tomonidir.
5. V.I.Degteryov ta’kidlaganidek, so`zning mohiyatli tomoni uning moddiy - tovush
kompleksiga, struktur - grammatik bo`linishiga tayanadigan leksik - grammatik mazmuni
hisoblanadi. Mazmun shakllangan bo`ladi. So`zning moddiy - tovush tuzilishi va morfemik
bo`linishi so`z va uning grammatik shaklining moddiy tayanchi, yashash usulini tashkil qiladi.
Shakl - mazmunning ichki shakllanishi, uning qismlarining bo`linishi, o`zaro aloqasi va o`zaro
harakatidir.
6. Dialektik falsafaga muvofiq, shakl deganda, mazmunning
tashqi ifodalanish usuli,
mazmun elementlari aloqalarining nisbatan barqaror muayyanligi va ularning o`zaro ta'siri,
mazmunning tipi va strukturasi tushuniladi. Ko`rinadiki, mazmunning tashqi ifodalanishi usuli
shaklning faqat bir tomoni sanaladi. Obyektning shakl va mazmunga bo`linishining o`zi faqat
ularning chambarchas birligi doirasida mavjuddir. Ularning birligi esa faqat ichki uzviy bo`linish
sifatida mavjuddir. Shakl bilan mazmun har bir konkret obyektda bir-biridan ajralmasdir. Shakl
mazmun ustiga qo`yilgan qandaydir tashqi po`stloq emas.
7. Shakl ichki va tashqi birlikdan iborat. Mazmun elementlarining bog`lanish usuli sifatida
shakl ichki bir hodisa sanaladi. U obyektning strukturasini tashkil etadi va mazmunning bamisoli
bir momenti bo`lib qoladi. Muayyan mazmunning boshqa narsalar mazmuni bilan bog`lanish
usuli sifatida shakl tashqi bir narsadir. Shakl bilan mazmun o`rtasidagi qarama-qarshilikni qarab
chihayotganda shuni nazardan qochirmaslik kerakki, mazmun shaklsiz bo`lmaydi. Shakl esa ayni
vaqtda mazmunning uzvda ham mavjuddir va unga nisbatan tashqi bir narsadan iborat.
8. I. Degteryov to`g`ri ta’kidlaganidek, grammatik shaklni faqat ma’noning ifoda vositasi
sifatida tushunib bo`lmaydi. U so`z grammatik ma’nosining tuzilishida, mazmun momentida
ham o`z ifodasini topadi. Ma'no tuzilishi sifatvda grammatik shakl so`zning leksik ma’nosi bilan
undan abstraktlantirilgan va mustaqil ravishda hamkorlik qiladi. Xususan, o`zgarmas so`zlar ham
muayyan grammatik shaklga ega. Masalan, ravish shakli orqali, ravishlik belgisining ketegorial
ma’nosiga ko`ra belgilanadi. Ot shaklnig rammatik ma’noni ifodalovchi moddiy vositalargina
emas, balki grammatik ma’noning ichki tuzilishi sifatida ham tushunish tilda shaklsiz so`zlar
ham bo`lishi mumkin degan fikrni to`la rad qiladi. Ma’noni shaklsiz, i shaklni esa ma’nosiz
tasavvur etish mumkin emas. O`z navbatida shaklsiz, grammatik shakllanmagan, grammatik
tuzilishga ega bo`lmagan tilning bo`lishi mumkin emas. Shu nuqtai tazardan amorf tillarning
ajratilishi shaklni bir yoqlama tushunishning mahsulidir. So`zning grammatik shakli uning
morfem tuzilishiga, paradigmasiga va sintagmatik munosabatiga tayanadi. Shunday qilib, hozirgi
tilshunoslikda grammatik shaklga ikki xil yondashuv amal qilmoqda. Birinchisi grammatik
shaklni muayyan grammatik ma’noni ma'lum moddiy vositalar yordamida ifodalanishi, so`zning
grammatik shakllangan moddiy - tovush turi sifatida talqin etadi. Ikkinchisi esa shaklni
grammatik ma'noning ichki tuzilishi sifatida tushunadi. Garchi grammatik shaklga bunday ikki
xil qarash bir-biriga ziddek ko`rinsa ham, aslida bir-birini inkor qilmaydi. Grammatik birlikni
ikki tomondan tavsiflaydi: biri ma’no plani asosida, ikkinchisi esa ifoda plani asosida izohlaydi.
8. I.Degtaryov grammatik shaklning bu ikki turi uchun ikki xil atamani - mazmun shakli
(MSh) va ifoda shakli (ISh) atamalarini tavsiya etadi.
9. So`z grammatik ma’nosining tuzilishi ichki tuzilish usuli
sifatidagi shakl mazmuniy
shakl (MSh), so`z grammatik ma’nosining moddiy morfologik tuzilishi sifatidagi shakl ifoda
shakli (ISh) hisoblanadi.
V.I.Degteryovning fikricha, MSh va ISh so`z grammatik tuzilishining o`zaro
muvofiqdashgan ichki va tashqi tomonlaridir. Ikki xil shakl tushunchasi tilning ikki tomonlama
mohiyatiga muvofiq keladi. MSh va ISh dialektik birlikda va hamkorlikda so`z grammatik
shaklini hosil qiladi. Shunday qilib, grammatik shaklga bunday yondashuvda, so`z grammatik
ma’nosining tuzilishi, ichki bo`linishi va aloqasi MSh ni tashkil etadi. So`zning moddiy - tovush
tomondan morfologik bo`linishi IShni hosil qiladi. Bu ikki shakl birlikda so`zning grammatik
shaklini hosil qiladi. MI ISh ga tayanadi va unda voqelanadi. MSh so`zning morfemik
bo`linishini,
struktur shakllanishi, paradigmatik qatori bilan hamda so`zlarning sintagmatik
munosabati orqali o`z ifodasini topadi. Grammatik shakl talqinining har ikki yo`nalishini
umumlashtirganda, grammatik ma'no ifodalanishining quyidagi usullarni ko`rsatish mumkin:
alohida morfemalar, yordamchi so`zlar, ohang, so`zning morfemik bo`linishi, struktur
shakllanishi, paradigmatik qatori va sintagmatik munosabati. Yuqorida ta'kidlaganidek,
grammatik shakl grammatik ma’no bilan dialektik bog`liqdir. Shuning uchun ham grammatik
shakl va grammatik ma’no o`rtasidagi munosabatlar tilshunoslar diqqatini o`ziga tortib keladi.
Praga lingvistik maktabi vakillari Karsevskiy va Skalichkalar shakl va mazmun o`rtasida mavjud
bo`lgan nomutanosiblikni ochib berishga harakat qildilar.
10. Amerika tilshunosi Xokket ham grammatik shakl va grammatik ma’no munosabatiga
e’tibor berar ekan, ular o`rtasida ko`pincha nomuvofiqlik mavjudligini e’tirof etadi. Shuning
uchun bo`sh element (morf) atamasini kiritdi. Mazmunsiz, biron-bir vazifa bajarmaydigan ifoda
plani birligini bo`sh morf deydi. Bo`sh morf tushunchasiga zid ravishda nol birlik (morfema)
tushunchasi paydo bo`ldi. Bo`sh morf bilan nol birlik bir-biriga zidlanuvchi va bir-birini taqozo
qiluvchi birliklardir. Bo`sh element (morf) - bu ifodalanmishdan mahrum bo`lgan belgi; Nol
birlik esa ifodalovchisi bo`lmagan ifodalanmish. har ikki holda assimetrik, bir yoqlama belgi
haqida fikr yuritiladi.
11. N.D.Arutyunova ta’kidlaganidek, belga belgiligini yo`qotmasdan
turib bir yoqlama
bo`lishi mumkin emas. Nol elementlarning xususiyati ifoda shaklining yo`qligida emas, balki
uning o`ziga xosligidadir. Shuning uchun nol element ham va uning ziddi bo`lgan bo`sh element
ham bir yoqlama belgi sifatida qaralishi mumkin emas. Shuning uchun ham bunday qollarda
ayrim mualliflar ma'noli ifodalanmaslik (znachimogo otsutstviya) atamasini tavsiya etadi.
12. A.V.Isachenko ma’lum grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan tashqi
lisoniy vositalarni kategorial ko`rsatkichlar hisoblaydi. Uning fikricha, kategorial ko`rsatkichlar
o`z tabiatiga ko`ra belgi hisoblanadi. Kategorial ko`rsatkich har qanday belgi kabi ikki tarkibiy
qismdan tashkil topadi: tashqi moddiy vosita - ifodalovchi (designator) va ifodalanmish
(designat). Faqat har ikki qismning bir vaqtda ishtirokidagina belgini belgi qiladi. Uning fikricha,
ifodalovchi bilan ifodalanmish aloqasi tarixan tarkib topgan. Bu aloqa ushbu semantiq sistema
bilan foydalanuvchi barcha jamoa a’zolari uchun majburiydir. "Omonimlik" kategorial ko`rsat-
kichlarning mavjudligi buning guvohidir. Rus tilidagi
Dostları ilə paylaş: