Sakkizinchi ma’ruza O‘ZBEK TILINING PSIXOLINGVISTIK TADQIQI MUAMMOLARI. TIL KORPUSI MASALASI. Reja: Psixolingvistikaning maqsadi va vazifalari
Nutq faoliyati haqida.
Nutq bayoni) psixologik jarayon sifatida.
Nutqning qabul qilinishi psixologik jarayon sifatida.
Psixolingvistika sohasidagi tadqiqotlar.
Til korpusi haqida.
Korpusning ahamiyati.
Dunyo til korpuslari.
Global korpus – jahonshumul yangilik.
O‘zbek tilining milliy korpusi – davr talabi.
Tayanch tushunchalar Til korpusi, matnlar maydoni, korpus menedjeri, korpusning ahamiyati, eng yirik til korpuslari, global korpus, o‘zbek tilining milliy korpusini yaratish masalasi
Psixolingvistikaning maqsadi va vazifalari Lisoniy faoliyat, bir tomondan, tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti bo‘lsa, ikkinchi tomondan, psixologiya-ning ham tekshirish predmeti sanaladi. Demak, tilshunoslik bilan psixologiyaning ham kesishish nuqtasi mavjud. Ikki fan oralig‘idagi kesishish nuqtasi psixolingvistikaningo‘rganish ob’ekti sanaladi.
Psixolingvistika
Psixologiya Tilshunoslik
Psixolingvistika atamasi AQSH olimlari tomonidan ilmiy hayotga olib kirildi. Ilk marta bu atama 1946 yili Amerika psixologi N.Pronko tomonidan «Til va psixolingvistika» nomli maqolada qo‘llanildi. Lekin mazkur maqolada psixolingvis-tikaning maqomi keng ilmiy jamoatchilik e’tirof etadigan darajada belgi-lanmagandi.
1953 yili Indiana shtatining Blyumington shahrida mashhur Amerika psixologlari Dj.Keroll va CH.Osgud bilan taniqli tilshunos va etnograf T.Siboek tomonidan o‘tkazilgan universitetlararo seminarda tilshunoslik bilan psixologiya munosabatlari muhokama etildi va bu ikki fan oralig‘ida psixolingvistika nomi bilan yuritiluvchi alohida fan yo‘nalishi bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Seminarda turli ixtisoslik vakillari ishtirok etdilar. Xususan, 1953 yili «Tilni o‘rganish» nomli asar yozib, unda tilshunoslikning boshqa fanlar bilan, ayniqsa, psixologiya bilan munosabatini chuqur tahlil qilib dovruq qozongan Dj.Keroll, folkloristika bo‘yicha shuhrat topgan T.Siboek, tilshunoslik bo‘yicha ancha mashhur bo‘lib qolgan, hindular tili va madaniyati bo‘yicha taniqli mutaxassis J.Jenkins, tillarning geneologik tasnifi va til tarixi bilan shug‘ullanuvchi J.Grinberg kabi mashhur olimlar bilan birga qator yosh tadqiqotchilar hamqatnashdilar. Ikki oy davom etgan seminarda psixolingvistik tadqikotlarning nazariy asoslari bo‘yicha bir fikrga kelindi. Seminarda ishtirok etgan olimlarning psixolingvistika bo‘yicha umumiy platformasi 1954 yili «Psixo—lingvistika» nomi bilan nashr etilgan kollektiv monografiyada o‘z ifodasini topdi.
Bu kitob ilmiy jamoatchilik o‘rtasida katta shuhrat qozondi. Natijada psixolingvistika tilshunoslik va psixologiya oralig‘i-dagi alohida fan yo‘nalishi sifatida e’tirof etila boshladi. Tez orada dunyoning turli mamlakatlarida, xususan, Angliya, Fransiya, Italiya, Ruminiya, Polsha, CHexoslovakiya, Gollandiya, Rossiya, Norvegiya, Kanada singari qator mamlakatlarda psixolingvistika maktablari dunyoga keldi.
Psixolingvistika garchi asrimizning 50-yillaridan shakllangan bo‘lsa-da, lekin uning ildizi uzoq davrlarga -tilshunoslikda anchadan buyon davom etib kelayotgan psixologik yo‘nalishga borib taqaladi. Demak, psixolingvistika XIX asr tilshunosligida hukm surgan psixologik yo‘na-lishning mantiqiy davomidir. SHuninguchun, avvalo, psixolingvistikaning ildizi bo‘lgan tilshunoslik nazariyasidagi psixologik yo‘nalish haqida fikr yuritishga to‘g‘ri keladi.
Tilshunoslikda psixologik yo‘nalish ancha davrlardan buyon hukm surib kelayotgan til mohiyatini mantiqiy asosda yoritishga qarama-qarshi ravishda XIX asrning 50-yillarida qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga keldi.
Mazkur yo‘nalishning paydo bo‘lishida V.fon Gumboldtning til falsafasi katta ta’sir ko‘rsatdi. Tilshunoslikda psixologik yo‘nalishning asoschisi buyuk nemis tilshunosi V.fon Gumboldt-ning shogirdi X.SHteyntaldir.
Psixologik yo‘nalish o‘ziningdastlabki davrida bir qator dalillar asosida an’anaviy mantiqiy yo‘nalishdan uzilishga harakat qildi. Bu asoslar quyidagicha:
1) mantiqiy va grammatik kategoriyalarning o‘zaro muvofiqligi juda kuchsiz darajadadir. Ularning munosabati doira va qizil tu-shunchalarining munosabatiga o‘xshaydi. Mantiq umuminsoniy mohiyatga ega. SHuning uchun muayyan xalqning tiliga xos xususiyatlarni ochib berolmaydi. Mantiq gipotezalarga tayanuvchi fan bo‘lsa, tilshunoslik genetik xususiyatga ega. YA’ni tilshunoslik «nutqiy jarayon»ni tadqiq etish bilan shug‘ullansa, bu jarayon mantiqni qiziqtirmaydi va h.k.
Psixologik yo‘nalish tarafdorlari tilshunoslikning metodologik asosi sifatida mantiqni emas, balki psixologiyani e’tirof etdilar. V.fon Gumboldt ta’sirida X.SHteyntal tilda «xalq ruhi»ning, xalq psixologiyasining ifodalanishini ko‘rdi. SHuning uchun tilning soqial tabiatiga alohida ahamiyat berildi.
U davrdagi psixologiya individual psixologiya edi. SHuning uchun X.SHteyntal soqial psixologiyani (etnopsixologiyani) yaratish va uni targ‘ib etish uchun M.Loqarus bilan birgalikda «Etnik psixologiya vatilshunoslik» nomli jurnalni nashr etdilar. XX asr boshlarida V.Vundt ham tilshunoslikning metodologik asosi sifatida xalq psixologiyasi haqidagi fanni yaratishga intildi. Lekin u alohida fan sifatida shakllanmadi. SHunga qaramay, tilshunoslikda psixologiyaga tayanish harakati bir qator yangi yo‘nalishlarning ochilishiga sababchi bo‘ldi. Jumladan, tilshunoslikda xalq ruhini ochishga intilish tufayli folklorni, mifologiyani, topishmoq, maqol, matallarni va ularda ifodalangan xalq urf-odatlarini chuqur o‘rganishga e’tibor kuchaydi. Ularga xalq donoligining ifodalovchilari si-fatida qaraldi.
6. Psixologik yo‘nalish tarafdorlari V.fon Gumboldt g‘oyalariga sodiq qolgan holda, tilni doimo rivojlanib boruvchi dinamik, tarixiy hodisa sifatida baholadilar. Bunday yondashuv qiyosiy-tarixiy tilshunoslik g‘oyalariga mos keladi. SHu bilan birga, assoqiativ psixologiya tushunchalari va amalini tilshunoslikka kiritish harakatida psixologik yo‘nalish tarafdorlari jonli nutqqa, bevosita nutqiy jarayonga, tilning ichki tomoniga, so‘z va gaplarning ma’no tomoniga asosiy e’tiborni qaratdilar. Ularning ta’kidlashicha, jonli nutqni o‘rganish tilning mohiyatini va kelib chiqishini yaxshiroq tushunishga qulay imkoniyat beradi.
Psixologik yo‘nalish vakillarining bevosita jonli nutqqa e’tibor qaratishlarida ham V.fon Gumboldtning ta’siri kuzatiladi. V.fon Gumboldt til va nutqni farqlagan holda, jonli nutqni o‘rganish jarayonida, garchi ma’lum bir til vakillari bir umumiy tilda gaplashsalar-da, ular o‘z tillariga ham egadir degan xulosaga keladi. SHuning uchun jonli nutqni, ayni paytda, individlar nutqini o‘rganish lozim degan g‘oyani ilgari suradi.
Ma’lumki, V.fon Gumboldt asarlarida «tilning ichki shakli» tushunchasi markaziy o‘rinni egallaydi. Bu juda keng tushuncha bo‘lib, xalq ruhi, urf-odatlari va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
Psixologik yo‘nalish tarafdorlari ham mazkur tushunchaga katta e’tibor berdilar. X.SHteyntal uni til tarixiga nisbatan ham qo‘llashga urindi. Uning fikricha, tarixgacha bo‘lgan davrda tillar juda boy ichki shaklga ega edi. Tarix davrida esa ular asta-sekin kamayib borgan. Bu fikrlar mashhur franquz faylasufi J.Russo qarashlariga g‘oyat monanddir.
«Ichki shakl» tushunchasidan psixologik yo‘nalish vakillari so‘zning paydo bo‘lish jarayonini tushuntirib berishda ham foydalanadilar. Xususan, mazkur tushuncha rus tilshunosligidagi psixologik yo‘nalishning yirik vakili AAPotebnya asarlarida ham markaziy o‘rinni egallaydi. Lekin A.A.Potebnya asarlarida qo‘llangan «ichki shakl» atamasi ostida V.fon Gumboldt tushungan «xalq ruhi» emas, balki so‘zning kelib chiqishiga asos bo‘lgan «obraz markazi» tushuniladi. Masalan, medved so‘zining paydo bo‘lishi uchun xizmat qilgan ichki shakl, obraz markazi «ayiqning asal eyishi» belgisi bo‘lgan.
Til birliklarining paydo bo‘lishini tushuntirishda psixologik yo‘nalish vakillari psixologiyaning «assimilyasiya», «assoqiatsiya», «apper-qepsiya» kabi atamalaridan foydalandilar. Ayniqsa, «assoqiatsiya» tushunchasi A.Potebnya ijodida so‘zning paydo bo‘lishi, so‘z etimologiyasini bayon qilishda keng qo‘llaniladi.
Psixologik yo‘nalish tarafdorlari yuqoridagi sanab o‘tilgan psi-xologik atamalarga ko‘proq murojaat qilganliklaridan ko‘rinib turibdiki, ular asosan bevosita nutqiy jarayonga asosiy e’tiborni qaratdilar. Ular birinchilardan bo‘lib V.fon Gumboldtning bog‘li nutqni lingvistik tekshirish ob’ektiga aylantirish lozimligi haqidagi fikriga diqqatini tortdilar.
Psixologik yo‘nalish vakillari, garchi tekshirish metodologiyasida psixologizmga asoslanish nuqtai nazaridan umumiylikni tashkil etsalar ham, lekin ular turli mamlakatlarda bir-biridan farqli jihatlarga ega bo‘ldilar. Jumladan, Rossiya psixologik maktabi vakillarining qarashlari nemis psixologik maktabi vakillaridan birmuncha farq qiladi. Xususan, SHteyntal, Vundt singari olimlar tilning psixologik tomoniga emas, balki psixologiyaning til tomoniga e’tibor qaratdilar. AAPotebnya grammati-kaning o‘ziga xosxususiyatlarini ochishda psixologik tushunchalardan foydalandi.
Tilshunoslikning yagona metodologik asosi individual psixologiya ekanini ta’kidladilar. SHu bilan birga, tilning mohiyatini psixologiya bilan qorishtirmadilar. Tilning moddiy tomonini tekshirishga alohida diqqat qildilar.
Tilshunosliqda psixologik yondashuv an’anasi uzoq davom etdi. XX asr boshlarida A.Marti asos solgan universal grammatika nazariyasi uchun ham ana shu yondashuv poydevor bo‘lib xizmat qildi.
A.Marti universal grammatika yaratish mumkinliginingtayanch nuqtasi sifatida barcha tillarning bir xil psixologik mazmunni ifodalashini va bir xil ichki qurilishga ega ekanini, chunki har qanday inson, qaysi tilga mansub bo‘lishidan qati nazar, umumiy psixofiziologik tuzilishga ega bo‘lishini ta’kidlaydi. A.Marti fikriga ko‘ra, tilshunoslikning asosiy vazifasi universal til vositalari orqali ifodalangan mazmun va psixik funksiyalarni aniq tavsiflash va taxdil qilishdan iborat bo‘lish kerak.
XX asrning 50-yillarida maydonga kelgan psixoling-vistika psixologik yo‘nalishning eng yaxshi jihatlarini davom ettirdi va uni yangi bosqichga olib chiqdi. Psixolingvistikaning o‘rganish ob’ektiga nimalar kiradi? Mazkur savolga ham bugungi kunda psixolingvistlar turlicha javob beradilar. Lekin ularning hammasini jamlagan holda, quyidagi masala-larni psixolingvistika ob’ekti sifatida ajratish mumkin. Nutqning vujudga kelish mexanizmini o‘rganish.
Bolalar nutqining shakllanish jarayonini o‘rganish.
Bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari. Bolalar nutqida protosemantik belgilarning shakllanishi. Bolalar nutqida semantik bosqich. Bolalarning so‘z yasash malakasini egallashi. Bolalar nutqiy va intellektual faoliyatining shakllanishida ijtimoiylashishning asosiy jihatlaridan biri ekanligi.
Turli nutqiy vaziyatda nutqni so‘zlovchi bilan tinglovchi o‘rtasidagi munosabatni hisobga olgan holda o‘rganish.
4. Nutqning axborotlashish funksiyasini o‘rganish va boshq.
5. Nutq ontogenezining psixolingvistik aspekti:
- Turli nutq uslublarining psixolingvistik aspekti.Reklama tili. Ommaviy kommunikatsiya. Avtomatik kommunikatsiya.
Til ma’naviy merosimizni saqlash va boyitishning asosiy vositasi hisoblanadi. Tillarni saqlab qolish milliy ma’naviyatni saqlab qolish demakdir. Zero, asl ma’naviyat faqat milliy shakldagina mavjud bo‘ladi.
YUNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, bugungi kunda mavjud 6 mingtacha tilning qariyb yarmi yaqin vaqtda o‘zining oxirgi sohiblaridan ham ajralishi mumkin. O‘lik tilga aylanib ketayotgan bu tillarni saqlab qolish insoniyat oldidagi eng o‘tkir muammolardandir.
1999 yil 17 noyabrda YUNESKOning Bosh anjumani tomonidan e’lon qilingan Xalqaro ona tili kuni (Mejdunarodnыy den rodnogo yazыka, International Mother Language Day) 2000 yilning fevralidan boshlab har yili lisoniy va madaniy taraqqiyot va ko‘p tillilikni ta’minlashga ko‘mak berish maqsadida nishonlab kelinadi.
O‘z navbatida, BMT Bosh assambleyasi o‘z rezolyusiyasida 2008 yilni Xalqaro tillar yili (International Year of Languages) deb e’lon qildi.
Mamlakatimizda ham tilga e’tibor ma’naviyatga e’tiborning ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarildi. SHu boisdan Prezidentimiz Islom Karimov “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida ona tilimizni avaylab-asrash, boyitish, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish bilan birga, o‘zbek tilining zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimida keng qo‘llanishiga erishish kechiktirib bo‘lmaydigan, dolzarb vazifa ekanligini alohida ta’kidladilar. CHunki ona tilimizning jahonga yuz tutishiga erishish milliy ma’naviyatni takomillashtirish va yuksaltirishning ham asosiy yo‘llaridan biridir.
Zamonaviy axborot texnologiyalari tilning funksional imkoniyatlaridan foydalanish borasida benihoya imkoniyatlar eshigini ochdi. Kompyuter tarjimasi, tahriri, tahlili, elektron lug‘atlar va tezaurus (til xazinasi) lar fikrimizning dalilidir. Ayniqsa, zamonaviy elektron lug‘atlar tuzish va undan foydalanish madaniyatini shakllantirish til imkoniyatini egallashda samarador ekanligini asoslashga hojat yo‘q. Xususan, tilning imkoniyatini namoyon qilish va egallash borasida dunyo miqyosida tez sur’atlarda yaratilayotgan til qorpuslarining roli beqiyos.