O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə20/26
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39102
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
O

sxemasi:

1-katalizator tayyorlash sig‘imi; 2-reaktor; 3-bug‘latgich; 4-filtr; 5-suvni to- zalash kolonnasi; 6-yengil fraksiyalarni haydash kolonnasi; 7-reflyuks sig‘imi;

8-erituvchini haydash kolonnasi; 9-erituvchini quritish kolonnasi.


1-sig‘imda tayyorlangan katalizatorning kuchli suyultirilgan erit- masi (0,5-1 g/l), etilen va erituvchilar 2-reaktorga yuboriladi. Reak- siya mahsulotlari reaktordan 3-bug‘latgichga yo‘naltiriladi va keyin erituvchi bug‘lanadi va 6-kolonnaga keladi. Katalizatorni parchalash va polimerni ajratib olish uchun bug‘latgichga suv beriladi. Polimerni suvdagi suspenziyasi 4-filtrga keladi, u yerdan quritish uchun yuboriladi. Polimerni filtrlarda va sentrifugalarda yuvish mumkin. Yuvish muhiti sifatida suv yoki suvsiz spirt bo‘lishi mumkin. 6-kolonnaning yuqorisidan erituvchining yengil fraksiyasi bilan suvni azeatrop ara- lashmasi chiqib ketadi, 8-kolonnada esa erituvchi ajraladi.

Haydab olingan erituvchi toza erituvchi bilan aralashtirilib,

  1. kolonnada quritiladi va yana reaktorga hamda katalizator eritmasi


122



tayyorlashga yo‘naltiriladi. Polietilen quritilgandan so‘ng granulana- di va qayta ishlashga berib yuboriladi. Qurilmaning hamma appara- turasi azot «nafasi» sistemasiga ulab qo‘yilgan.

Apparaturani ishga tushirishdan avval sistema azot bilan shamol- latiladi, ishlash vaqtida esa havo va suv bilan bog‘lanib qolmaslik uchun azotli «nafas olish» sistemasiga bog‘lanadi. Azot toza (99,9% dan kam emas) bo‘lishi kerak.

Quyi bosimda polietilen olish usuli yuqori bosimda polietilen olish usullariga nisbatan afzalliklarga ega:

  1. yuqori bosimli apparaturalarni qo‘lashga ehtiyojning yo‘qligi;

  2. yuqori bosimdagiga nisbatan kam kapital mablag‘ kiritilishi;

  3. bir o‘tishda etilen konversiyasining yuqorililigi (deyarli 100%).

  1. O‘rta bosimda polietilen ishlab chiqarish

Quyi bosimda polietilen ishlab chiqarish usuli kashf qilinishi bilan bir vaqtda etilenning yuqori molekular polimerini 35-70 atmosfera bosimi atrofida va 100 dan 270°C gacha haroratda olish mum- kinligi haqida axborot e’lon qilingan. Ushbu jarayonlar Amerika fir- malari tomonidan 1950-1965-yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu usullar bo‘yicha olingan mahsulot o‘rta bosim polietileni deb nom oldi.

Jarayonning katalizatorlari sifatida xrom oksidi, molibden oksidi asosidagi hamda nikel va kobalt metallik katalizatorlar taklif etilgan. Ishlatiladigan katalizator va jarayonni olib borish sharoitlariga qarab olinayotgan polimerlar bir-biridan o‘z xususiyatlari bilan farq qiladi.

  1. Xrom oksidi katalizatorida polimerlash

Xrom oksidi katalizatorida polimerlash jarayoni 135-190°C haroratda va 30-40 atmosfera bosimi ostida ketadi.

Katalizator alumosilikat yoyuvchi (10% Al2
O3 va 90% SiO2) us- tiga berilgan xrom oksidlaridan iborat. Katalizatorda xrom oksidlari 3-6 % ni yoki xromga qayta hisob qilinganda 1,5 - 3,0%, bunda xrom oksidining 70-80% olti valentli xrom oksidi CrO3 dan va 2030% - uch valentli xrom oksidi Cr2O3 dan iborat, 3:2 nisbat optimal hisoblanadi. Olti valentli xromni uch valentli xromga to‘la qaytaril- sa, katalizator o‘z faolligini yo‘qotadi.


123



Polimerizatsiya jarayoni qo‘zg‘almas katalizatorda ham, uzluksiz sxema bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin. Ikkala holida ham jarayon erituvchi (ksilollar, parafin uglevodorodlar va shu kabilar)- da olib boriladi, ushbu jarayonda erituvchining roli juda katta: u eti- lenning erituvchisidir, polimerizatsiya issiqligini olib qoladi va hosil bo‘layotgan polimerni eritadi, shu yo‘l bilan katalizator yuzasini polimer cho‘kindilardan muhofaza qiladi.

Jarayon etilenni erituvchida avvaldan 35 atmosfera bosimi ostida va 15-30°C da eritib olishdan iborat, bunda 2-5% li etilen eritmasi hosil bo‘ladi. Ushbu erituvchi 150°C haroratgacha issiqlik almash- tirgichda isitiladi va reaktorga yo‘naltiriladi. Etilenning konversiyasi to‘liq amalga oshadi. Yuqori haroratda polietilen erituvchida erisada, erituvchi mavjudligiga qaramay katalizatorga polimerning eng yuqori molekular fraksiyalari cho‘kadi, bu esa katalizatorni davriy ravish- da regeneratsiya qilib turish zaruratiga olib keladi. Regeneratsiya 450-500°C da havo bilan amalga oshiriladi.

  1. Alumomolebden katalizatorida polimerlash

Ushbu jarayon 130-260°C haroratda va 70 atmosferaga yaqin bosim ostida olib boriladi. Katalizator - yoyuvchi aluminiy oksi- didagi molibden oksidi Mo03
dan tashkil topgan, molibden oksidi esa 5-8% ni tashkil etadi. Jarayonni o‘tkazishdan avval katalizator vodorod oqimida 430-480°C da faollanadi, ko‘rinib turibdiki, mo- libdenning yuqori valentliklari quyigacha qisman qaytariladi, ya’ni u ham xrom oksidi katalizatoriga o‘xshab oksidlar aralashmasidan iboratdir. Ba’zan katalizatorga promotorlar (ishqoriy va ishqoriy yer metallari gidridlari va karbidlari) qo‘shiladi. Molibden oksidi bilan bir qatorda vanadiy oksidi ham ishlatilishi mumkin.

Amalda jarayonni texnologik rasmiylashtirish xrom oksidi katali- zatorli jarayonnikidan farq qilmaydi.

1.2.2.З. Nikelli katalizatorda polimerlash



O‘rta bosimda polietilen ishlab chiqarishning ushbu holidagi usu- li 70 atmosfera bosimi ostida va 100-200°C da amalga oshiriladi. Jarayonni katalizatori sifatida faollangan pista ko‘mir-yoyuvchidagi metalli nikel yoki kobaltlar xizmat qiladi. Katalizatordagi nikel- ning miqdori 3 dan 10% gacha ortadi. Katalizator ishqoriy metall


124







Ishlatilgan katalizatorlar

Polimer xossasi

Sr2O3x SrO3,

Al2O3 X SiO2

MoO3-Al2O3

Ni/ko‘mir

Molekular og‘irlik

10^30 ming

30-250 ming

100-200 ming

Zichlik, g/sm3

0,95-0,96

0,95-0,97

0,94-0,95

Kristallik darajasi, %

93

87

80

Erish harorati, °C

123-133

128-131

117-120

1000 atom uglerodga to‘g‘ri kelgan CN3 guruhi soni Uzishga mustahkamlik

1,5

2,0

20,0

chegarasi, kg/sm2

285

-

-


Keltirilgan ma’lumotlar olinayotgan polimerning xossalariga ka- talizatorlar katta ta’sir o‘tkazishini ko‘rsatadi.

  1. jadvalda turli usui bilan olingan polietilenlarning xossalari o‘zaro taqqoslab berilgan.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin