O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


MUQIMIY TILIGA RUS TILINING TA`SIRI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61
O`zbekiston respublikasi

MUQIMIY TILIGA RUS TILINING TA`SIRI 
Muqimiyning satirik asarlarida 32 ta ot turkumiga, 2 ta sifat, bittadan 
ravish, yuklama va fe`l turkumiga oid qo`llangan. 
Bunda ot turkumiga oid so`zning ko`proq bo`lishi bir tildagi ikkinchi tilga 
predmet bilan birga kirib kelgan so`zlarning o`zlashishini ko`rsatadi. 
Muqimiy asarlari tiliga rus so`zlari asosan og`zaki nutq orqali kirib kelgan. 
CHunki rus tili va rus tili orqali kirgan so`zlar shu davrda qanday talaffuz qilingan 
bo`lsa, shundayligicha olingan. Masalan, o`rus, kantur, zavut, kupes, chut(schyot), 
uez, poliska (politsiya), purjina, klaska, pristun, kalush, meshin, piyon (p’yaniy) 
doxtur, vogun, bo`lis, ishtiron, zakun, zakalat (zaklad), dabirnas. 
Rus tilidan qabul qilingan ba`zi so`zlar ma`nosi kengaytirilgan. Masalan, 
vagun so`zi poezd ma`nosida qo`llangan:
Sur`at ilak xayr ulusdin etib
Borlig`i ham xayriyat uldi vog`un.
Samovar so`zi choyxona ma`nosida qo`llangan: 
Takyalab charlar, samovaru oqar suv xush havo.
Muncha ham serob ekan, obod olding oxunim. 
Muqimiy rus tilidan kirgan ayrim so`zlarda o`zbekcha so`z yasovchi 
affikslar qo`shib yangi so`zlar hosil qilgan: 
Moshinachiga berub, tiktirmaganda barvaqt
Sovuq havo, Muqimiy ojiz, yamon, afandim. 
SHunday so`zlarga tiligrafchi, purjinali kabi so`zlarni ham keltirish mumkin. 
Ruscha so`zlardan shaxs nutqini individuallashtirish maqsadida ham 


129 
foydalangan. Bunday maqsadda seychas, durrak, pajalista, poshol, piyonista kabi 
so`zlarni qo`llagan. 
Topib mardiktrini-seychas yuring
Pojalista- der edi-emdi turing. 
Muqimiy tomonidan qo`llangan ruscha so`zlarning ayrimlari hozirgi 
tilimizda adabiy til normasiga aylangan bo`lsa, ayrimlari kabul qilingan emas. 
FURQATNING O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDAGI ROLI 
Furqat O`rta Osiyoning Rossiyaga qo`shilishi natijasida tug`ilgan yangi 
tarixiy ijtimoiy ongning progressiv xarakterini adabiyotda targ`ib qilgan ijodkorlardan 
va o`zbek adabiy tili taraqqiyotiga munosib hissa qo`shgan ma`rifatparvarlardan 
biridir. 
Furqatning o`zbek adabiy tili taraqqiyotidagi ahamiyati shundaki, u 
demokratik shoir sifatida badiiy adabiy til uslubni so`zlashuv nutqiga 
yaqinlashtirishga harakat qildi. 
Furqat asarlari orqali adabiy tilga neologizmlarni olib kirdi. U adabiy tilni 
yangi leksikaning semantik tushunchalari va iboralar bilan boyitishga intiladi. Badiiy 
adabiyot tilida fan va texnikaning taraqqiyoti, shuningdek ijtimoiy-munosabatlarning 
o`zgarishi bilan uzviy bog`liq bo`lgan yangi tushunchalarni ifoda qiluvchi so`zlarni 
qo`llaydi. Uning poeziyasi tilida leksik neologazmlar: gazeta, doktor, zavud, zakon, 
lampa, moshina, sallot, telegrom, par (juft), perevot kabi so`zlarni qo`llaydi. 
Umumxalq tili materiali zaminida vujudga kelgan semantik neologazmlar 
kabi, Furqat tilida ancha mahsuldordir. SHoir o`z davridagi yangi tushunchalarni to`liq 
ifodalash maqsadida umumxalq tilida oldindan iste`mol qilinib kelgan so`zlarni 
tanlaydi va shu so`zlar asosida original semantik neologazmlarni yaratdi. Bunday 
semantik neologazmlar shoir tilida konkret bir tushunchani anglatib, o`zining 
dastlabki nominal ma`nosini ancha o`zgartiradi. Masalan, avom so`zi barcha 
lug`atlarda izohlanishiga, oddiy xalq ma`nosini bildiradi. Furqat tilida esa bu so`z 
yangi semantik xususiyatga ega bo`lib, johil ma`nosini anglatadi. 


130 
Furqat poeziyasida «oddiy xalq» tushunchasidan tashqari ilm-fan ahlidagi 
yuz o`giruvchi aristokratiya tabaqasi atrofidagi bir guruh yaramas unsurlar ham 
ifodalanadi. 
Esizkim, bizning o`tmush xonu beglar 
Kechib shiratda zoyi subhi shomi:
Keturmay yonig`a bir ahli donish, 
O`ziga xos etib necha avomi. (Gimnaziya). 
SHu kabi barq, doru so`zlarini va «ishorat aylamoq» birikmasida ham 
shunday hol ko`rinadi. Barq so`zining lug`aviy ma`nosi chaqmoq bo`lib, muallif uni 
elektr toki ma`nosida qo`llaydi. Doru so`zini esa elektr tokini yuzaga keltiruvchi 
yonilg`i yoki shunga o`xshash zaruriy vosita ma`nosida qo`llaydi. Ma`lumki, doru 
so`zi kishi organizmini sog`lom qiluvchi ximik moddani bildiradi. Fonus so`zi aslida 
arabcha bo`lib, qo`l fonarini anglatgan. Furqat esa uni elektr lampochkasi ma`nosida 
qo`llagan: 
CHunonchi ikki fonus axli hikmat,
YAsabturlar qilib izhor san`at. 
YOnar befilta, begugurt, be yog` 
Anga bir sim ishorat aylagay chog`. 
(Toshkent shahridagi vistavka xususida). 
SHu davr so`zlashuv tilida esa fonus so`zi umuman chiroq ma`nosida 
qo`llangan. 
Bulardan tashqari, Furqat poeziyasida individual-stilistik ya`ni avtor 
tomonidan yaratilgan, adabiy tilda ham, so`zlashuv tilida ham uchramaydigan yoxud 
siyrak uchraydigan neologizmlar bor. 
Masalan: maqom (odat), mardumdorliq (odamgarchilik), chortan 
(turtovlan), jangu hangoma, (munozara), araq chekmoq (terlamoq), sihatlikka 
etishmoq (sog`aymoq) va boshqalar. 


131 
Furqatning o`zbek adabiy tili, xususan, badiiy adabiyot tili taraqkiyotida 
tutgan o`rni yana uning rus xalqi madaniyati, ayniqsa, rus tiliga bo`lgan munosabati 
bilan ham belgilanadi. Furqat rus tilining chuqur hayotiy mohiyatini to`la tushungach, 
o`z xalqini xam bu tilni o`rganishga da`vat qildi. SHu jihatdan, «Turkiston 
viloyatining gazeti»ning 1892 yil 13-sonidagi uning quyidagi so`zlari xarakterlidir: 
«Rossiya xalqi xat va lison o`rganmoqa bizni taklif qilsa, murodi yomon emasdur. 
Balki mamlakat obod bo`lib, fuqaro va raiyalar osoyishta bo`lmoqlarini xohlaydilar. 
Az baski Rossiya xalqi hamma vaqt biz musulmon xalqining davlatmand va xursand 
bo`lmog`imizg`a qo`shish qiludur». 
Furqat ma`rifatparvar shoir sifatida rus tilini kundalik hayotdagi eng 
zaruriy vositalardan biri hisoblab, uni targ`ib qila boshladi. Ana shu munosabat 
bilan o`zining qator she`rlarida, ayniqsa 90-yillarda yozgan liro-epik she`rlari va 
maktublarida ijtimoiy-siyosiy xamda madaniy hayotning turli sohalariga tegishli 
bo`lgan va leksik-semantik jihatdan o`sha davrda yangi hisoblangan rus 
internatsional so`zlarni ko`plab ishlatadi. Masalan, ad’yutant, zol, moshina, medal’, 
muzikon, foytun, fabrikat, teatr, yarmanka, nomer va h.o. 
Furqat poeziyasida ba`zi bir rus-internatsional so`zlarning asl lug`aviy 
ma`nosi o`zgargan holda ham uchraydi. 
Masalan, muzikantning fonetik o`zgargan varianti muzikon muzika 
asboblari ma`nosida qo`llangan: «CHalindi anda har xil muzikonlar» (Akt majlisi 
xususida). 
Ayrim so`zlar, masalan, moshina so`zi so`zlashuv tilidagidek, ko`p 
ma`nolarda qo`llangan. Moshina-ipok ishlab chiqaradigan qurolni bildiradi.
Ipak moshinasi bila tegirmon, 
Ko`p, anda ayladi olamni hayron. 
Parovoz ma`nosida: 
YAna moshinam otash aroba
Turur hikmat tilsimoti masobya. 


132 
Pilarama ma`nosida: 
YAna najjur ishin oson qilurg`a,
Bo`lib moshinalar taxta tilurg`a. (Vistavka xususida). 
Rus tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan qabul qilingan so`zlarning 
maksimal qismi oldin so`zlashuv tilida keng iste`mol qilingan, so`ng adabiy tilda 
xuddi so`zlashuv tilidagi kabi fonetik, morfologik va boshqa belgilari bilan ishlatilgan. 
SHunga o`xshash xususiyatlar Furqat poeziyasi tilida ham ko`rinadi. Masalan, antrakt 
o`rniga kantrakt, zavod o`rniga zavut, Frantsiya o`rniga Frangiston yoki «mulki 
Fransus». 
Furqat rus so`zlari ishtirokida yangi so`z va so`z birikmalari ham hosil 
qilgan: Bu quyidagilarda ko`rinadi: 
1.Rus-intl so`zlarga o`zbekcha so`z yasovchi qo`shimcha qo`shish bilan 
yasalgan yangi so`zlar: nomerlik, zovitchi: qildilar maxsus nomerlik maqom 
(Toshkent shahrida bo`lgan nota bazmi xususida). 
2.Ruscha va o`zbekcha so`zlarning birikuvidan yasalgan murakkab fe`llar: 
perivoy qilgon. 
3.Ruscha-internatsioanll so`zlar vositastsda hosil bo`lgan aniqlovchili 
birikmalar: 
Bo`lib vaqti akt majlisi soz, 
Qilurg`a Rusiya rasmini og`oz. (Akt majlisi xus). 
O`n ikki og`zi moshinalik to`p,
Ajoyib to`p yana andin bulak ko`p. (Vistavka xus). 
Furqat lirikasida ulug` Navoiy taraditsiyalarini davom ettirgan bo`lsa, 
ijtimoiy-siyosiy lirikasida, ma`rifatparvarlikni ifoda qilgan asarlarida o`zbek adabiy 
tilini yangi so`z va ma`nolar bilan boyitishda katta xizmat qildi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin