5- mavzu. Islomdagi mazxablar va yo‘nalishlar



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix21.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#101294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-MAVZU MA\'RUZA

 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.Sunniylik mazhabi.
Sunniylik – bu islomda izchil, sobitqadam yo‘nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda 
ko‘pchilik qismi  92,5 foizi sunniylikka e’tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizini shialar, ibodiylar va 
xorijiylar tashkil qiladilar.
“Sunna” arabcha odat, an’ana, xatti-harakat tarzi degan ma’nolarni bildiradi. 
Sunniylik degan so‘z arabcha “Sunna”, “muqaddas rivoyat”, ya’ni Muhammad payg‘ambar 
to‘g‘risidagi rivoyatlar va uning hadislari to‘plami degan tushunchadan olingan. Yana “Sunna” 
farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo‘lgan ko‘rsatmalar, amallaridir.
Sunniylar ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifalarning oliy hokimiyatga bo‘lgan 
huquqini tan olganlar. Sunniylikda Sunna Qur’ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar 
to‘plami deb qaraladi. U VII asr o‘rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalikdagi sinfiy 
munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidagi kurash o‘z ifodasini topgan. Uni 
to‘plash, sharhlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom at-Termiziy asosiy 
rol o‘ynaganlar. 
Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, Yaman, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bo‘yi, Sibir, 
O‘rol, Kichik Osiyo, Misr va Shimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning 
muqaddas shaharlari Makka va Madinadir. Unda to‘rtta shariat maktabi – hanafiylar, 
molikiylar, shofi’iylar, hanbaliylar mazhablari bor.
1. Hanafiya (Imomi A’zam) mazhabi. Bunga Abu Hanifa taxallusi Imomi A’zam-buyuk 
imom (699-767) asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri bo‘lib, shariat huquqini tartibga 
solgan, qiyosni tadbiq etgan, istihson tartib usulini (manbalar asosida chiqarish mumkin bo‘lgan 
xulosa yoki hukmlardan musulmonlar jamoasi uchun maqbulrog‘ini qabul qilib) ishlab chiqqan, 
mahalliy xalq huquq-qoidalarini odatni shariat bilan keltirib qo‘llanishni joriy etgan 
huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin