O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti


Gapning birinchi sо‘zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim. Eslatma



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə58/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

73. Gapning birinchi sо‘zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim.


Eslatma:
1) kо‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi sо‘zi (agar u atoqli ot bо‘lmasa) kichik harf bilan yoziladi: “Bu men”, – qо‘rqibgina javob berdi kо‘laga (O.Yoqubov);
2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qism­lar oldidan chiziq qо‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi:
Ma’muriy huquqbuzarlik tо‘g‘risidagi ishni kо‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni:
mazkur ishni kо‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini;
ma’muriy huquqbuzarlik tо‘g‘risidagi protokol va ishga oid boshqa materiallar tо‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini ... hal qiladi;
3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qо‘yib sanalsa, bun­day qismlar ham kichik harf bilan yoziladi:
Hozirgi о‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan:
1) umumturkiy sо‘zlar; 2) о‘zbekcha sо‘zlar; 3) tojik tilidan kirgan sо‘zlar; 4) arab tilidan kirgan sо‘zlar; 5) rus tilidan kirgan sо‘zlar (“О‘zbek tili” darsligidan).
74. Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot bо‘lmagan ba'zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi: AQSH (Amerika Qо‘shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bо‘g‘inga teng qism bо‘lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent dav­lat texnika universiteti) kabi.


Kо‘chirish qoidalari


75. Kо‘p bо‘g‘inli sо‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bо‘g‘inlab kо‘chiriladi: tо‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-ta-kor, paxta-­kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bо‘g‘inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’al, in’-om kabi.
76. Sо‘zning bosh yoki oxirgi bо‘g‘ini bir harfdan iborat bо‘lsa, ular quyidagicha kо‘chiriladi:
1) sо‘z boshidagi bir harfdan iborat bо‘g‘in yolg‘iz о‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;
2) sо‘z oxiridagi bir harfdan iborat bо‘g‘in yolg‘iz о‘zi keyingi satrga kо‘chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
77. О‘zlashma sо‘zlarning bо‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki un­dan ortiq undosh quyidagicha kо‘chiriladi:
1) ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda kо‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi.
2) uch undosh yonma-yon kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldi­rilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga kо‘chiriladi: silin-drik kabi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin