O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

So‗nggi qo‗shilgan naflilik – 
muayyan ne‘matning navbatdagi 
birligini iste‘mol qilishdan olingan qo‗shimcha naflilikdir. So‗nggi 
qo‗shilgan naflilik umumiy naflilikning o‗sgan qismidan iborat ekan, u 
naflilik funksiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni 
qondiruvchi har bir navbatdagi ne‘mat oldingisiga qaraganda kamroq 
naflilikka ega bo‗ladi. Ne‘matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa 
doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‗nggi nusxasi» 
mavjud bo‗ladi. 
So‗nggi qo‗shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo‗lib, 
bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati 
shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste‘molchining holatidan 
kelib chiqilsa, ne‘matlarni iste‘mol qilish hajmining ko‗payib borishi 
bilan, ma‘lum vaqtdan boshlab, muayyan ne‘matning navbatdagi 
birligini iste‘mol qilishdan olingan qo‗shimcha naflilik oldingisiga 
nisbatan kamayib boradi. 
Kishi qanchalik ko‗p miqdordagi tovarni iste‘mol qilsa, u shunchalik 
ko‗p Yalpi naflilikka ega bo‗ladi. Yalpi (umumiy) naflilik so‗nggi 
qo‗shilgan naflilik ko‗rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi. Agar 


68 
iste‘molchi manfiy so‗nggi qo‗shilgan naflilikka ega bo‗lsa, u holda 
Yalpi naflilik kamayadi. 
Iste‘molchi tovarlarning turli to‗plamini xarid qilishda doimo 
naflilikni maksimallashtirish qoidasiga
amal qiladi. Bu qoidaning 
mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste‘molchi o‗zining daromadini 
shunday sarflashi kerakki, daromad to‗liq sarflangan holatda tovarni 
xarid qilishdan olingan so‗nggi qo‗shilgan naflilikning tovar narxiga 
nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo‗lishi lozim, ya‘ni: 
y
y
x
x
P
MU
P
MU

bu yerda: 
MU 
– 
X
va
 Y
tovarlarning so‗nggi qo‗shilgan nafliligi;


– ularning narxi. 
Bu qoida 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin