5- mavzu. Islomdagi mazxablar va yo‘nalishlar


erishishning ikki xil yo‘lini, ya’ni biri diniy, ikkinchisi ilmiy yo‘l deb bildilar. Diniy yo‘l bilan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix21.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#101294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-MAVZU MA\'RUZA

erishishning ikki xil yo‘lini, ya’ni biri diniy, ikkinchisi ilmiy yo‘l deb bildilar. Diniy yo‘l bilan 
Xudo va uning qudratini bilish yo‘lidan iborat bo‘lsa, ilmiy yo‘l esa tabiat va ob’yektiv 
olamni bilish orqali amalga oshadi. 
Ulug‘ mutafakkirlarning jamiyatni paydo bo‘lishi, mazmun-mohiyati, shaxs va jamiyat 
munosabatlari to‘g‘risidagi ilmiy va falsafiy qarashlari katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Bu ulug‘ zotlar islom ma’naviyati va ma’rifatining shaxs va jamiyat munosabatlarining 
shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan hissasini doimo nazarda tutganlar. Zero, islom 
ma’naviyatining shaxs kamolotidagi o‘rni va roli muhimligi e’tirof etilgan. 
Arabiston yarim oroli va qo‘shni mamlakatlar xalqlarining yagona xalifalik davlatiga 
birlashtirgan islom dini bu tizimning mafkurasi sifatida qisqa vaqt davom etdi. Turli davlatlar va 
xilma-xil millatlardan tashkil topgan yirik xalifalik imperiyasi tizimi ichida ijtimoiy-iqtisodiy
davlatni boshqarish, xususan diniy masalalarda diniy ulamolar, davlat arboblari o‘rtasida 
munozaralar boshlanib, islom ta’limotining talqin qilish bilan bog‘liq yo‘nalishlar dastlabki 
yillardanoq yuzaga keldi. 
Ma’lumki, jahondagi barcha yirik dinlar o‘z taraqqiyotining muayyan bosqichida turli 
yo‘nalish va oqimlarga bo‘lingan. Chunki mazkur din tarqalgan xududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy 
va siyosiy kurashning kuchayishi muayyan dinga e’tiqod qiluvchi turli xalqlarning ijtimoiy 
manfaatlari va madaniy darajalari turlichaligidadir. 
Islomda ham uning tarixiy taraqqiyotida bunday bo‘linishlar bo‘lgan.
VII asrning ikkinchi yarmidayoq dastavval xorijiylar (Al-xavorij, xaraja-dindan 
chiqmoq mazmunida) yo‘nalishi shakllangan, so‘ngra yana ikki yirik oqim-sunniylik va 
shialikka ajralgan.
Yuzaki qaraganda, islomga e’tiqod qiluvchilar orasidagi ixtilof faqat diniy masalalar 
tufayli tug‘ilganidek tuyuldi. Aslida esa bunday emas. Tarixdan ma’lumki, islomning shakllanishi, 
mustaqil dinga aylanish davri uzluksiz davom etgan jangu jadallar bilan o‘tgan. Zero, Payg‘ambar 
(s.a.v.) Muhammad davridan boshlab Ali davriga (661 yilga) qadar va undan so‘ng islom 
Arabistondan tortib, Shimolda Ozarbayjongacha, Sharqda Movarounnahrga qadar, Janubda Arab 
dengiziga, Gʻarbda esa Tripolitaniyaga qadar yoyilgan. Arab istilochilari Movarounnahr (arablar 
O‘rta Osiyoni shunday atama bilan – “Daryo ortidagi yerlar” deb ataganlar)ni bosib olishni VII 
asrning 70-yillardan boshlab faqat VIII asrning boshlariga kelgandagina to‘liq tugallashga 
muvaffaq bo‘lganlar. Chunki, mahalliy xalqlar arab istilochilariga qattiq qarshilik ko‘rsatganlar. 
Bu jarayonni tasdiqlovchi Muqanna, Sumbad Mug‘, Gʻurak, Divashti boshchiligidagi yirik xalq 
qo‘zg‘alonlari tarixdan ma’lum. Boshqa mamlakat va xalqlar hayotiga islomni kiritish va 
bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olonlar keyingi asrlarda ham davom etgan. 
Islom IX-X asrlarda Tatariston, X-XII asrlarda Boshqirdistonga kiritilgan; Qozog‘iston va 
Qirg‘izistonda esa bu jarayon XIX asrda ham davom etgan. Dinning bunday keng miqyosda 
yoyilishida ishontirish, ma’rifat, targ‘ibot yo‘llari asosiy omillardan bo‘lgan. 
Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga islom yo‘nalishlarini (asosan sunniylik) targ‘ibot yoki 


arab istilosi orqali kiritilishi bilan bir vaqtda islom madaniyati, ma’naviyatini mahalliy xalqlar 
o‘rtasida keng yoyilishi kuzatiladi. Bu xududda sunniylikning hanafiya mazhabi qonun-qoidalarini 
mahalliy xalqlar hayotiga singdirish sunniylikning boshqa mazhablarga nisbatan tezroq amalga 
oshdi. Imom A’zam asos solgan hanafiya mazhabi boshqa mazhablarga nisbatan, birinchidan, 
diniy bag‘rikenglik (ya’ni boshqa mavjud dinlar va ularning urf-odatlari ham davom etish 
imkoniyati); ikkinchidan, moʻtadil mazhabligi (ya’ni mahalliy xalqlar, millatlarning 
xususiyatlariga mos kelishi, uning talablarini oddiy odamlarga mos kelishi); uchinchidan, bu 
mazhabga e’tiqod qiluvchilarning ortib borishi va hozirgi vaqtda musulmonlarning ko‘pchiligi 
ya’ni 93%i hanafiya mazhabiga e’tiqod qilishi bilan ajralib turadi. 
Islom evolyusiyasida vujudga kelgan yo‘nalishlarning muhim jihatlaridan biri xalqlar 
ma’naviyatini shakllantirishga yo‘naltirgan qonun-qoidalar va diniy e’tiqod talablaridir. Islom 
dinini qabul qilgan har bir musulmon uchun diniy marosimchilik talablarini bajarishdan tashqari 
hayotda halol, pok, vijdonli bo‘lish, xalol va xaromning farqiga borish, boshqalarning mulkiga 
ko‘z olaytirmaslik; oila qurish bilan o‘z farzandlarini islom ta’limoti, talabi ruhida tarbiyalash, 
halol mehnat qilish bilan kun kechirish kabi axloqiy normalar mujassam bo‘lishi talab qilinadi. 
Shuningdek, bu ta’limotda davlat, jamiyat ota-ona, vatanga muhabbat insonparvarlik, adolat, 
halolik mezonlari xalqlar ma’naviyati shakllanishining asosini tashkil qilgan. Bunday da’vatlar 
islom evolyusiyasining qaysi davrida bo‘lmasin o‘zining tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmagan 
aksincha islom diniga e’tiqod qilganlar ma’naviyatini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shib 
kelgan. Uning bu jihati, hozirgi fuqarolik jamiyat shakllantirilayotgan mamlakatimizda, jamiyatda 
ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirishga qo‘shayotgan hissasi ijobiy baholanib muhim 
tarbiyaviy-axloqiy ahamiyat kasb etmoqda. 
Jahon dinlari ichida eng kenjasi bo‘lgan islom dini tez orada juda ko‘p xalqlar va millatlar 
hayotiga kirib borib, ularning turmush tarzidan munosib o‘rin olishidan tashqari ko‘pgina 
sharqdagi davlatlarning boshqarish mafkurasiga aylandi. VIII-IX asrlarda islom evolyusiyasida 
turli yo‘nalishlar, mazhablar vujudga kelishiga qaramay islom ta’limoti (uning asosiy manbalari 
Qur’oni karim va hadisi sharif)ga kishilarning hayotida, xususan ularning ma’naviy-axloqiy 
dunyoqarashlarining shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin