5- mavzu. Islomdagi mazxablar va yo‘nalishlar


Bundan ko‘rinib turibdiki, islom huquqi vaqtiga, o‘ringa, sharoitga qarab muayyan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix21.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#101294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-MAVZU MA\'RUZA

Bundan ko‘rinib turibdiki, islom huquqi vaqtiga, o‘ringa, sharoitga qarab muayyan 
xildagi o‘zgarishlarga uchragan, har xil sharhlarga duchor bo‘lgan. 
Yuqoridagi mazhablarning faoliyatida faqatgina sof huquqiy masalalar bilan 
cheklanmaganliklari tufayli bular shariat qonunlarining keng tarqalishiga olib kelgan. Ular 
qonunchilik tartib-qoidalari majmuiga nafaqat huquqiy masalalarni, balki diniy marosimchilik, 
savdo-sotiq, xulq-atvor masalalarini ham kiritganlar. Islom huquqshunoslari shariat qozilaridan 
boshqa sudlovchi tashkilotlar bo‘lmaganidan, musulmon huquqshunoslari barcha huquqiy va diniy 
masalalarni o‘zlari hal etardilar. 
Keyinchalik islom xududida rivojlangan davlatlarning mustaqil taraqqiyoti jarayonida 
ularning manfaatlarini qo‘riqlovchi turli-tuman dunyoviy qonunlar vujudga kela boshlagan. 
Qur’onda turli-tuman joiz va ta’qiqlarning bir turkumi mavjud. Ular keyinchalik kengaytirgan va 
bu elementlardan qonunlar majmui yoki islom huquqi tarkib topgan. Amalda shariatning asosiy 
yo‘nalishi hayotning turli masalalariga diniy nuqtai nazardan baho berishdir. Sof yuridik qarashlar 
unga keyinchalik kiritilgan. 
3.Shialik: sekta, mazhabi. 
 “Shia”- guruh, partiya, tarafdorlari degan ma’nolarni beradigan arabcha so‘zidan 
kelib chiqqan. 
Shialik o‘z ahamiyati va tarafdorlari soniga ko‘ra islomdagi ikkinchi yo‘nalishdir. U VII 
asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U 
choryorlarning to‘rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U juda ko‘p sektalarga bo‘linib ketgan. 
Bular orasida ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdorga ega bo‘lib, otahonlar boshchiligida 
hozir ham islom doirasida katta rol o‘ynamoqda. 
Shialar Arabistonda paydo bo‘lgan teokratik davlat-xalifalikdagi oliy hokimiyat uchun olib 
borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan. Xalifalikning barcha bosh lavozimlari 644 yildan 
boshlab quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan xalifa Usmon boshliq makkalik oqsuyaklar-muhojirlar 


qo‘liga o‘tgan. 
Islomda jabr-zulm qoralansa-da, baribir, ular islomga bo‘ysundirilgan boshqa xalqlardan 
tashqari musulmon arablarning o‘zlarini ham qattiq ekspluatasiya qilishaveradi. Bundan norozi 
bo‘lgan arablar Xalifa Usmonga qarshi qo‘zg‘alon ko‘tarib, uni Madinada o‘ldirishgan. Xalifalik 
lavozimiga Ali ko‘tarilgan. Biroq, u o‘z hokimiyatini quraysh oqsuyaklaridan himoya qilishga 
majbur edi. Ali tarafdorlari u payg‘ambarning amakivachchasi va kuyovi bo‘lganligi uchun 
musulmonlarning boshlig‘i bo‘lishi kerak, uning vafotidan keyin esa bu lavozim uning avlodlariga 
meros bo‘lib o‘tishi kerak, deb chiqishgan. Biroq taxt uchun kurashda Suriya hokimi Muoviya 
boshliq quraysh zodagonlari g‘olib chiqqan. Ali tiriklik chog‘idayoq Muoviya xalifa deb e’lon 
qilingan. 
Shialar Alidan boshqa barcha sunniy xalifalarning uzurpatorlar, ya’ni siyosiy hokimiyatni 
zo‘ravonlik bilan qo‘lgan olgan kishilar deb hisoblaydilar. Bular Alining avlodi bo‘lgan 12 
imomdan iborat o‘z sulolalarini ularga qarshi qo‘yganlar. Ular Alini, uning o‘g‘illari-Hasan va 
Husaynni hamda ularning avlodlarini shahid, deb hisoblashgan. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin