiamin
kofaktorlari bilan davolanadi.
Irsiy kasalliklarda fermentlar faolligini maxsus dori preparatlari yordamida
kuchaytirish yo‘li bilan davolashga Djilbert, Krigler-Nayyar sindromlarini
168
fenobarbital bilan davolashni misol qilish mumkin. O‘tkir porfiriya kasalligida
aminolevulinsintetaza faolligini susaytirish uchun gematin preparati beriladi.
Irsiy kasalliklarni faol fermentlar kiritib davolash (fermentoterapiya) hozirgi
davrda keng rivojlanmoqda. Fermentlarni vena ichiga yoki Teri osti orqali kiritish
ko‘pincha uncha yaxshi samara bermaydi. Chunki fermentlar zarur to‘qimalarga
yetib borguncha ularni faolligi ancha kamayadi. Hozirgi davrda fermentlarni zarur
to‘qimalar, hujayralar, hatto organoidlargacha yetib borishini ta`minlovchi maxsus
usullar ishlab chiqilmoqda. Bularga sun`iy sintezlangan mikrokapsulalar –
liposomalar va tabiiy elyementlar – autologik eritrotsitlar yordamida fermentlarni
zarur hujayralarga yetkazish usullari kiradi. Bunday usullarni takomillashtirish
hozirgi zamon meditsinasining eng dolzarb muammolari hisoblanadi, chunki ular
irsiy kasalliklardan boshqa patologiyalarni davolashda ham qo‘llaniladi.
Liposomalar ko‘p qavatli pufakchalar bo‘lib, lipid va suv qatlamlaridan
tuzilgan. Liposomalar membranasiga dori yuborilishi kerak bo‘lgan hujayraga
nisbatan antitelolar qo‘shilgan bo‘lishi mumkin. Shu antitelolar yordamida ichida
fermentlari bo‘lgan liposomalar kerakli hujayralar bilan bog‘lanadi. Liposoma
qobig‘ini endogen lipaza eritadi, ferment substratga ta`sirini ko‘rsatadi.
Gomologik yoki autologik eritrotsitlar ichiga ham fermentlarni maxsus usullar
yordamida kiritib, ularni kerakli hujayralarga faolligini kamaytirmasdan yetkazish
mumkin.
9.3. Xirurgik usullarda davolash
Irsiy kasalliklarning ko‘p turlarini samarali xirurgik davolash mumkin.
Irsiy kasalliklarni xirurgik davolashni quyidagi 3 xil usulda amalga oshiriladi:
rezektsiya, korrektsiya, transplantatsiya.
Irsiy kasalliklarning kesib olib tashlash (rezektsiya) usuli bilan umumiy
xirurgik davolashga misollar: yo‘g‘on ichak polipozida poliplarni olib tashlash,
gemoglobinopatiyalarda splenoktomiya, Vilms o‘smasida buyrakni olib tashlashva
h. Ryekonstruktiv xirurgiya yoki korrektsiya usullari ―bo‘ri tanglay‖, ―quyon lab‖
alomatlarini davolashda, tug‘ma yurak nuqsonlarida, oshqozon-ichak atreziyasida,
suyak-mushak sistemasi nuqsonlarini davolashda qo‘llaniladi.
169
Irsiy kasalliklarni davolashda a`zolar, to‘qimalar, hujayralar transplantatsiyasi
tobora keng qo‘llanilmoqda. Suyak ko‘migi, timus, jigar, oshqozon osti bezi, buyrak
usti bezi, taloq va buyraklar allotransplantatsiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi davrda hujayralar transplantatsiyasi ham yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mukopolisaxaridozlarni davolash uchun fibroblastlar yetishmagan fermentlarni
sekretsiyalab bu kasalliklardagi almashinish buzilishlarini tuzatishga imkon beradi.
Diabetni
davolashda
ham
Langergans
hujayralarini
Teri
ostiga
transplantatsiyalash ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.
9.4. Etiologik davolash.
Etiologik davolash eng samaralidir, chunki bundan kasallikning asosiy sababi
yo‘qotiladi. Alomatatik va patogenetik davolash qancha samarali bo‘lishiga
qaramasdan irsiy kasallikning sababini butunlay yo‘qotishga imkon bermaydi.
Irsiy kasalliklarning asosiy sababi irsiy axborotning o‘zgarganligi, ya`ni gen
mutatsiyasi bo‘lganligi uchun ularni davolash, o‘sha mutant genlarni sog‘lom genlar
bilan almashtirish lozim. Buning uchun murakkab molekulyar-genetik usullar yo‘lga
qo‘yilishi lozim. Bunday yo‘nalish genoterapiya deb ataladi.
Normal genlarni hujayralarga maxsus vyektor sistemalari yordamida kiritiladi.
Genetik injeneriya yo‘li bilan har qanday genni olish yo‘lga qo‘yilgan. Bu genlar
tashuvchi molekulalar – viruslar, plazmidalar, transpozonlar tarkibiga kiritilib
ryekombinant DNK molekulalari hosil qilinadi va ular kasal hujayralariga kiritiladi.
Irsiy kasallar genoterapiyasi asosan 1990 yilda boshlandi.
Genoterapiya 2 xil usul bilan amalga oshiriladi: 1) Organizmdan ajratilib
olingan somatik hujayralarga transgenozni amalga oshirish; 2) organizmning o‘zida
in vivo hujayralarga transgenozni amalga oshirish.
Transgenoz – bu kerakli genni ma`lum hujayraga kiritish usulidir.
Organizmdan ajratib olingan somatik hujayralarga tarnsgenozni amalga
oshirishning quyidagi usullari mavjud: kimyoviy, hujayralarni duragaylash,
fizikaviy (mikroin`yektsiya, elektroporatsiya, lazer mikroin`yektsiyasi) viruslar
yordamida
170
Eng samarali transgenoz – viruslar yordamida amalga oshiriladi. Agar
transgenoz hujayralarning kamida 5%da amalga oshsa, uni muvaffaqiyatli deb
hisoblash mumkin.
Transgenoz amalga oshirilgan somatik hujayralar organizmga reimplantatsiya
qilinadi.
Masalan,
jigar
hujayralari
qopqa
venasi
orqali
(organotrop
ryeimplantatsiya), suyak ko‘migi hujayralari vena orqali (ektopik reimplantatsiya).
To’g’ri transgenoz (in vivo) ryekombinant genetik vyektorni (kerakli genni
o‘zida saqlovchi) organizmga kiritish orqali amalga oshiriladi. Mishyen
hujayralarga yoki boshqa hujayralarga vyektor molekula kerakli genni kiritadi va
transgenoz amalga oshadi.
Genyeoterapiya
muvaffaqiyatli
amalga
oshirilgan
kasalliklarga
adyenozindezaminaza yetishmasligi, oilaviy giperxolesterinemiya misol bo‘la oladi.
Adenozindezaminaza yetishmasligi kasalligi adenozindezaminaza (ADA) geni
mutatsiyasi natijasida kelib chiqadi va bunda birlamchi immunodefitsit holati
kuzatiladi. ADA yetishmasligini davolash uchun kasalning qonidan limfotsitlar
ajratib olinadi, ajratilgan limfotsitga retroviruslar yordamida ADA geni kiritiladi. Bu
gen-injeneriyasi amalga oshirilgan limfotsitlar kasalga kiritiladi. Natijada 20-25%
limfotsitlar kasal organizmda normal faoliyat ko‘rsatadi. Kasalning ahvoli ancha
yaxshilanadi va uni steril bokslarda saqlashning hojati qolmaydi.
Oilaviy giperxolesterinemiya kasalligida kam zichlikdagi lipoprotein (KZLP)
retseptori geni mutatsiyasi kuzatiladi.
KZLP retseptori jigar hujayralarida sintezlanadi. Kasallikni davolash uchun
qisman gepatoektomiya amalga oshiriladi (15%), kollagenaza fermenti yordamida
gepatotsitlar bir-birlaridan ajratiladi. Keyin gepatotsitlar sun`iy sharoitda (in vitro)
o‘stirilib ularga retroviruslar yordamida normal gen kiritiladi. Transgen hujayralar
qopqa vena orqali organizmga kiritiladi va bu genning ayrim gepatotsitlarda
funksiyalanishiga erishiladi. KZLP miqdori 15-30%gacha kamayishi mumkin.
Hozirgi vaqtda faqat monogen kasalliklarnigina emas, balki multifaktorial
kasalliklarni ham genoterapiya usulida davolash usullari yaratilmoqda. Masalan,
171
tajribalarda yomon o‘smani genoterapiya orqali davolashga urinishlar amalga
oshirildi va ba`zi holatlarda ishonchli ijobiy natijalarga erishildi.
Shunday qilib irsiy kasalliklarning genoterapiyasi bir nechta holatlarda ijobiy
natijalarga erishildi, lekin bu usul hali ommaviy qo‘llanilishdan ancha yiroq.
Genetik injeneriyaning qo‘lga kiritayotgan ulkan muvaffaqiyatlari genoterapiyaning
yaqin yillarda irsiy kasalliklarni davolashning eng ishonchli usuli bo‘lib qolishiga
umid bag‘ishlaydi.
Tayanch so’zlar va tushunchalar:
Irsiy kasalliklarni davolash
Simptomatatik davo
Patogenetik davo
Eetiologik davolash
O‘rin bosuvchi davo
Diyetoterapiya
Vitaminoterapiya
Metobolizm induktsiyasi va
Dyetoksikatsiya
ingibitsiyasi
Xirurgik davo allotransplantatsiya
Genoterapiya transgenoz
Hujayra transplantatsiyasi
Reimplantatsiya.
10. IRSIY KASALLIKLAR PROFILAKTIKASINING ASOSIY
YO’NALISHLARI.
Keyingi yillarda irsiy kasalliklar xaqida tobora ko‘proq ma`lumotlar to‘planmokda,
ularning turlari 7000 dan ortib ketdi. Har yili irsiy kasalliklarning 100 dan ortiq
yangi xillari aniqlanmokda. Bunga sabab, birinchidan – inson belgilarining genetik,
172
fiziologik, biokimyoviy mexanizmlari tobora chuqur o‘rganilmoqda, ikkinchidan –
inson yashaydigan ekologik muhit tobora ko‘proq ifloslanmoqda, ko‘p joylarda
ekologik tanglik holatlari yuzaga kelib, ularning inson irsiyatiga zararli ta`siri tobora
kuchayib bormoqda, uchinchidan – irsiy kasalliklar diagnostikasi usullari tobora
takomillashib borishi ilgari noma`lum bo‘lgan yangi kasallik xillari aniqlanishiga
imkon bermoqda.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, irsiy kasalliklar boshqa somatik kasalliklarga
nisbatan juda og‘ir kechadi, ularning ko‘pchiligining samarali davolash usullari
hozirgi kungacha topilmagan. Bu kasalliklarning irsiy omillari (mutatsiyaga
uchragan genlar, xromosomalar, irsiyatga moyillik) avloddan-avlodga o‘tib,
populyatsiyada uchrash tezligi tobora ortib borishi ular profilaktikasining naqadar
muhimligidan dalolat beradi. SHuning uchun ham irsiy kasalliklar profilaktikasi
tibbiyot genetikasining eng dolzarb, ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Biz quyida
irsiy kasalliklar profilaktikasining eng muhim yo‘nalishlari haqida ma`lumotlar
keltiramiz.
Birinchi guruh tadbirlari atrof-muhitni muhofaza qilishga bog‘liq. Buning
uchun gigiyenik me`yorlarga amal qilinishi, muhitda mutagenlarni aniqlash, ular
bilan birga Teratogenlar va kantserogenlarni ham bartaraf etish lozim. Muhitning
hamma yangi omillari ham mutagen ta`sir qilavermaydi. Shuning uchun genetik
olimlar kimyoviy omillarning inson hujayralariga mutagen ta`siri faolligini
aniqlashning yangi sezgir usullarini ishlab chiqishlari zarur.
Buning uchun pyestitsidlar, gerbitsidlar, defoliantlar va qishloq xo‘jaligida
qo‘llash uchun tavsiya qilinayotgan boshqa kimyoviy preparatlarni kompleks tahlil
qilish, ya`ni ularning mutagen, Teratogen va kantserogen ta`sirini aniqlash zarur.
Bunday kompleks tahlilni bakTeriyalarda, o‘simlik hujayralarida va sun`iy
o‘stirilayotgan inson hujayralarida o‘tkazish lozim.
Aholi o‘rtasida qishloq xo‘jaligida ko‘p qo‘llanilayotgan kimyoviy
preparatlarning zararli ta`sirini tushuntirish ishlarini kengroq olib borish lozim.
Masalan, juda ko‘p ishlatilayotgan nitratlar qondagi gemoglobinning tuzilishiga
ta`sir qilib, uni metgemoglobinga aylantirishi oqibatida to‘qimalar nafas olishini
173
qiyinlashtiradi. Nitratlar organizmda ko‘p bo‘lganida kuchli mutagen va
kantserogen bo‘lgan nitrozaminlarga aylanishi aniqlangan.
Irsiy kasalliklar profilaktikasida ayollarning homiladorlik davrida har xil zararli
ta`sirlardan saqlanishlari juda katta ahamiyatga ega. Har xil kamchiliklar bilan
tug‘ilgan chaqaloqlar 4,5-5% ni tashkil qiladi, ularning 1,5-2,0% igina irsiyatning
buzilishlari natijasida kelib chiqadi. Bunday nogiron bolalar tug‘ilishining asosiy
sabablari ayollarning homiladorlik davrida shifokor nazoratisiz har xil dorilarni
iste`mol qilishi, tamaki chekishi, infektsion va parazitar kasalliklar bilan og‘rishi
kabilardir.
Eng ko‘p iste`mol qilinadigan aspirin uch oygacha homilaning o‘pkasi va
jigariga zararli ta`sir qilishi, gepatit va gerpyes viruslari homilador ayollardan 3-5%
gacha nogiron bolalar tug‘ilishiga sabab bo‘lishi aniqlangan.
Alkogol va uning parchalanish mahsulotlari oqsil sintezi buzilishi, xromosoma
aberratsiyalari natijasida homilaning o‘lik tug‘ilishi, chala tug‘ilishi, mayib-
majruhlyklar, asab sistemasi buzilishlariga sabab bo‘ladi.
Genetik monitoring usuli keng qo‘llanmog‘i zarur. Genetik monitoring inson
populyatsiyalarida genetik jarayonlarni tinimsiz, oldindan belgilangan ryejalar
asosida kuzatib borishdir.
Genetik monitoring quyidagicha amalga oshiriladi:
a) genetik yuk dinamikasini o‘rganish (zararli muhit omillari tomondan
indutsirlangan gen va xromosoma mutatsiyalari chastotalarini aniqqash);
b) tibbiy-statistik ma`lumotlar asosida spontan abortlar, o‘lik tug‘ilish holatlari
chastotasini,
yangi
tug‘ilgan
chaqaloqlar
vaznini,
bo‘y
uzunligini, ularning yashab qolish ko‘rsatkichlarini, jinslar mutanosibligini, tug‘ma
va orttirilgan kasalliklar chastotasini, bolalarning o‘sish va rivojlanish
ko‘rsatkichlarini aniqqash;
v) qon zardobi va eritrotsitlarda oqsillarni elektroforez usulida tekshirib,
mutant oqsillarni aniqqash;
g) spontan abortlangan homilalarni, o‘lik tug‘ilish holatlarini, tug‘ma nuqsonlar
bilan tirik tug‘ilgan bolalarni tsitogenetik usullarcha tekshirish.
174
Irsiy kasalliklarning katta guruhi ekogenetik kasalliklar bo‘lib, ular irsiy
moyilligi bo‘lgan shaxslarda, ma`lum omillar ta`sirida kelib chiqadi. Bunday
kasalliklar profilaktikasida ham tevarak-muhitni muhofaza qilish katta ahamiyatga
ega.
Irsiy kasalliklar profilaktikasining ikkinchi yo’nalishi – oilalarni
ryejalashtirishga
asoslangan.
Oilanlari
ryejalashtirish
chora-tadbirlariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
a) qon-qarindoshlar orasidagi nikohlar (inbriding)ga yo‘l qo‘ymaslik;
b) geterozigot tashuvchilar orasidagi nikohlarni cheklash;
v) irsiy patologiya xatari yuqori bo‘lgan holatlarda farzand ko‘rishga maslahat
bermaslik.
Ma`lumki, ko‘pchilik irsiy kasalliklarning asosiy sababichisi retsessiv
holatdagi mutant genlardir. Qarindoshlar nikohi natijasida bu genlarning gomozigot
holatga o‘tish ehtimoli juda kuchayib ketadi. Bu holat Markaziy Osiyo
ryespublikalarida, ayniqsa O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida ko‘p uchraydi.
Qarindoshlar orasidagi nikohlar 13-15% va undan ham yuqori bo‘lishi mumkin.
Bunday inbriding nikohlarning oldini olish hisobiga autosoma-retsessiv irsiy
kasalliklar uchrashini ikki hissaga kamaytirish mumkin.
Irsiy kasalliklar profilaktikasida onaning farzand ko‘rish yoshi ham katta
ahamiyatga ega. Tibbiyot xodimlari va genetiklarning ma`lumotlariga ko‘ra farzand
ko‘rish uchun onaning 20-35 yoshda bo‘lishi eng muqobil hisoblanadi. Bundan erta
yoki kech farzand ko‘rish har xil irsiy va tug‘ma kasalliklar uchrash tezligining
ancha ortishiga sabab bo‘ladi. Masalan, 35 yoshdan keyin farzand ko‘rishning
kamayishi natijasida Daun sindromi bilan tug‘iladigan chaqaloqlar chastotasining
15-20% gacha kamayishi mumkinligi aniqlangan.
Oilani ryejalashtirishning samaradorligini oshirishda aholini dispanser
nazoratiga keng jalb etish, tibbiy xizmatni oilaviy shifokorlar tipida amalga oshirish,
tibbiy-genetik maslahatxonalar ishini keng yo‘lga qo‘yish juda katta ahamiyatga
egadir.
175
Irsiy kasalliklar profilaktikasining uchinchi yo’nalishi – tug’ilguncha
tashxis qo’yish (prenatal diagnostika) dir. Prenatal tashxis tibbiyot genetikasining
eng ishonchli, samarali usullaridan bo‘lib, irsiy kasalliklar rivojlanish anomaliyalari
bilan tug‘ilish chastotasini kamaytirish vositalaridan biridir.
Prenatal tashxis usullarini 3 ta: 1) skrining; 2) noinvaziv; 3) invaziv guruhlarga
ajratish mumkin
Skrining usullari irsiy yoki tug‘ma kasal bola tug‘ish xatari katta bo‘lgan
ayollarni aniqqashga asoslangan. Bu usullar qulay, ko‘p harajat talab
qilmaydigan va keng qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
Hamma tekshirish usullari yordamida olingan hujayra va to‘qimalarni
tsitogenetik, immunogenetik, biokimyoviy, molekulyar genetik va boshqa genetik
tahlil usullari bilan tekshiriladi.
Prenatal tashxis usullari uchun sarf qilinadigan xarajatni irsiy kasallar, tug‘ma
nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalarni parvarish qilish, davolash uchun sarflanadigan
xarajatlar bilan solishtirib bo‘lmaydi.
SHuning uchun xam umumiy amaliyot shifokorlari, oilaviy shifokorlar prenatal
tashxis usullari haqida tushunchalarni, ularning imkoniyatlari, kamchiliklari, qanday
holatlarda yo‘llanma berish mumkinligini yaxshi bilib olishlari zarur.
Irsiy kasalliklar profilaktikasining eng universal usuli - genlar ta`sirini idora
qilish yoki patologik gen ta`sirini fenotipik korrektsiyalashdir. Genlarning ta`sir
mexanizmini bilganimizda uning fenotipik yuzaga chiqish darajasini, ya`ni
ekspressivligini har xil chora-tadbirlar bilan kamaytirishimiz mumkin. Masalan, bu
sohada fenilketonuriya, gipotireoz, galaktozemiya, mukovistsidoz kasalliklari
rivojlanishining oldini olish choralari juda yaxshi o‘rganilgan. Buning uchun
tug‘ilgan chaqaloqning tashxisi iloji boricha erta qo‘yilishi lozim. Diagnoz
aniqlangandan keyin kasallikning klinik namoyon bo‘ishining oldini olish uchun
parhez (fenilketonuriya, galaktozemiyada) yoki dori preparatlaridan (gipotireoz,
mukovistsidozda) foydalanamiz. Bunday korrektsiya usullarini homila davridanoq
boshlash mumkin. Buning uchun homila paydo bo‘lgungacha butun homiladorlik
176
davrida onaning ovqatida fenilalanin miqdori cheklanadi. Bu esa bola tug‘ilganidan
keyin fenilketonuriyaning namoyon bo‘lish darajasini ancha kamaytiradi.
Bo‘lajak onalarning ovqatlanish ratsionida oqsil, vitaminlar, mineral tuzlar
miqdoriga katta e`tibor berish zarur. Ularning yetishmasligi homilaning rivojlanishi
buzilishlariga, anomaliyalariga sabab bo‘lishi mumkin.
Homilador ayollarning C, E va foliy kislota vitaminlarini yetarli darajada
imtye`mol qilishi asab naychasi tug‘ma anomaliyalari bilan tug‘ilish holatlarini
ancha kamaytiradi. Katta yoshdagilarda ham irsiy kasallar profilaktikasini samarali
amalga oshirish mumkin. Ayniqsa fenotipik namoyon bo‘lishida tashqi muhit
omillari katta ahamiyatga ega bo‘lgan multifaktorial kasalliklar oldini olish chora
tadbirlari ko‘pincha yaxshi natija beradi.
Multifaktorial kasalliklar rivojlanishida ko‘p genlar (poligenlar) ta`siridan
tashqari fenotipni yuzaga chiqaruvchi omillar ta`sirini shifokorlar maslahatiga
asosan kamaytirib, gipertoniya, Ateroskleroz, qandli diabet kabi kasalliklar
rivojlanishini ancha kamaytirish mumkin. Sulfanilamid preparatlarni cheklash yo‘li
bilan gemolitik eritrotsitar enzimopatiyalar oldini olish, 1-antitripsin yetishmasligi
ta`sirida kelib chiqadigan o‘pka emfizyemasi rivojlanishining oldini tamaki
chekishni tashlash, changli ishlab chiqarish sharotida ishlamaslik yo‘li bilan olish
mumkin [1,7,9].
Shunday qilib irsiy kasalliklar profilaktikasi chora-tadbirlarining ikki xilini
ajratish mumkin.
Birlamchi profilaktikasiga irsiy kasal homila paydo bo‘lishi va irsiy kasal
rivojlanish anomaliyasi bo‘lgan bolalar tug‘ilishining oldini olish, ikkilamchi
profilaktikaga esa patologik genotipning fenotipik namoyon bo‘lishining oldini
olishga qaratilgan chora-tadbirlar kiradi. Ikkilamchi profilaktikani normonusxalash
deb ham ataladi. U ayniqsa irsiyatga moyilli kasalliklar oldini olishda samarali nati-
ja beradi. Bunday chora-tadbirlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirish natijasida
patologik jarayonni ancha yengillashtirish, hatto butunlay oldini olish,
rivojlantirmaslik mumkin.
177
Irsiy kasalliklarning profilaktikasi bilan shug‘ullanish faqat genetik-
shifokorlar, meditsina genetika maslahatxonalarining vazifasi bo‘libgina kolmasdan,
bu muhim muammoni hal qilishda umumiy amaliyot shifokorlari, oilaviy
shifokorlar ham faol qatnashishlari lozim. Buning uchun ular:
-
tinimsiz ravishda tibbiyot genetikasi sohasida o‘z bilimlarini
takomillashtirib borishlari;
-
aholi orasida irsiy kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini
olish chora-tadbirlari haqida bilimlarni xalq orasida ommalashtirishlari;
-
Bu sohada genetik shifokorlarga yordam berishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |