O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


u  tovushi  ruka, noga, voda



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
125398 (1)


tovushi 
ruka, noga, voda
kabi so`zlarda berilgan ma’noni o`zgartirish uchun xizmat qiladi. 
Ma’lum belgiga qo`shilib, uning ma’nosini o`zgartiradigan, bir belgidan ikkinchi belgini hosil 
qiladigan tovush sostavi ham, o`z navbatida, belgi, shakliy ma'noga ega bo`lgan belgi sanaladi. 
F.F.Fortunatov so`zning grammatik shaklini beld gilashda so`zlarni asosiy (moddiy) ma’noli va 
shakliy ma’noli qismlarga ajratadi. Alohida so`zning shakli deganda so`zlovchi ongida alohida 
so`zning o`zidan asosiy va formal qismni ajrata olish imkoniyati tushuniladi. So`zning boshqa 
shakllarida ham takrorlanadigan, barcha shakllar uchun umumiy qism sanaladi. Asosiy qismning 
shakl tomonini o`zgartirish uchun xizmat qiladigan so`zning qismi esa shakliy qism hisoblanadi. 
Shunday qilib, F.F.Fortunatov fikriga ko`ra, so`zning grammatik shakli uning tuzilish qismlarga 
bo`linish imkoniyatidir. So`zning tuzilish qismlari asosiy, ya’ni o`zak va shakliy, ya'ni shakl 
yasovchi affikslardan iborat bo`ladi. So`z birdan ortiq shaklga ega bo`lishi ham mumkin. 
Shuning uchun ham ularni farqlash uchun F.Fortunatov so`z o`zgarish shakli va so`z yasalish 
shakli tushunchalarini kiritadi. So`zlar shakliy belgisiga ko`ra so`z o`zgarish shakliga ega 
bo`lgan, bunday shaklga ega bo`lmagan so`zlarga ajratiladi. So`z o`zgarish shakliga ega 
bo`lmagan so`zlar so`z yasalish shakliga ega bo`lgan va hech qanday shaklga ega bo`lmagan, 
shaklsiz so`zlarga bo`linadi. F.F.Fortunatov so`z o`zgarish paradigmasida nol shaklni ham 
ajratadi. Natijada so`z shaklini moddiy va shakliy qismlar birligi sifatida tushunishga imkoniyat 
yaratdi. Dom so`zini uning boshqa shakllariga 
(dom-a, dom-u)
qiyoslaganda, moddiy qism nol 
shaklga ega ekanligi ma'lum bo`ladi.
4. Grammatik shaklga sof shakliy tomondan yondashishga A.A.Potebnya chek qo`ydi. 
Ma’lum grammatik shakl alohida tovush bilan ifodalanishi shartmi? degan savolga u ma’lum 
so`zdan boshqa so`z yasalganda yasalma tarkibida doimo tovush tomonda o`zgarish ro`y 
beradimi? deb savolga savol bilan javob beradi. Boshqacha aytganda, so`zdagi ma’lum tovushni 
o`zgartirish bilan uning shaklida o`zgarish ro`y beradimi? Uning fikricha, so`zning tovush 
qiyofasini o`zgartirish doimo grammatik ma’nosini o`zgartira bermaydi. Aksincha, ba’zi 
vaqtlarda so`zning grammatik shakli tovush tomonidan farqlanmasligi mumkin: 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin