ibodat kasal yo safarda bo‘lgan kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi.
Sababsiz ro‘zani buzgan kishi boshqa kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi sifatida ikki
oy paydar-pay ro‘za tutishi lozim bo‘ladi.
Shuningdek, ro‘za ramazondan tashqari oylarda ham
tutilishi mumkin. Masalan,
nafl ro‘za yoki qasamni buzishdagi
kafforat uchun ham ro‘za tutiladi.
Zakot. Zakot – “poklash” ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning
qirqdan bir qismini (1/40) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar
uchun farz etilgan.
Zakot yetim-yesir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo‘lida
yurganlar, zakot yig‘uvchilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay
turgan yoki
shaxsiy ehtiyojdan tashqari, xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag‘dan
beriladi. Zakot vositasida jamiyat kishilari orasida o‘zaro hurmat-e’tibor ortib, bir muncha tenglik
yuzaga keladi. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo‘lida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Haj – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va
ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj farz amallardan hisoblansada,
O‘rta Osiyo Arabistondan uzoq masofada joylashganligi sababli yuqorida zikr etilgan «
qudrati
yetganlik» sharti ulamolar tarafidan kiritilgan. Haj
zulhijja oyining 8 kunidan boshlanadi. Haj
qilishning uch turi mavjud: «ifrod» – faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj va
umra amallari
oldinma-ketin bajariladi, «tamattu’» – avval
umra qilinib,
ehromdan chiqiladi va
zulhijja oyining
sakkizinchi kuni
ehromga kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta:
ehrom bog‘lab niyat
qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani
tavof qilmoq.
Islom dinida yuqorida birinchi rukn sifatida zikr qilingan
iymon va boshqa e’tiqod masalalari
–
ilm al-aqo’id (ilohiyot) ilmida o‘rganilsa, keyingi 4 masala –
ibodat masalalari boshqa ko‘pgina
savollar bilan
ilm al-fiqh (diniy qonunshunoslik) doirasida bayon qilinadi va o‘rganiladi.
Islomning sunniylik va shialik yo‘nalishlaridagi barcha mazhablar
inson shaxsi haqida
deyarlik bir xil fikrni bayon qilganlar. Faqat islom falsafasida, tasavvufda bu masala yanada
murakkab mazmun va shakl kasb etgan.
Tasavvuf ta’limoti sohasida yirik tadqiqotlar muallifi N.Komilov ta’kidlaganidek, tasavvuf
O‘rta Osiyo falsafasi taraqqiyotidagi ko‘p asrlik tajribalarni o‘z ichiga olib, uni rivojlantirgan, din
va falsafa, hikmat va vahdat, kalom va hadis ilmlarini birlashtirgan, ilohiy bilimlarini birlashtirgan,
bular bilan dunyoviy ilmlarni bog‘lashga harakat qilgan.
1
Olimning «Xilvat» va «Uzlat» haqidagi Imom Gʻazzoliy fikrlarining tahlili diqqatga
molik. Tasavvuf yo‘liga kirishdan oldin har bir odam (erkak) oila a’zolari manfaatlariga zarar
yetmasligini hisobini qilish, agar shunday qilmasa «Uzlat»ga kirish gunoh ekanligi asoslanadi.
2
Bu
yerda shaxsning oilaga, jamiyatga munosabati ilohiy qadriyat orqali qaralishi bilan
birga boshqa omillarning roli inkor etilmaydi. Masalan, olimlarning olib borgan izlanishlari
natijasida Qur’oni karimda “Ilm” so‘zi 750 marta, “aql” so‘zi 50 marta tilga olinganligi
aniqlangan. Demak Qur’oni karim va boshqa diniy manbalar inson (shaxs) aql-zakovatini ijodiy
tomonga yo‘naltirishga yo‘l ochadi.
Xalqimiz tarixidan ma’lumki, ilm-fan, adabiyot, san’at
va ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarining hal qilishda dunyoviylik va diniylikka nisbatan ko‘p holda to‘g‘ri
yondoshilganligi uchun ijtimoiylik va ilmiy sohada shunday jahonga mashhur kashfiyotlar
qilindiki, ular xalqimizning ma’naviy-madaniy merosining oltin xazinasidan munosib o‘rin oldi.
Bu kashfiyotlarning egalari o‘z zamonasining, hattoki hozirgi davrining ham yuksak shakllangan
shaxsi ekanligidan dalolat beradi.
Shaxsning jamiyatga va aksincha jamiyatning shaxsga munosabati masalasi ham
muhimdir. Jamiyat, odamlar uyushmasining maxsus shakli, taraqqiyotning ma’lum bosqichida
shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Jamiyatning shakllanishi va qaror topishi uzoq
tarixiy davrni boshdan kechirgan bo‘lib, murakkab jarayonning ijtimoiy hodisasidir.
Xalqimiz o‘zining bir necha asrlar
davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-madaniy,
g‘oyaviy-axloqiy rivojlanish jarayonida uyg‘onish davrining ikki bosqichini bosib o‘tgan. Imom
Termiziy, Imom Buxoriy, Mahmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband kabi
1
Қаранг: Камилов Н. 1-китоб-Т.: 1996. Б-13.
2
Қаранг: Камилов Н. 1-китоб-Т.: 1996. Б-13.
ulamo, buyuk muhaddislarni, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Nasr Forobiy, Al-
Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Amir Temur, Zahriddin
Muhammad Bobur kabi buyuk fan va davlat arboblarini yetkazib bergan. Bu ulamo-olimlar va
mutafakkirlar islom ma’rifatiga ulkan hissa qo‘shib doimiy o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lgan
jamiyatning mazmun-mohiyati, jamiyat va shaxs munosabatlarining fan bilan din aloqalari haqida
fikr yuritish bilan bir vaqtda davlat va jamiyatni boshqarish masalalariga ham alohida e’tibor
berdilar.
Ushbu masalalarni tashkil qilishda mutafakkirlar fanlarni turkumlashda diniy va dunyoviy
fanlarga ajratmaganlari holda ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymaganlar. Ammo bular ikkala
yondoshuvda o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlari, o‘rganish ob’yektlarida bir-biridan farq qiladigan
tamoyillarini ham ko‘rsatib o‘tganlar.
Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan ulug‘ mutafakkirlar jamiyatni paydo bo‘lishi, mohiyati
va istiqbollari to‘g‘risida, shaxs va jamiyat munosabatlari, davlatni boshqarish xususida ilg‘or
ilmiy qarashlarni ilgari surdilar.
Bunda arab faylasufi Ibn Rushd olg‘a surgan haqiqatga
Dostları ilə paylaş: