60-yillarning oxiriga kelib aholi turmush darajasining o’sishi, xizmat ko’rsatish
1. An’anviy jamiyat: «Nyutongacha bo’lgan fan va texnika» bilan hamda qishloq
xo’jaligining ustunligi bilan ifodalanadi.
2. O’tkinchi jamiyat. Bu erda iqtisodiy o’sish uchun shart-sharoitlar yaratilgan
bo’ladi: fan yutuqlari ishlab chiqarishga tadbiq etiladi, banklar paydo bo’ladi,
ishlab chiqarishni investitsiyalash kuchayadi.
3. Yuksalish davri (sanoat inqilobi): eski an’anviy uklad asosan tugatiladi, iqtisodiy
o’sish
normal holat hisoblanadi, ishlab beruvchi sanoatning asosiy tarmoqlarining
jadal rivojlanishi amalga oshiriladi, davlat eksportni rag’batlantiradi.
4. Etuklik bosqichi: aholining o’sishga qaraganda mahsulot ishlab chiqarishning
doimo ortiq bo’lishi ta’minlanadi, milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga
integratsiyalashuvi kuchayadi, an’anviy jamiyat batmom tugatiladi.
5. Ommaviy iste’mol bosqichi: uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol
buyumlari va
xizmat ko’rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi.
U.Rostou AQSh iqtisodiy tizimini ijtimoiy evolyutsiyaning yuqori bosqichi,
ommaviy iste’molning yuqori darajasi bosqichi, barcha boshqa mamlakatlarning
kelajakdagi rivoji uchun model deb tasvirlaydi. Uningcha, kommunizm – bu
industrlashtirishni jadallashtirish zarurati tug’ulgan hollarda «o’tkinchi
davrning
kasali», «yagona industrial jamiyat»ga o’tishning mumkin bo’lgan yo’llaridan biridir.
Sotsializm yuksalish bosqichiga yaqinlashganda va yuksalish bosqichining o’zida
jamiyatni jadallashtirishga qodir. «Ammo kommunizm o’z mohiyatiga ko’ra yuqori
ommaviy iste’mol davrida barham topishi kerak». Hozir hammaga ayonki, bu
bashorat amalga oshdi.
Dostları ilə paylaş: