1 – masala. Uchta bir xil musbat Q1=Q2=Q3=1 nC zaryad teng tomonli uchburchakning uchlarida joylashgan(3.1-rasm). Ular bilan tortishish kuchi bu zaryadlarning o’zaro itarish kuchlarini muvozanatga keltirishi uchun uchburchakning markaziga qanday Q1 manfiy zaryad joylashtirish kerak?
3.1-rasm
Yechish: Uchburchakning uchlarida joylashgan har uchala zaryad ham bir xil sharoitda turibdi. Shuning uchun ham masalani yechish uchun uchta zaryaddan birortasi, misol uchun Q1, muvozanatda bo’lishi uchun uchburchakning markazida qanday zaryadni joylashtirish kerakligini aniqlash etarlidir.
Superpozitsiya prinsipiga binoan zaryadga har bir zaryad boshqalaridan mustaqil ravishda ta’sir qiladi. Shuning uchun ham zaryad agar unga ta’sir etuvchi kuchlarning vektor yig’indisi nolga teng bo’lsagina muvozanat holatda bo’ladi:
(1)
bunda – mos ravishda Q1zaryadga Q2, Q3 va Q4 zaryadlarning ta’sir kuchlari; va kuchlarning teng ta’sir etuvchisi.
va kuchlar bir to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalganliklari uchun, (1) vektor yig’indini skalyar yig’indi bilan almashtirish mumkin:
yoki .
Oxirgi tenglikdagi F ni F2 va F3lar orqali ifodalab va F3=F2 ekanligini hisobga olib, quyidagini olamiz:
.
Kulon qonunini qo’llab va Q1=Q2=Q3ekanligini nazarda tutib, quyidagini topamiz:
(2)
bundan
.
Teng tomonli uchburchakning geometrik tuzilishidan
kelib chiqadi.
Bularni hisobga olganda, (2) quyidagi ko’rinishni oladi
.
Bunga Q1 ning qiymatini qo’ysak,
Zaryadlar tizimining muvozanati turg’un bo’lmasligini ta’kidlab o’tamiz.