m=1 g massali geliy o’zgarmas p bosimda ΔT=100 K ga qizdirilgan. 1) Gazga berilgan issiqlik miqdori Q, 2) kengayish ishi A, 3) gaz ichki energiyasining orttirmasi ΔU aniqlansin.
p1=0,2MPa bosim ostida V1=10 l hajmni egallagan azot V2=28 l hajmgacha izotermik kengaydi. Gaz kengayishining ishi A va gaz olgan issiqlik miqdori Q aniqlansin.
Boshlang’ich harorati T1=320 K bo’lgan kislorod adiabatik kengayishda ichki energiyasi ΔU=8,4 kJ ga kamaydi, hajmi esa n=10 marta oshdi. Kislorodning massasi m aniqlansin.
Ichki radiusi r=1 mm bo’lgan suvda to’liq ho’llaniladigan kapillyar naychada suvning ko’tarilish balandligi h va bunda sirt taranglik kuchining bajargan ishi A topilsin. Suvning zichligi ρ=103kg/m3 ga, sirt taranglik koeffitsiyenti α=0,072 N/m ga va erkin tushish tezlanish g=9,8 m/s2 ga teng.
Radiusi R=0,5 mkm bo’lgan tomchilar qo’shilib m=1 kg suv hosil bo’lganda ajralgan issiqlik miqdori Q va bu suvning isish temperaturasi Δt topilsin. Suvning zichligi ρ=103kg/m3 ga, solishtirma issiqlik sig’imi c=4,19·103 J/kg·grad ga va sirt taranglik koeffitsiyenti α=0,072 N/m ga teng.
V=2 l hajmli yopiq idishda zichligi ρ=1,4 kg/m3 ga teng azot bor. Shu sharoitda azotni Δt=100o C ga isitish uchun unga qancha Q issiqlik miqdori berish kerak?
Karno siklini bajarayotgan ideal gaz isitkichdan olingan Q1 issiqlik miqdorining 2/3 qismini sovutkichga beradi. Sovutkichning harorati . Isitkichning harorati T1 aniqlansin.
Ideal gaz Karno siklini bajarmoqda. Sovutkichning harorati T2=290 K. Agar isitkichning harorati T1=400 K dan T2=600 K gacha ko’tarilsa, siklning FIK necha marta ortadi?
Ideal gaz Karno siklini bajarmoqda. Isitkichning harorati T1=470 K, sovutkichning harorati esa T2=280 K. Izotermik kengayishda gaz A=100 J ish bajaradi. Siklning termik FIK η hamda izotermik siqilishda gaz sovitkichga bergan issiqlik miqdori Q2 aniqlansin.
Karno sikli bo’yicha ishlaydigan ideal issiqlik mashinasi har bir siklda isitkichdan 600 kal issiqlik oladi. Isitkichning temperaturasi 400oK, sovutkichning temperaturasi 300oK. Mashinaning bir siklda bajargan ishi va bir siklda sovutkichga bergan issiqlik miqdori topilsin.
Karno sikli bo’yicha ishlaydigan ideal issiqlik mashinasi har bir siklda 7,35·104 J ish bajaradi. Isitkichning temperaturasi 100oC, sovutkichning temperaturasi 0oC. 1) Mashinaning F.I.K., 2) mashinaning bir siklda isitkichdan olgan issiqlik miqdori, 3) bir siklda sovutkichga bergan issiqlik miqdori topilsin.
Ideal issiqlik mashinasi Karno sikli bo’yicha ishlaydi. Bunda isitkichdan olingan issiqlikning 80% i sovutkichga beriladi. Isitkichdan olingan issiqlik miqdori 1,5 kkal ga teng. 1) Siklning F.I.K., 2) to’la siklda bajarilgan ish topilsin.
Kapilyar naydan oqib chiqayotgan 100 tomchi spirtning massasi m=0,71g. Agar uzilish paytida tomchi bo’ynining diametri d=1 mm bo’lsa, spirtning sirt taranglik koeffitsiyenti aniqlansin.
Nayning diametri d1=0,2 sm. Nayning quyi uchida uzulish paytida sharcha ko’rinishiga ega bo’lgan suv tomchisi osilib turibdi. Shu tomchining diametri d topilsin.
Har birining radiusi 1mm dan bo’lgan ikkita simob tomchisi bitta katta tomchiga birlashishdi. Bu qo’shilishdan qanday E energiya ajraladi? Jarayon izotermik deb hisoblansin.
Radiusi 1sm bo’lgan sovun pufagining hajmini ikki barobar orttirish uchun, uning sirt taranglik kuchiga qarshi qancha ish bajarish kerak? Sovun eritmasining sirt taranglik koefitsiyentini 43·10-3 N/m ga teng deb olinsin.
4 sm diametrli sovun pufagini (α=0,043 N/m) hosil qilish uchun, uning sirt taranglik kuchiga qarshi qancha ish bajarish kerak?
Ichki diametrli d=1mm bo’lgan kapilyar naychada benzol qanday balandlikka ko’tariladi. Benzol to’la ho’llovchi deb hisoblansin.
Diametrlari d1=1 mm va d2=2 mm bo’lgan tutash kapilyar naychadagi simob sathi balandliklarining farqi topilsin. Simob to’la ho’llamovchi deb hisoblansin.