O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Dalillarni qayd etishning to‘g‘riligini tasdiqlash



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə40/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143
22.09.1994 ЖПК

92-modda. Dalillarni qayd etishning to‘g‘riligini tasdiqlash
Tergov harakatlari ishtirokchilarining, shuningdek sud muhokamasidagi taraflarning bu harakatlar jarayoni va natijalari aks ettirilgan bayonnoma bilan tanishish, xuddi shuningdek bayonnomaga qo‘shimcha va tuzatishlar kiritish huquqlari ta’minlanishi kerak.
Surishtiruvchi yoki tergovchi tergov harakatlari tamom bo‘lishi bilanoq bu harakat ishtirokchilariga bayonnomani o‘qib chiqishga imkon beradi yoxud iltimoslariga ko‘ra ularga o‘qib beradi. Shunday tartibda raislik qiluvchi yoki uning topshirig‘iga binoan sud majlisi kotibi sud zalidan tashqarida bajarilgan sud harakati ishtirokchilarini, shuningdek taraflarni sud majlisi bayonnomasidagi ushbu sud harakatiga taalluqli yozuvlar bilan tanishtiradi.
Og‘zaki bildirilgan qo‘shimchalar, tuzatishlar, fikr-mulohazalar, e’tirozlar, iltimoslar va shikoyatlar bayonnomaga kiritiladi, yozma ravishda ifoda etilganlari esa bayonnomaga ilova qilinadi. O‘chirishlar yoki kiritilgan qo‘shimcha so‘zlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida bayonnoma oxiridagi imzolar oldidan izohot beriladi.
Tergov harakati bayonnomasi bilan tanishtirilgan shaxslar bayonnomaning har bir sahifasi ostiga va uning oxiriga imzo chekadilar.
93-modda. Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish yoki imzo cheka olmaslik hollarini tasdiqlash
Surishtiruvchi yoki tergovchi protsess ishtirokchilaridan birontasining yoki boshqa shaxslarning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tergov harakatlari bayonnomasiga imzo chekishdan bosh tortganligi to‘g‘risida bayonnomaga yozib qo‘yib, uni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Yuqorida nazarda tutilgan hollarda sud majlisi bayonnomasining sud harakatlari to‘g‘risidagi yozuvlarini imzolashdan bosh tortilganligi haqida shu bayonnomaga yoziladi hamda uni raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydilar.
Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan shaxs bosh tortish sababini tushuntirishga haqli. Bu tushuntirish bayonnomaga kiritilishi lozim.
Tergov yoki sud harakati ishtirokchisi o‘zining jismoniy nuqsoni tufayli bayonnomani o‘qib, imzolay olmasa, bayonnomani uning roziligi bilan himoyachi, vakil yoki mazkur shaxs ishonadigan boshqa fuqaro o‘qib beradi va imzo chekadi. Bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin