Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


xususiyatlari va kimyoviy tarkibi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə13/19
tarix11.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#96284
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Qayta ishlanish

xususiyatlari va kimyoviy tarkibi
Bu turkum birinchi marta 1753 yilda K. Linney tomonidan aniqlanib fanga kiritilgan. Artishok turkumi 11 turni o’z ichiga olib, ular asosan O’rta yer dengizi atrofida va Kanar orolida, Janubiy Amerikada keng tarqalgan. Ayrim turlari G’arbiy Yevropa mamlakatlari va Markaziy Amerikada madaniy holda uchraydi. Cynara L. (Artishok) turkumi qoqio’tdoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub ko’p yillik o’simlikdir, uning 11 turi ma’lum. Shu turlardan biri tikanli artishokdir. Artishokning vatani O’rta yer dengizi mamlakatlari hisoblanib, eramizdan 600 yillar ilgari Misrda foydali o’simlik sifatida keng ishlatilgan. Uning yovvoyi turlari, ayniqsa Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qismida, madaniy holda esa Yevropa va janubiy mamlakatlarda ko’p uchraydi. Tikanli artishok vatanida hozirgi davrda yovvoyi holda uchramaydi. U yerda uning ajdodi-kardon yoki Ispan artishok (C. cardunculus) o’sadi. Ikkala tur ham janubiy Yevropada sabzavot ekini sifatida o’stiriladi. Lekin MDH da juda kam maydonlarda madaniy holda ekiladi. D.J. Mabberleyning ma’lumotiga ko’ra artishokning yer yuzida 10 turi ma’lum, shundan Yevropada 7 turi mavjud. Madaniy holda u dastlab Sisiliya, keyinchalik Gresiya va Italiyada tarqalgan. Eramizdan 77 yil avval rimlik olim Pliniy artishokni yerdagi «bahaybat maxluq» deb atagan. Yil davomida badavlat rimliklar artishokning bargini ko’proq asalga aralashtirib, sirkaga solib yeyishgan. Eramizdan 800 yil avval shimoliy Afrikalik murlar Grenada va Ispaniya yaqinida artishokni yetishtirishni boshlagan. Boshqa qabilalar – arablar, sarasinlar artishok bilan Sisiliyada tanishishgan. Artishok arabcha «Al-karshuv» so’zidan olingan bo’lib, «yertikan» degan ma’noni bildiradi. Artishokni Kaliforniyaga 1600 yilda ispaniyaliklar keltirgan, lekin u keng tarqalmagan. 1922 yilda Andru Molera Kaliforniyadagi Salina 7 vodiysida, San-Fransiskoning janubiy tomonida fermerlarga yer ajratib bergan. Shu vaqtgacha bu yerlarda qand lavlagi yetishtirishgan, lekin artishokni yetishtirish kam xarajatli bo’lgani uchun fermerlar Mollerga uch barobar kam haq to’lashi mumkin bo’lgan. Kaliforniyada o’stiriladigan artishok plantasiyalarining o’rtasida joylashgan Kastrovil shahrida artishokni qayta ishlaydigan zavod qurilgan. Artishok Yunoniston va Sisiliyada juda qadimdan madaniy holda ekib kelinayotgan o’simliklardan biri ekanligi qayd etilgan. Dioskorid, Galen, Ateniylar fikricha, Gresiyada bir qancha grek yozuvchilarining asarlarida artishok ancha qadimdan ma’lum bo’lganligi ko’rsatilgan. Karakaslik katta agronom (Vitalin shahri) artishokni «Сажайтеартишоксшишками,которыйценным будетценным для начинателейь Бахуса, нонепевцев Апполона» deb shoirona ta’riflagan. Artishokni keng holda madaniylashtirish O’rta yer dengizi atrofi mamlakatlaridan Ispaniya orqali Meksikaga (Janubiy Amerika) o’tgan. U ekvatorga yaqin Chili, Peru va Braziliya hamda Argentinaning ba’zi bir rayonlarida odatiy sabzavot ekini sifatida ekib kelingan. So’ngi 100 yillikda AQSH da artishokni madaniylashtirish ustida bir necha urinishlar bo’lgan. Dastlab u Yangi Orleanadan Nyu-Yorkkacha bo’lgan maydonlarda, so’ngra XIX asrda Kaliforniyada ekila boshlangan va uni o’stirish bilan jiddiy shug’ullanish avj oldi. Masalan, 1904 yildan boshlab artishok sanoat xomashyosi sifatida ekilib, maydoni 4,800 gektargacha yetkazilgan. Fransuz olimi Pirre Lebovenerning fikricha, artishok O’rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda tabiiy sharoitda o’sgan. Faqat XV asrdan bu o’simlik madaniy holda ma’lum bo’lganligi, Italiyada 1446 yildan buyon ekib kelinayotganligi, Fransiyaga XVI asrda, Angliyaga esa 1550 yildan keyin tarqalgani haqida u fikr bayon qiladi. Fransuz olimi Ravel esa artishok XV asrda Italiyadan Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqalgan, 1830 yili Rossiyada 8 ekilganligi va o’sha vaqtlar yiliga 32 ming tonnagacha artishok savatchasi yig’ib olinganligi ma’lum, deb. Artishok bundan 2000 yil muqaddam sabzavot o’simliklari orasida eng keng tarqalgan. Italiyada (Rim imperiyasi) 500 yildan buyon artishokni madaniy o’simlik sifatida ekib kelmoqdalar. Artishok haqidagi dastlabki ma’lumot eramizdan avvalgi 100 yillarga to’g’ri keladi. Artishok Rossiyaga 1715 yilda Gollandiyadan keltirilib ekila boshlagan. Lekin u Rossiya iqlimiga moslashmaganligi tufayli keng tarqalmadi. XX asr boshlarida artishok Qora dengiz hududlarida asosan manzarali o’simlik sifatida oz miqdorda ekilgan .Artishok Rossiyaga XVII asrda kelib qolganligini, uni Moskva atrofidagi sabzavotkorlar issiqxonalarda o’stirib hosil olganliklarini, keyinchalik esa Moskvadan Kiyev, Odessa, Nijniy Novgorod, Sank-Peterburg, Rostov, Yaroslavl kabi guberniyalarga ham tarqalganligi qayd etilgan. 1918 yili Peterburg sabzavotkorlari artishokdan yuqori hosil olib, uni sentyabr-oktyabr oylarida bir necha tonnalab sabzavot bozorlariga chiqarib sotilgani bayon qilingan. 1914 yilda Rossiyada artishokning urug’i bo’lmaganligi sababli o’stirish to’xtab qoladi. Uning urug’i Yevropa mamlakatlari ayniqsa, Fransiya, Italiya, Portugaliyadan keltirilar edi. 1942-1944 yillarda Maykopda (Butunittifoq sabzavotchilik tajriba stansiyasida) artishokning urug’chiligi va seleksiyasi bilan shug’ullana boshlandi. Natijada artishokning yangi navi yetishtirildi. Lekin urush davrida bu nav ham yo’qolib ketdi va artishok urug’ini yetishtirish ishlari to’xtab qoldi. Keyinchalik K.A. T Mirzayev nomli Qishloq xo’jalik akademiyasi qoshidagi sabzavotchilik stansiyasida artishok o’stirishni qaytadan tiklash maqsadida, urug’chilik va agrotexnika ishlari amalga oshirila boshlandi. Moskva atrofidagi kolxoz va sovxozlarga ekilib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Subtropik o’simligi hisoblangan artishok uchun Rossiya sharoiti noqulay bo’lganligi sababli uni faqat issiqxonalarda o’stirish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Uning ildizi qishda yerto’lalarda saqlanib, bahor kelishi bilan tashqariga chiqarib ekilgan va vegetativ 9 yo’l bilan ko’paytirilgan. Artishok hozirgi vaqtda mo’tadil subtropik iqlimga ega bo’lgan Kavkazorti davlatlari, Qora dengiz atrofida ko’p yillik o’simlik sifatida o’stirilmoqda. M.A. Ragimovning ta’kidlashicha, artishok Ozarbayjonga birinchi marta manzarali o’simlik sifatida 1914 yilda keltirilgan, 1943 yildan boshlab esa, sabzavot o’simligi sifatida madaniylashtirilgan. 1.2. Artishokning xalq xo’jaligidagi ahamiyati Artishok ko’p yillik o’simlik sifatida ekiladi. Moskva va Leningrad atroflarida issiqxonalarda ko’chatlari oldindan tayyorlangandan keyin bir yillik o’simlik sifatida o’stiriladi. Ochiq yerlarda ko’chatlari aprel oxirlari may boshlarida o’tkaziladi. Artishok savatchalari tarkibida: suv – 86,5%, azotli moddalar – 2,5%, qand - 1%, dekstrinalar - 2%, kletchatka - 1,3%, kul - 1,3% saqlaydi. O’rama bargchalarining qalin qismida qand miqdori 2,2% dan yuqori bo’ladi. Artishok savatchalari tarkibida fermentlardan inulaza va invertaza, uning barglarida esa glyukozidlar saqlanadi. Artishok savatchalarida 9,5 mg % A vitamini, barglarida esa 88,6 mg % C vitamini saqlanadi. Artishok savatchalari tarkibida 2,5-3,0% - oqsil, 7,0- 15,0% - uglevodlar, 3,0-11 mg % C vitamini, 0,4 mg % – karotin, vitaminlardan В1 va В2, mineral tuzlar, kletchatka va inulin saqlanadi. Artishokda biologik faol modda – flavonoidlarga mansub sinarin saqlanadi. Savatchaning tashqi tomondan o’rab turgan o’rama bargchalarida yoqimli ta’m beruvchi efir moylari mavjud. Urug’lari 30% ga yaqin yog’larni saqlaydi. Р.С. Haydarovning ma’lumotiga ko’ra, Samarqand viloyati sharoitida artishokning ho’l vazni tarkibida 3,3% - protein, 1,9% - oqsil, 2,9% - yog’, 12,1% - AEM mavjud. Artishokning yangi barglaridan 1,4-dikofenilxin kislotasi (sinarin) 1,4-di-O-kofenil -D-xin kislotasidan o’simliklarning biologik 10 faolligini oshiruvchi modda ajratib olindi. Artishok bargidan xlorogen, kofein kislotalari va Rx, Rx - xlorogen kislotaga yaqin moddalar borligini aniqladi. Artishok moyli o’simlikdir. Uning moyi maxsus kimyoviy ishlovdan o’tkazilgandan keyin texnika moyi sifatida ishlatilishi mumkin. Bir gektar maydondan yig’ilgan artishok urug’idan 400-500 kg gacha moy olish mumkin. M.A. Рагимов [38, 39] ning fikriga ko’ra, artishokning 100 kg ho’l vazni o’z tarkibida: 10,7% - uglevodlar, 12% - azotli modda, 2,5% - yog’, A va C vitaminlari, 1 kg dan ziyod hazm qilinadigan protein saqlaydi. Artishokdan alohida holatda 2 ta xlorogen kislotasining izomerini ajratishga muvaffaq bo’ldi va 5-kofeilxinn 5-o-kofeil – D – xinn kislota (neoxlorogen kislotasi) hamda 4- kofeilxininn kislotalari 4-o-kofeil- D –xinn kislotalarini aniqladi. Н.Г. Василенкоning ma’lumotlariga ko’ra, artishokda karotin 0,4 mg%, vitaminlardan - B1– 0,15, B12-0,05, C - 11 mg% miqdorda bo’ladi. Artishokning 100 g yashil massasida 2 g oqsil, 0,1 g moy, 7,5 g uglevodlar, 87,8 g suv bo’ladi. Bundan tashqari, artishok tarkibida inulin saqlaydi. Inulin organizmda tez o’zlashtiriladi. U qandli diabet kasalliklari uchun foydalidir. U jigar kasalliklari uchun ham tavsiya qilinadi. Artishok chorva mollari uchun to’yimli ozuqa bo’lishidan tashqari tarkibida har – xil organik moddalar saqlashi bilan ham diqqatga sazovor o’simlikdir. Uning tarkibida 12% - saxaroza, 1,92% - inulin, 2,12% - oqsil va aminokislotalar, 0,1% - moy bor. Artishokning urug’ hosili juda past, savatchadagi gullarning atigi yarmidan urug’lar hosil bo’lgan . Artishokning iste’mol qilinadigan qismi: 79,59% - suv, 2,12% - azotli moddalar, 0,08% - moy, 0,7% - qand, 12,05% - saxaroza, 1,92% - inulin, 0,74% - kletchatka, 1,51% - kul moddasi saqlaydi. A.Г. Xaнларова, M.A. Рагимовning kuzatishlari bo’yicha, artishokning bir tupida 6 g dan 50 g gacha urug’ yetiladi. Bir gektar ekinzorda 40 000 tup artishok o’ssa, shu maydondan 0,25 dan 2,0 tonnagacha urug’ olish, ya’ni uni moy hisobiga o’tkazilsa, 0,061 dan 0,5 tonnagacha moy olish mumkin. 11 Artishokning barglari tarkibida fenolkarbon kislotasi saqlanadi. Undan olingan preparatlar jigar, buyrak va ateroskleroz kasalliklarining oldini olish va davolashda qo’llanilmoqda. Artishok sabzavot ekini hisoblanib, uning yo’g’onlashgan gulo’rni ovqat sifatida ishlatiladi. Uning tangachasimon o’rama barglari etlik, mazali va turli vitaminlarga boy bo’lganligi sababli pishirilib yoki xomligicha iste’mol qilinadi. Angliya, Fransiya, Ispaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida uning yangi o’sib chiqqan yosh barglari ovqatga ta’m beruvchi ziravor sifatida ishlatiladi. Shuningdek, artishokning gul nektari asalarilar uchun to’yimli ozuqadir. Н.Г. ВасиленкоП.Ф. Медведов, A.И. Сметанниковаlarning ko’rsatishicha, artishok yunon va rimliklarda qadimdan ma’lum bo’lgan hamda uni insonlar sog’ligini tiklaydigan, ishchanlik qobiliyatini oshiradigan oziq-ovqat o’simligi sifatida juda ham qadrlashgan. И.A. Дамиров va boshqalarning fikricha, o’simlikning yosh savatchalari, shiralari, gullari, barglari, ildizlari va uning boshqa qismlaridan olingan suyuqliklar buyrak, qorin va ichak surunkali kasalliklari, xususan, ich qotishi, jigar patologiyalarida (sariq kasalligi, xolesistit va boshq.) siydik haydovchi vosita sifatida ishlatilgan. Uning shirasini asal bilan aralashtirilib, stomatit, bolalarning til oqarish, yorilish kasalliklarini davolashda foydalanganlar. Artishok 100 yillardan beri jigar va o’t pufagidagi toshlar, anemiya, ateroskleroz, qandli diabet, buyrak, ilon zahariga qarshi davolashda ishlatiladi. Uning tarkibida fitokimyoviy moddalardan sinarin, sinaropikrin uchraydi. Artishokning kimyoviy tarkibi yaxshi o’rganilgan bo’lib, tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Barglarida kafeolxinin kislota, sinarin va leoteonin moddalarini saqlaydi. Uning barglaridan tayyorlangan ekstrakti jigardagi o’t suyuqligi normal ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. U organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytiradi. 12 Ю. Нуриллаевning ko’rsatishicha, oziqa sifatida artishokning ochilmagan savatchalari, ba’zan yosh novda va barglari ishlatiladi. Uning savatchalari ho’l paytida pishmagan yunon yong’og’i ta’mini eslatadi. M.A. Рагимов ta’kidlashicha, artishok hosildor yem-xashak o’simligi bo’lib, uni chorva mollari ishtaha bilan yeydi, urug’lari bilan parrandalar boqiladi. Artishokning chorvachilikda yem-xashak sifatidagi ahamiyatini o’rganish 1937 yilda Ozarbayjonda boshlangan. U ko’p yillik o’simlik bo’lganidan o’rib olingandan keyin o’zi tezda yana o’sib chiqaveradi va shu sababli artishok ekilgan yaylov ko’p yillar davomida o’z mahsuldorligini saqlab qoladi. Artishokning ho’l vazni sersuv, shirador bo’lib, undan silos, senaj va quruq yem - xashak, pichan tayyorlash mumkin. A.Н. Ипатиевning [24] ning fikriga ko’ra, artishok Janubiy Yevropada yovvoyi holda va Fransiya, Italiyaning ko’pgina yerlarida madaniy holda o’stiriladi. Artishokning hozir bir qancha navlari bo’lib, bular: Белый ланский, Зеленый провансалский, Большой коротконосый британский, Настоящий, Фиолетовый ранний, Британский медный, Серый (фиолетовый, длинный), Черный английский, Продолговатый, Гентский, Фиолетовый провансалный, Фиолетовый приплюснутый сорокадневный, Фиолетовый Ло, Фиолетовый тосканский, Фиолетовый венецианский, Майкоп-41 kabi navlardir. Р.С. Ҳайдаровning ma’lumotlariga ko’ra, artishokning o’q ildizi birinchi yilda 2,0 - 2,5 m, 2-3- chi yilda esa 2,5- 3,0 m chuqurlikkacha kirib boradi. Artishok urug’ini ekishdan oldin (kuzda) yer organik va mineral o’g’itlar bilan o’g’itlanib, 25-30 sm chuqurlikda shudgor qilinishi lozim. Artishok o’g’itga ancha talabchan o’simlikdir. Bir gektar maydonga 18-20 t mahalliy o’g’it, 120-130 kg azotli o’g’it, 100-120 kg fosforli o’g’it va 80-100 kg kaliyli o’g’it solinsa, yaxshi natija beradi. Artishok urug’i qatorlab 50x50 yoki60x45 sxemada ekilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Н.Г. Василенкоning ma’lumotlariga ko’ra, artishokning yosh barglari va novdalari so’ruvchi qorabit paraziti (akasiya biti) bilan zararlanadi. Uni nikotin- 13 sulfatning 0,1% li eritmasi, anabazin - sulfatning 0,1% li eritmasi yoki NIUIF-100 ning 0,05% li eritmasi yordamida yo’qotiladi. Havoning issiq kunlarida yosh novdalariga katta zarar yetkazadi. Yevropa mamlakatlariga artishok ekini XV-XVI asrlarda Italiyadan tarqalgan. U urug’i orqali, qalamcha, payvand yo’li bilan ham yaxshi ko’payadi.Tikanli artishok dunyo xalqlari oziq-ovqatlari orasida faol iste’mol qilinsa-da, yurtimiz aholisi iste’molida kam uchraydi. Artishokning vatani O‘rtayer dengizi hududlari bo‘lib, Qadimgi Rim oshxonasida keng ishlatilgan. U qadimgi Misr xalqi uchun asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblangan. Yevropada artishokni ko‘kat sifatida yetishtirish nisbatan kech, XV-XVI asrlarda boshlangan. Bugungi kunda bu mahsulot besh qit’aning ko‘plab mamlakatlarida yetishtiriladi.
Dunyodagi artishok maydoni taxminan 2 mln gektarni tashkil etadi va umumiy ishlab chiqarish 7 million tonnani tashkil qiladi. Ushbu madaniyat egallagan eng katta hududlar Osiyo, Afrikada, Yevropada. Eng yirik artishok ishlab chiqaruvchilari Xitoy, Hindiston, Misr, Italiya, Ispaniya, Braziliya va Gretsiyadir. O‘rtayer dengizi havzasida artishokning 10 turi mavjud. Artishok taxminan 5 ming yildan beri turli maqsadlarda yetishtirilib kelinmoqda. Artishok Rossiyada dastlab farmatsevtika va dekorativ maqsadlarda yetishtirilgan, ammo keyinchalik bog‘bonlar uni boy yer egalariga taom sifatida sotish orqali ko‘proq daromad topa boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Pyotrning kechki ovqatida, albatta, artishok bo‘lgan ekan. Sababi, u buyrak kasalligiga chalingan bo‘lib, artishok buyrak xastaliklariga davo bo‘lishi o‘sha paytlardayoq odamlarga ma’lum bo‘lgan.
Artishok tarkibida oqsillar, uglevodlar, vitamin C, karotin, vitamin B1 B2, inulin tarkibida kaliy, rux, selen, mis, marganets, natriy, magniy, fosfor, kaltsiy va temir, taninlar, shuningdek, organik kislotalar mavjud. Qolaversa, uning tarkibida uglevodlar ko‘p uchraydi.
Artishok diabet bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Dorivor o‘simlik sifatida ateroskleroz rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi vosita hisoblanadi. Artishok ekstrakti qonni tozalash xususiyatiga ega, yog‘lar va xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Artishok jigar va buyraklarni toksinlar ta’siridan yaxshi himoya qiladi, metabolizmni yaxshilaydi, tanani turli toksik moddalardan tozalashga yordam beradi. Ayollarda homiladorlik davrida jigarni himoya qilish uchun qo‘llaniladi. Artishok xoletsistit, jigar kasalligi, surunkali gepatit, jigar sirrozining dastlabki bosqichi, buyrak yetishmovchiligi kasalliklari uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, ko‘ngil aynishi, oshqozondagi og‘irlik, jigar va buyrak kasalliklarida keng qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, artishok ishtahani yaxshilash, shish bilan kurashish, gepatit, ba’zi yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun ham ishlatiladi. Artishok qon zardobidagi xolesterin darajasini pasaytiradi, safro hosil bo‘lishini va safro chiqishini rag'batlantiradi, gepoprotektiv va antioksidant ta’sirga ega. Yangi uzilgan artishok pulpasi juda yoqimli ta’mga ega va parhezbop mahsulot hisoblanadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin