Harakatni bo’laklarga ajratish bilan o’rgatish va o’qitishni individuallashtirish printsipi - kichik maktab yoshdagilarga qo’llanganda ayrim harakatlarni ajratib olish va uni aniq bajarishi qiyinroq kechadi. Ular tez charchaydilar va tez tiklana oladilar. Ayniqsa bir xil harakatlar tez charchashni tezlashtiradi. Bulardan tashqari tananing ayrim muskullarini ma’lum muddatga ushlab turish, statik holatdagi mashqlari tez toldiradi va shuningg uchun bunday mashqlarni qo’llashdan qochish lozim.
Birinchi sinfdan boshlaboq o’quvchilardan ayrim mashqlarni bajarish uchun bor imkoniyatlarni sarflashni talab qilish kerak bo’ladi. Chunki ularning jismoniy tayyorgarligi va nerv faoliyatinining tipologik xususiyatlariga katta e’tiborni talab qiladi.
Sistemalik printsipi harakatga o’rgatishda rejalashtirilgan materialni qator mashg’ulotlarda ko’proq qaytarishni talab qiladi.
Mavzu o’zlashtirilgandagina boshqa vazifaga o’tiladi.
Kichik, o’rta va katta yoshdagilarni bir yoki bir necha darsni, trenirovkani o’tkazib yuborishi, qatnashmasligi, o’zlashtirish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi va ta’lim jarayoninin cho’zilishiga olib keladi.
Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish printsipi bolani harakatga o’rgatishda asta-sekinlik bilan bajarilayotgan mashqni qiyinlashtirish, me’yoriga nisbatan lozim bo’lgan talablarni qo’yish, nerv - muskul jarayonida koordinatsion o’zgarishlar sodir bo’lishi bilan bog’liq qoidalarga rioya qilishni taqazo etadi. I-III sinflarda qo’llanadigan harakat turlarini tez-tez o’zgartirish maqsadga muvofiqdir. Biror mashqni bajarayotganda zo’riqqan muskul navbatdagi muskulga nisbatan dam berishi kuzatiladi. Muskullarni 5-8 sek. oshik zo’riqqan holda ushlab turish bu yoshdagilarda tavsiya etilmaydi. "Urinish" oldidan ko’p kuttirish mumkin emas. Navbat kutishda harakatlar tik turishdan iborat bo’lmay boshqa muskul guruhlari uchun zo’riqish beradigan harakatlar bilan almashinishi, qorin, ko’krak, bel muskullarini yaxshi rivojlantirib, normal nafas olish malakasini shakllantirishimiz lozim.
O’smirlarda mashq metodlarini qo’llar ekanmiz daqqatni gavdani to’g’ri tuta bilish, ratsional ritmda nafas olish, ayniqsa yurish va yugurish mashqlarida qaratishimiz zarur. V-IX sinfdagilar ko’rganini ilib olish sifatiga ega bo’ladilar. Ular xar bir harakatini tez o’rganadilar. Ularda engil atletika mashqlariga qiziqish kattadir. Mashqlarni bajarishda o’sha mashq uchun keragicha kuch sarf qilish yoki mashqdan so’ng o’sha mashqni bajargan muskulni bo’shashtirishni bilishga o’rgatish, chiroyli, yuqori darajali kuch sarflashdagidek harakatlar qilishga o’rgatish kerak bo’ladi.
Yuqori sinfdagi bolalarda jismoniy mashqlarni ko’prok kuch talab qiluvchilarini, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarni rivojlanishiga olib keladiganlarini berish tavsiya qilinadi Harakatga o’rgatishning etaplari.Jismoniy tarbiya darsida jismoniy mashqlarga o’rgatish jarayoni harakatga o’rgatishning asosini tashkil qiladi. Rasm, ashula darslarda bolalar diqqati juda aktiv bo’ladi. Jismoniy tarbiya darsida esa shuni teskarisi. Jismony tarbiya darslarida ham mashqlarni o’zlashtirish paytida ularni diqqatini yuqorida qayd qilingan darslardagidek bo’lishiga erishish kerak.