3 – masala.Nuqtaviy zaryad Q=25 nC, σ=2 mkC/m2 sirt zichligi bilan bir tekis zaryadlangan R=1 sm radiusli to’g’ri cheksiz silindr hosil qilgan maydonda turibdi. Silindr o’qidan r=10 sm masofada joylashtirilgan zaryadga ta’sir etuvchi kuch aniqlansin.
Yechish: Maydonda turgan Q zaryadga ta’sir etuvchi kuch
(1)
bu yerda E – zaryad Q turgan nuqtadagi maydon kuchlanganligi.
Ma’lumki, bir tekis zaryadlangan cheksiz uzun silindrning maydon kuchlanganligi
(2)
bunda τ – zaryadning chiziqli zichligi.
Chiziqli zichlik τ ni sirt zichligi σ orqali ifodalaymiz. Buning uchun silindrning lelementini ajratib, undagi zaryad Q ni ikki xil usul bilan ifodalaymiz:
yoki .
Bu tengliklarning o’ng tomonlarini tenglashtirib, ushbuni olamiz: . Buni lga qisqartirsak, . Bu formula hisobga olinganda (2) formula ko’rinishni oladi. E ning bu ifodasini (1) formulaga qo’yib, izlanayotgan kuchni topamiz:
(3)
Formulaga R va r lar nisbat ko’rinishida kirganliklari tufayli, ular istalgan, lekin bir xil birliklarda ifodalanishi mumkin. (3) formulaga binoan hisoblash o’tkazsak,
.
4 – masala.Q1=3 mkC va Q2=20 nC musbat zaryadlar vakuumda bir – biridan r1=1,5 m masofada turibdi. Zaryadlarni r2=1 m masofagacha yaqinlashtirish uchun bajarish kerak bo’lgan A1 ish aniqlansin.
Yechish:Birinchi zaryad Q harakatsiz, ikkinchi zaryad Q2 esa tashqi kuchlar ta’sirida Q1 zaryad hosil qilgan maydonda ko’chib, unga r1=1,5 m masofadan r2=1 m masofagacha yaqinlashadi deb faraz qilamiz. Tashqi kuchlarning Q zaryadni maydonning φ1 potensialli nuqtasidan potensiali φ2 bo’lgan boshqa nuqtasiga ko’chirishdagi A1 ishi zaryadni shu nuqtalar orasida ko’chirishdagi maydonning ishi A ga moduli bo’yicha teng, ishorasi esa qarama – qarshi
A1= – A A zaryadni ko’chirishda maydon kuchlarining ishi . Unda tashqi kuchlarning ishi A1 quyidagi ko’rinishda yozilishi mumkin
(1)
Yo’lning boshlang’ich va oxirgi nuqtalaridagi potensiallar
;
formulalar yordamida ifodalanadi.
φ1 va φ2 larning ifodalarini (1) formulaga qo’yib va mazkur holda ko’chiriladigan zaryad Q=Q2 ekanligini hisobga olib, quyidagini topamiz
.
Agar ekanligini hisobga olsak, kattaliklarning qiymatlarini (2) formulaga qo’ygandan keyin natijani hisoblab topamiz:
A1=180mkJ.