odat maqomiga keng tayanishlari islomning ko‘chmanchilari orasida
ham tez tarqalishga olib
kelgan. Chunki bular o‘zlarining ibtidoiy urf-odatlarini hisobga olgan islomni, xususan hanafiya
mazhabini o‘zlariga ma’qul topganlar. Abu Hanifa fiqhning asoschisi va ulug‘ sifat ilohiyot
mutaxassisi bo‘lgan. “Agar diniy e’tiqod Zuhrogacha yiroqlashib ketsa ham, uni imom Abu Hanifa
yerga qaytarib keladi”
3
, deyishardi. Uning “Al-Fiqh al-Akbar” asari boshqa mazhab tarafdorlari
orasida ham mashhur bo‘lgan. Olimning yozishicha, u huquqiy masalalalrga oid 500 mingdan ortiq
misollar yaratgan va diniy ibodat hamda huquq masalalariga oid 64 fatvo nashr etgan. Abu Hanifa
zo‘r taqvodor kishi bo‘lib, zohidlikda yashagan. U haqda maxsus rivoyatlar yaratilgan.
Mujtahid imom Shofi’iy aytganidek, agar Imom A’zam biror narsani oltin deb
atashni xohlasa, uni isbot etish uchun uning mahorati ham, iste’dodi ham yetardi. Umuman
hanafiya boshqa shariat mazhablariga qaraganda xristian va yahudiylarga nisbatan
moʻtadillik nuqtai nazarida turgan.
Hanafiya mazhabi qonunlari Abu Yusuf Yoqub (vafoti 795 yil), ash-Shayboniy (vafoti 804
yil), Qodiriy (vafoti 1036 yil) asarlarida ham ishlab chiqilgan. Hamyurtimiz Marg‘inoniy ar-
Rishton (vafoti 1157 yil)ning fiqhga oid asarlaridan eng mashhuri “Hidoya fi-l-furur-Shariat
sohalari bo‘yicha qo‘llanma” hanafiya mazhablari tomonidan qonunlar majmuasi (kodeks) sifatida
foydalanilgan.
Marg‘inoniyning “Hidoya”si fors, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan bo‘lib,
hozir ham Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Turkiya va boshqa) hanafiya mazhabi shariat
sohasidagi asosiy qo‘llanma hisoblanadi.
Hanafiya mazhabi sunniylik yo‘nalishiga mansub bo‘lgan musulmonlarning 47 foizini o‘z
ichiga oladi. Hozir ham respublikamizda sunniylarning oila, nikoh, taloq va boshqa masalalarida
shu mazhabga tayanadilar.
2. Shofi’iy mazhabi. Uning asoschisi imom ash-Shofi’iy (767-820) kuchli ilohiyotchi
faqhlardan biri bo‘lgan;
Makkada yashagan, Yamanda qozilik qilgan. Ali avlodlari bilan
yaqinlashganligi uchun 803 yilda qamoqqa olingan. Avf etilganidan so‘ng
Misrga kelib,
Molikning shogirdi sifatida faoliyat boshlagan. 810 yildan Bog‘dodda o‘z ta’limotini targ‘ib
qilgan. Uning “Kitob al-umma” to‘plami islom huquqini an’anaviy tartib-qoidalar bilan
bog‘lashga qaratilgan, fiqh asoslariga to‘la tavsif berib, ijmo’dan foydalanishga alohida e’tibor
qilingan.
Dostları ilə paylaş: