Tayanch so’zlar va tushunchalar:
Multifaktorial kasalliklar
Poligen va monogen kasalliklar
Multifaktorial kasalliklar harakterli
Multifaktorial kasalliklarning
Xususiyatlari va o‘rganish usullari
populyatsiyada tarqalishi
154
8.EKOLOGIK GENETIKA. FARMAKOGENETIKA. GENOGEOGRAFIYA
RIVOJLANISH NUQSONLARI.
8.1.Ekologik genetika.
Ekologik genetika (ekogenetika) tibbiy genetikaning bir bo‘limii bo‘lib, irsiyatga
muhit omillarining ta`sirini o‘rganadi. Muhit omillari ta`siri natijasida inson
irsiyatda o‘zgarishlar patologik jarayonlarga sabab bo‘lishi mumkin.Bunday
patologiyalarni ekogenetik kasalliklar deyiladi.
Evolyutsiya davomida inson populyatsiyalariga mutatsion va genetik-avtomatik
jarayonlar, tabiiy tanlash ta`sirida muvozanatlashgan irsiy polimorfizm hosil
bo‘lgan. SHuning natijasida inson genlarining 25% dan ortiq polimorfizmga ega,
ya`ni allellarining soni 2 dan ortiq. Irsiy polimorfizm mavjudligi tufayli insonning
dori preparatlariga,har xil ovqatlarga, ovqatga qo‘shiladigan moddalarga, fizikaviy,
himiyaviy omillarga, atmosferaning ifloslanishiga, zararli kasb omillarga
chidamliligi va reaktsiyalari har xildir.
Tashqi muhit omillariga reaktsiyalarda genetik farqlarni aniqlash uchun klinik-
genealogik,
egizaklar
va
populyatsion-statistik
usullardan
foydalaniladi.
Omillarning ekogenetik ta`sirini aniqlash uchun eksperimental genetika usullaridan
ham foydalanish mumkin (hayvonlarda, sun`iy o‘stirilayotgan hujayralarda).
Tashqi muhitning zararli omillari populyatsiya a`zolarining hammasiga emas
ayrim shaxslarga ta`sir ko‘rsatadi. Insonda organizmga kirgan himiyaviy birikmalar
metabolizmini irsiy nazorat mavjudligi aniqlangan.O‘sha irsiy nazorat
myehanizmlari buzilishi natijasida patologik reaktsiyalar yoki idiosinkraziya
rivojlanadi.
Atmosferaning ifloslanishi natijasida kelib chiqadigan mutatsiyalardan biri alfa-
1 antitripsin yetishmovchiligidir. Bu oqsil nofaolligi retsessiv gen(Z)ga bog‘liq.
Bu genga nisbatan gomozigotali shaxslarda o‘pkaning surunkali kasalliklari va
o‘pka emfizyemasi ko‘p uchraydi. Bunday gomozigotali shaxslarga chekish va
changli sharoitli korxonalarda ishlash juda zararli ta`sir ko‘rsatadi.
Alfa-1 antitripsin yetishmovchiligini aniqlash usullarini profyessional ko‘rikdan
o‘tkazishda qo‘llab bunday korxonalarga ishchilarni tanlash mumkin. Atrof muhitda
155
politsiklik uglevodlar, ayniqsa tamaki tutuni ko‘p uchraydi . Bu uglevodlar ma`lum
fermentlar ta`sirida kantserogen moddalarga - epoksidlarga aylanishi yoki boshqa
fermentlar ta`sirida epoksidlar parchalanishi mumkin. Irsiy polimorfizm natijasida
tamaki tutunining kantserogen ta`siri har xil shaxslarda farqlanadi.O‘pka rakiga
chalinganlarning 30% da epoksidlar hosil qiluvchi fermentlar o‘ta faolligi
aniqlangan. Bunday shaxslarga chekishni tashlash va politsiklik uglevodlar ko‘p
joylarda ishlamaslik tavsiya etiladi. Ovqat mahsulotlari ham ba`zi o‘ta sezuvchan
odamlarda patologik reaktsiyalarga sabab bo‘ladi. Laktozani singdiraolmaslik
bunday holatlarga tipik misoldir. Bunday shaxslarda sut tarkibidagi laktozani
parchalovchi laktoza fermenti bo‘lmaydi. Natijada ichakda chirituvchi mikroflora
kuchayib, ichak faoliyati buziladi. Sharq xalqlarida laktaza geni mutatsiyalari yuqori
chastotada uchraydi. Yevropaliklarda esa bu mutatsiyalar kam uchraydi.
Organizmda
alkogolning
parchalanishi
alkogoldegidrogenaza
va
aldegiddegidrogenaza
fermentlarining
faolligiga
bog‘liq.
Mongoloidlar
populyatsiyalarining ko‘pchiligida bu fermentlar faolligi sust bo‘ladi. Shuning
uchun bunday shaxslarda kam dozadagi alkogoldan ham zaharlanish alomatlari
kuzatiladi.
Fizik omillar ta`siriga ham har xil shaxslarning chidamliligi har xildir.
Ultrafiolyet nurlarga chidamlilikda har xil individlar va irqlar orasida farqlar
mavjud. Bunga misol qilib kam uchraydigan, autosoma-retsessiv tipda
irsiylanadigan kasallik – pigmentli kserodermani keltirish mumkin. Bu kasallikda
ultrafiolyet nurlar ta`sirida DNK mutatsiyalarini reparatsiyalovchi (tiklovchi)
sistemada buzilish kuzatiladi. Bu kasallikni preklinik va prenatal diagnostika orqali
oldindan aniqqash mumkin.
Og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy va x.) ta`siriga har xil chidamlilikning
ham genetik mexanizmlari aniqlangan.
Biologik omillar ta`siriga reaktsiyalarda ham genetik polimorfizm mavjud. Ba`zi
gemoglobinopatiyalar (o‘roqsimon anemiyalar, talassemiya) hujayrali va
enzimopatiyalarda (G-6-FD yetishmovchiligi) bezgak plazmodiyalari mutant
gomozigot va geterozigot shaxslarda ko‘payaolmaydi, bunday shaxslar malyariya
156
bilan kasallanmaydi. Bunday mutatsiyalar malyariya taqalgan regionlarda yuqori
chastotada tarqalgan (Afrika,Gretsiya,Fillipin).
Multifaktorial
kasalliklarning
hammasi
ekogenetik
kasalliklar
hisoblanadi,chunki bu kasalliklar irsiy moyilli genlar va muhit omillarining o‘zaro
ta`siri natijasida yuzaga keladi.
8.2. Farmakogenetika.
Farmakogenetika meditsina genetikasining bir bo‘limii bo‘lib organizmga dorilar
ta`sirida irsiyatning ahamiyatini o‘rganadi. Har qanday farmokogenetik reaktsiyalar
odam populyatsiyalaridagi genetik polimorfizm tufayli rivojlanadi.
Farmakogenetikaning rivojlanishi ayrim shaxslarda dorilarga tolerantlik
(chidamlilik) yoki o‘ta sezuvchanlikning genetik mexanizmlarini aniqlashga yordam
beradi.
Organizmda dori biotransformatsiyalanadi, ya`ni so‘riladi, tarqaladi,retseptorlar
bilan bog‘lanadi, metabolizmga uchraydi, organizmdan chiqariladi.
Bu farmakogenetik jarayonlar genlar nazoratida fermentlar orqali amalga
oshadi. Dorining taqdiri har bir bosqichda ta`sir ko‘rsatadigan polimorf fermentlar
sistemasiga bog‘liq bo‘lganligi sababli shaxslarning dorilarga reaktsiyalari ham har
xildir.
Dori preparatlarining organizmdan chiqarilishi egizakla usuli yordamida
o‘rganilgan. Ko‘p dorilarning organizmdan chiqarilishi irsiylanish koeffitsienti
1(100%) ga yaqinligi aniqlangan. Klinik-genealogik tekshirishlarda ham shunga
o‘xshash natijalar olingan.
Hozirgi davrda ko‘p mutatsiyalar dorilarga nisbatan patologik reaktsiyalarga
sabab bo‘lishi aniqlandi. Bunga oid bir nechta misollar keltirish mumkin:
1. G-6-FD fermenti yetishmasligi mutatsiyalari malyariyaga qarshi preparatlarning
eritrotsitlar gemolizini keltirib chiqarishiga sabab bo‘ladi.
2. Metgemoglobinreduktaza fermenti yetishmovchiligi mutatsiyalari natijasida
antimalyariya preparatlari qabul qilinganda metgemoglobinemiya, tsianoz
kuzatiladi.
157
3. Glaukoma kasalligining ham irsiy moyilligi aniqlangan, bunday kasalning
qarindoshlari ko‘ziga glyukokortikoidlar eritmasi tomizilganda, ko‘z ichi bosimi
juda kuchli ko‘tarilishi aniqlangan.
Ko‘p dorilarning organizmdan chiqarilishi sekinlashishi ham irsiyatga bog‘liqligi
aniqlangan.
Shunday qilib hozirgi davrda aholiga tibbiy yordamning yaxshilanishi natijasida
ekologik kasalliklar chastotasi kamayishi mumkin. Lekin ilmiy texnika protsyessi
natijasida yangi ekogenetik kasalliklar aniqlanishi mumkin. Profyessional
patologiyalar va dorilar bilan davolash sohasida ham noma`lum bo‘lgan yangi
genetik kasalliklar aniqlanishi mumkin.
8.3. Genogeografiya.
Genogeografiya yoki populyatsion geografiya har xil regionlarda irsiy patologiyaning
tarqalishidagi o‘ziga xosliklarni muhit sharoitlari, etnik, demografik, diniy va boshqa
ko‘rsatkichlarga bog‘lab o‘rganadigan tibbiyot genetikasining bir bo‘limidir. Odam
populyatsiyalarida mavjud bo‘lgan irsiy polimorfizm har xil allellarni tashuvchi
individlarning moslanuvchanligiga sezilarli darajada ta`sir ko‘rsatadi.
Irsiy kasalliklarning uchrash chastotalarini o‘rganish, ya`ni populyatsiyalarda genetik yukni
baholash har xil populyatsiyalarni bir-birlari bilan solishtirish, ayrim populyatsiyalarda
ma`lum mutant genlar (ma`lum kasalliklar) to‘planish sabablarini tahlil qilish, kelajakda
insoniyatning genetik yukining ortishining oldini olishga qaratilgan kompleks
profilaktika choralarini ishlab chiqishga imkon beradi.
Genogeografik ma`lumotlar hali ko‘p joylarda yetarli bo‘lmagani uchun hamma
populyatsiyalarda kasalliklar chastotasini ko‘rsatish ancha qiyin.
Qo‘shni populyatsiyalar va har xil ryespublikalar populyatsiyalaridagi farqlar sababini
tushuntirish uchun genlar dreyfi, ajdodlar effekti gipotezalaridan tashqari
populyatsiyalarning kelib chiqish tarixi, migratsiyalar, metislashish jarayonlari
to‘g‘risidagi tarixiy ma`lumotlardan foydalaniladi.
Genogeografik tadqiqotlar odamlar populyatsiyasiga tabiiy tanlanishning ta`siri to‘g‘risida
har xulosalar chiqarishga imkon beradi. Masalan: talassemiyaning, bezgak kasalligining
malyariya keng tarqalgan regionlarda ko‘p uchrashi geterozigotalar foydasiga tanlash
158
ta`siri natijasi ekanligi aniqlangan. Fenilketonuriyaning tarqalish chastotasini o‘rganishda
ham genogeografik usul keng qo‘llaniladi. Fenilketonuriya tashxisi chaqaloqlarda
qancha erta aniqlansa uni davolash samarasi shuncha yuqori bo‘ladi. SHuning uchun
ham fenilketonuriya chastotasi yuqori (Turkiya, Irlandiya — 1:5000; 1:7000) yoki kam
(Finlyandiya, Shvetsiya, O‘zbekiston — 1:9000; 1:22000) bo‘lgan mamlakatlarda
yoppasiga aholini tekshirish (skrining) dasturlariga qat`iy amal qilinadi (12-jadval).
12-jadval
Har xil mamlakatlarda ommaviy nyeonatal skrining tekshiruvlaridan olingan
ma`lumotlar.
Mamlakatlar
Uchrash nisbati
Irlandiya
Turkiya
Belorussiya
Rossiya
Avstraliya
Angliya
AQSH
O‘zbekiston
Myeksika
YAponiya
1:4560
1:5000
1:5578
1:7000
1:11224
1:14306
1:15059
1:22000
1:45610
1:100000
Shunday tadqiqotlar tug‘ma gipotireoz, galaktozemiya, G-6-FD tanqisligi, mukovistsidoz,
gemoglobinopatiyalar chastotasini o‘rganishda ham o‘tkazilmoqda.
Qon guruhlarining har xil sistemalari chastotasini yuqumli kasalliklar tarqalishiga bog‘lab
o‘rganish har xil populyatsiyalarda qon guruhlari har xil tarqalganligi va yuqumli
kasalliklarning tanlash omili bo‘lishi mumkinligini aniqlashga imkon beradi.
Irsiy kasalliklarning har xil populyatsiyalarda tarqalish sabablari turlichadir.
Kasalliklarning tarqalish sabablari ma`lum lokusdagi genning mutatsiyalanish
chastotasiga, tanlash omillarigagina bog‘liq bo‘lmasdan, davolash samaralarining har
xilligiga ham bog‘liqdir. Masalan: fenilketonuriyaga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va uni
159
davolash populyatsiyada fenilketonuriya geni chastotasining ortib ketishiga sabab
bo‘ladi.
Hozirgacha ko‘p autosoma-retsessiv kasalliklarning populyatsiyalarda tarqalish
chastotalari yaxshi aniqlanmagan.
Bunday ma`lumotlarni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni yoppasiga tekshirish (skrining)
orqali olish mumkin.
Shunga o‘xshash (ammo juda keng o‘rganilmagan) ma`lumotlar galaktozemiya,
gistidinemiya, gomosistinuriya, tirozinoz va leytsinoz kasalliklarida ham aniqlangan. Bu
ma`lumotlar qancha ko‘p shaxslarda tekshirish natijasida olingan bo‘lsa shuncha
ishonchlidir.
8.4. Rivojlanish nuqsonlari.
Rivojlanish nuqsonlarini – teratologiya (teratos yunoncha mayib-majruxlik)
fani o‘rganadi. Bu fan embriologiya, genetika, klinik tibbiyot, farmakologiya,
tsitologiya, patologik anatomiya, patologik fiziologiya, gigiyena va toksikologiya
kabi fanlar yutuqlaridan keng foydalanadi.
Tug‘ma nuqsonlarni tibbiy statistika nuqtai nazaridan o‘rganish, yangi
tug‘ilgan chaqaloqlarning taxminan 1% da (ya`ni har yuzta chaqaloqdan bittasida)
nuqsonlar mavjudligini ko‘rsatadi. Ba`zi guruhlarda nuqsonlar chastotasi 2-3%ga
yetishi aniqlangan. Ma`lum nuqsonlarning turli populyatsiyalarida har xil chastotada
uchrashi aholining genetik strukturasiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Tug‘ma
anomaliyalarni turli yoshdagi bolalarda tekshirish, bu nuqsonlarning hamma vaqt
ham bola tug‘ilishi bilanoq yuzaga chiqavermasligini ko‘rsatadi. Masalan, ko‘rish,
eshitish a`zolari, endokrin va mushak sistemalari anomaliyalari kechroq yuzaga
chiqishi, asab sistemasi kamchiliklari (aqliy zaiflik holatida) maktab yoshida, jinsiy
sistema anomaliyalari esa jinsiy balog‘atga yetishish davridagina yuzaga chiqishi
kuzatiladi.
Embriogenezning kechishi zigotaning genotipida determinatsiyalashgan. Bu
irsiy dastur biror sabablar ta`sirida buzilsa, embriogenez jarayoni ham buziladi.
Agar buzilishlar juda jiddiy bo‘lsa rivojlanish homiladorlikning barvaqt to‘xtashiga
160
olib keladi. Agar buzilishlar homila o‘limiga olib kelmasa, chaqaloq turli nuqsonlar
bilan tug‘ilishi mumkin.
Genetik buzilishlar xromosomalar soni yoki strukturasining o‘zgarishiga yoki
gen mutatsiyasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Homila tushish holatlarining 25%
xromosoma anomaliyalari natijasida kelib chiqishi aniqlangan. Bunday anomaliya
bilan tug‘ilgan chaqaloqlarning yarmi MNS va yurak-tomir sistemalarining og‘ir
nuqsonlari natijasida birinchi kunlardayoq halok bo‘ladi.
Chaqaloqlarning
umumiy
patologiyasining
1%ga
yaqini
xromosoma
anomaliyalari tashkil etadi. Yirik xromosomalar sonining o‘zgarishi homila o‘limiga
sabab bo‘ladi, VII guruh va geteroxromosomalar o‘zgarsa homila rivojlanishi
oxirigacha davom etishi mumkin. Inversiya, duplikatsiya tipidagi xromosoma
aberratsiyalari ko‘pincha homila o‘limiga olib keladi. Genetik mozaitsizmda ayrim
a`zolar va sistemalar anomaliyasi kuzatilib, homila yashab qolishi mumkin.
Gametalardagi genlar mutatsiyasi (odamda 10-15% gametalarda yangi mutatsiyalar
kuzatiladi) letal genlar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Dominant letal genlar
homila o‘limiga va spontan abortlarga sabab bo‘ladi. Bunday mutatsiyalar haqidagi
ma`lumotlar tyegishli boblarda keltirilgan.
Tashqi muhit omillarining ahamiyatiga faqat talidomid falokatidan keyingina
e`tibor berila boshlandi. Hozir fizik omillar (UB nurlar, rentgen nurlari, α, β, va γ
nurlar) majruhlikka sabab bo‘lishi yaqqol aniqlangan.
Bu omillar rivojlanishning bosqichlariga qancha erta ta`sir qilsa buzilishlar
shuncha kuchli bo‘ladi. Shuning uchun homiladorlikning ilk bosqichlarida tashxis
qo‘yish maqsadida rentgen nurlaridan, radioaktiv izotoplardan foydalanish qat`iy
man qilinadi. Agar katta dozalar Teratogen ta`sir qilsa kichik dozalar esa homila
gametalari DNKasiga ta`sir qilib, keyingi avlodlarda yuzaga chiqishi mumkin.
Atom va vodorod bombalarini sinab ko‘rishlar planetaning yirik regionlarida
radioaktiv fonni o‘zgartirib, juda katta xavf tug‘diradi, rivojlanish nuqsonlari bilan
tug‘iladigan bolalar sonini oshirib yuboradi.
Kimyoviy teratogenlarning ro‘yxati tobora ortib bormoqda. 20 –asrning 60-
yillarida Germaniyada chiqarilgan og‘riqni qoldiruvchi dori talidomidning nojo‘ya
161
ta`siri (irsiyatga ta`siri) o‘rganilmasdan aptekalarga sotishga ruxsat berilishi 6
mingga yaqin mayib majruh bolalar tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. O‘smalarga qarshi
ishlatiladigan preparatlar, jinsiy gormonlar, salitsilatlar, barbituratlar ham Teratogen
ta`sirga egadir. Qishloq xo‘jaligida, sanoatda, kundalik turmushda ishlatiladigan
kimyoviy moddalarning ko‘pchiligining Teratogen samarasi yaxshi o‘rganilmagan.
Gerbitsidlarning Teratogen ta`siri Vyetnamdagi urushda amerikaliklar tomonidan
o‘tkazilgan ―eksperimentlarda‖ aniqlangan. Gerbitsidlar va defoliantlar ta`sirida
bo‘lgan ayollardan ko‘proq mayib-majruh chaqaloqlar tug‘ilgan.
Hatto mineral o‘g‘itlar ham Teratogen ta`sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlangan.
Masalan, ortiqcha miqdordagi nitratlar nitrozoaminlarga aylanadi, ular esa juda
kuchli mutagen va kantserogen ta`sir ko‘rsatishi mumkin.
Ovqatning kimyoviy tarkibi ham embriogenezga ta`sir ko‘rsatadi. Masalan, B
va E vitaminlar yetishmasligi homila o‘limiga va anomaliyalariga sabab bo‘ladi.
Kartoshkani noto‘g‘ri saqlash natijasida hosil bo‘ladigan tsitoxolazinlarning ta`siri
to‘g‘risida qiziqarli ma`lumotlar to‘plangan. Bunday kartoshkalarni ist`yemol qilgan
homiladorlardan bosh miyasi anomaliyalari bo‘lgan chaqaloqlar tug‘ilishi
mumkinligi aniqlandi.
Biologik Teratogenlardan biri viruslardir. Homiladorlikning ayniqsa dastlabki 2
oyda qizilcha bilan kasallanish har xil anomaliyalar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Suvchechak, parotit, gepatit viruslarining ham Teratogen ta`siri to‘g‘risida ayrim
ma`lumotlar to‘plangan.
Toksoplazmaning homila ko‘zi va bosh miyasida majruhliklarga olib kelishi,
bezgak parazitining Teratogen roli aniqlangan. Ammo bunday holatlarda parazit
ta`sirini uning zaharli mahsulotlari ta`siridan (kimyoviy Teratogenlar) yoki harorat
ta`siridan (fizik Teratogenlar) ajratish qiyin.
Ko‘pchilik rivojlanish anomaliyalari multifaktorial xarakterga egadir.
Hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ayni bir xil Teratogen bitta
turning har xil genetik tizimlariga turlicha ta`sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham ayni
bitta Teratogen bitta homiladorda bola tushishiga yoki anomaliyali chaqaloq
tug‘ilishiga sabab bo‘lishi, ikkinchisiga esa umuman Teratogen ta`sir ko‘rsatmasligi
162
mumkin. Shuning uchun teratogenlar soni juda ko‘p bo‘lishiga qaramasdan homila
rivojlanishi buzilishlari hamma vaqt ham uchrayvermaydi. YAna shuni ta`kidlash
lozimki, bir xil tipdagi mayib-majruhlik har xil sabablar natijasida kelib chiqishi
mumkin. Bu buzilishlar xromosomalar yoki genlar soni, tuzilishi o‘zgarishi
natijasida hosil bo‘ladigan nuqsonlardan farq qilmaganligi uchun mutatsiyalar
fenokopiyasi hisoblanadi.
Irsiy va muhit omillari ta`siridagi nuqsonlarning o‘xshashlik sabablaridan biri –
har ikkala holatda ham biokimyoviy reaktsiyalar zanjirining aynan bir xil qismlari
zararlanishi oqibatida bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan – biokimyoviy reaktsiyalar
zanjirining har xil xil qismlari buzilishiga qaramasdan bir xil natija bo‘lishi
mumkin. SHuning uchun ham ko‘pchilik holatlarda majruhlik tipiga qarab qaysi
qismda buzilishlar bo‘lganligini aniqlash qiyin.
Anomaliyalar tipi bilan Teratogen ta`sir muxlati orasida bog‘lanish mavjuddir.
Har xil Teratogenlar ma`lum muxlatda ma`lum tipdagi mayib-majruhliklarni keltirib
chiqaradi. Ontogenezning qaltis davrlarining mavjudligi ham shu hodisaga bog‘liq.
Qaltis davrlarda organizmning buzuvchi omillar ta`siriga sezgirligi juda yuqori
bo‘ladi. Butun organizm uchungina emas, hatto har bir a`zolar uchun ham qaltis
davrlar mavjuddir. Bir xil qaltis davrda ta`sir qiluvchi har xil Teratogenlar aynan bir
xil rivojlanish nuqsonlarini keltirib chiqaradi. Ba`zi holatlarida ma`lum Teratogen
(masalan kortizon) embriogenezning har qanday muxlatida ham bir xil nuqsonlarni
(masalan sichqonlarda qattiq tanglay bitmay qolishi) keltirib chiqaradi.
Teratogenlarning ta`sir mexanizmlari haligacha aniq o‘rganilmagan. Teratogenlar
embriogenezda hujayralar proliferatsiyasini, harakatlanishini, differentsiatsiyalanish
jarayonlarini va hujayralar aro o‘zaro ta`sirini buzadi deb taxmin qilinadi.
Tayanch so’zlar va tushunchalar:
Ekogenetika
Farmakogenetika
Ekogenetik kasalliklar
Dorilarga nisbatan reaktsiyalar
Muvozanatlashgan irsiy polimorfizm
Genogeografiya
Tug‘ma rivojlanish nuqsonlari
Populyatsion genetika
Teratologiya
Populyatsiyalarni solishtirish
163
Teratogen omillar
Irsiy kasalliklarni tarqalishi
Teratogenlar.
9. IRSIY KASALLIKLARNI DAVOLASH PRINSIPLARI.
Hozirgi davrda genetika, nazariy va klinik meditsina fanlari rivojlanishi natijasida
ko‘p irsiy kasalliklarni muvaffaqiyatli davolash imkoni tug‘ildi. Boshqa kasalliklar
164
kabi irsiy kasalliklarni davolash ham alomatatik, patogenetik va etiologik prinsiplar
asosida amalga oshiriladi.
Irsiy kasalliklarni davolashda etika va deontologiya prinsiplariga alohida e`tibor
berish lozim,chunki kasallik yoshlikdan davom etadi, surunkali kechadi.
9.1. Simptomatik davolash
Simptomatik davolash asosiy usul bo‘lmasa ham, ishonchli patogenetik davolash
usullari mavjud bo‘lgan hollarda ham hamma irsiy kasalliklarni davolashda
qo‘llaniladi.
Simptomatik davolash usullaridan biri dori preparatlari bilan davolashdir. Buni
mukovistsidozni davolash misolida ko‘rib chiqamiz.
Mukovistsidoz kasalligida Terlash orqali juda ko‘p tuz ajratilganligi uchun
ovqatga osh tuzini ko‘proq qo‘shib beriladi. Oshqozon osti bezi faoliyati
buzilganligi uchun kasallarni oshqozon osti bezi fermentlarini saqlovchi panzinorm,
pankreatin, mezim, kreon, festal kabi preparatlar va o‘t suyuqligini haydovchi
dorilar beriladi. Jigar faoliyati buzilganda essyentsial kabi dori preparatlari bilan
davolash kursi o‘tkaziladi.
Mukovistsidozning eng og‘ir alomatlari nafas sistemasida kuzatiladi. Bronxlar
obstruktsiyasini davolash uchun bronxospazmolitiklar, balg‘am ajralishini
osonlashtiruvchi mukolitik preparatlar beriladi. Mukovistsidoz ayniqsa o‘pkada
infektsion kasalliklar kuzatilishi bilan nomoyon bo‘lganligi uchun intyensiv
antibiotik Terapiya o‘tkaziladi.
Simptomatik davolash uchun fizioterapiya usullari ham keng qo‘llaniladi (iqlimni
o‘zgartirish, balnyeoterapiya, elektroterapiya, Termoterapiya).
Irsiyatga bog‘liq onkologik kasalliklarda jarrohlik muolajalaridan keyin
o‘tkaziladigan ximioterapiya va rentgeno-radioterapiyani ham alomatatik usulga
kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |