5- mavzu. Islomdagi mazxablar va yo‘nalishlar


Druzlar. O‘z ta’limotiga ko‘ra, bu sekta ismoiliylardan ajralib chiqqan. Druzlar  vahdoniyatga –



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix21.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#101294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-MAVZU MA\'RUZA

Druzlar. O‘z ta’limotiga ko‘ra, bu sekta ismoiliylardan ajralib chiqqan. Druzlar 
vahdoniyatga  Allohning yagonaligiga e’tiqod etadilar va 998-1021 yillarda hukmronlik qilgan 
fotimiylar xalifasi Hakimni xaloskor sifatida yerga ikkinchi marta keladi, deb hisoblaydilar. Ular 
o‘zlarining «muqaddas» yozuvlariga ega. Ularda diniy marosimlar unchalik rivoj topmagan, shu 
sababli masjidi ham yo‘q. Barcha sektalar kabi, druzlar ham shariatni, shia imomlarini tan oladilar.


Karmatiy mazhabi. Karmatiylar ham ismoiliylardan ajralib chiqqan shahobchalardan biri 
bo‘lib, IX asr oxirida Iroqda o‘z faoliyatini boshlagandan so‘ng Suriya va Yamanga tarqalgan. 
Ko‘chmanchi badaviylar, dehqonlar va hunarmandlardan tashkil topgan bu mazhab islom 
ta’limotini Allohga va Muhammad payg‘ambarga e’tiqod qilishdan tashqari boshqa narsa va 
buyumlarga sig‘inishni qoralaganlar. Shu g‘oyani o‘z tarafdorlariga singdirgan qaramatiylar 
musulmonlar ziyoratgohi Ka’badagi Qora tosh ziyoratini, unga sig‘inishni, bid’at, butparastlik deb 
hisoblab, X asrning boshlarida (930 yili) haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, bir necha ming 
hojilarni va Makka shahri aholisini qatl etib, asrga olganlar. Shaharni va Ka’bani vayron qilib, 
qora toshni ikkiga bo‘lib, o‘z davlatlari Baxraynga olib ketganlar. 
Qaramatiylarning bunday harakatlarini aksariyat musulmonlar jamoasi qoralagan. Makka 
va Shaharni ta’mirlash ishlari amalga oshirilib 20 yildan so‘ng qora toshni qaramatiylardan katta 
to‘lov evaziga qaytarib olganlar. 
Ja’fariy mazhabi. Bu mazhab shialik yo‘nalishidagi imomat yo‘nalishiga (ya’ni 12 
imomga e’tiqod qilish) kiruvchi asosiy mazhablardan biridir. Shialikdagi 6-imom Ja’far as-
Siddiqni Ismoiliylar fiqh tizimini asoschisi deb tan oladilar. Islom tarixidan ma’lumki, fiqhga oid 
bu tizim IX-X asrlarda bir qator ilohiyotchilar tomonidan yaratilgan. Bunda imom Ja’farning 
ishtiroki bor yoki yo‘qligini belgilovchi dalil qolmagan. Chunki, undan hech qanday yozma asar 
qolmagan. Ammo shialikdagi diniy-huquqiylikka oid ta’limot ja’fariya nomi bilan ataladi. 
Ja’fariya mazhzabi o‘rta asrlarda Eronda hukmron diniy-huquq tizimini tashkil etgan. Bu 
mazhab hozirda ham Eron va Iroqda shialar o‘rtasida o‘z ta’sirini yo‘qotmagan. 
Islom paydo bo‘lgan davrdan boshlab, uning turli mintaqalarga tarqalish jarayoni, xususan 
diniy ta’limotni talqin qilish bilan bog‘liq davlatni idora qilish masalalari, hokimiyatni egallash 
harakati hamda xalifalik davrlarda vujudga kelgan ichki ziddiyatlar natijasida islomda yo‘nalishlar 
va bir qancha mazhablarni shakllanishiga olib keldi. Ammo bu yo‘nalish va mazhablar qaysi 
mintaqalarda mavjudligidan qat’iy nazar islom manbalari bo‘lmish Qur’oni karim va hadis 
sharifga amal qilgan. Bunday e’tiqodga ega bo‘lgan har bir musulmon qalbida u Allohning bandasi 
ekanligini his qilib turgan, gunoh ishlariga qo‘l urushdan o‘zini tiygan, toat-ibodat orqali o‘z 
ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishga harakat qilgan. 
Islomdagi yo‘nalishlar va mazhablarning shakllanishi jarayonida vujudga kelgan diniy 
e’tiqod va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid ziddiyatlar tufayli sodir bo‘lgan qurbonlar, talon-
tarojlar, islomning tarixiy jarayoni bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ularning ko‘pchiligiga o‘z ta’sir 
kuchini yo‘qota borgan, asosan musulmonlar tomonidan e’tirof etilgan yo‘nalishlar, mazhablar 
hozirgi Sharqda ham Markaziy Osiyo mintaqasida ham saqlanib qolgan. Ularning aksariyati islom 
ta’limotiga amal qilib, asrlar osha musulmon xalqlari hayotida ijobiy rol o‘ynab, uning ayniqsa 
ma’naviy-axloqiy qadriyatlari bu dinga e’tiqod qiluvchi kishi qalbiga ezgulik urug‘ini sochmoqda. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin