5- mavzu. Islomdagi mazxablar va yo‘nalishlar


Suriya, Hijoz Yaman, Kufa va Basraga ko‘p sayohat qilgan va 40 mingdan ortiq hadisni jam



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix21.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#101294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-MAVZU MA\'RUZA

Suriya, Hijoz Yaman, Kufa va Basraga ko‘p sayohat qilgan va 40 mingdan ortiq hadisni jam 
etgan olti jildlik “Musnad al-Imom Ahmad” (Imom Ahmadni tayanchi) asarini yaratgan. U 
mustahkam e’tiqodli sunniylik nuqtai nazaridan xalifa Ma’mun davrida davlat dini 
bo‘lmish mu’taziylikka qarshi kurashgani uchun bir necha bor qamalgan va jazolangan. 
Uning huquq tartiboti o‘ta torligi, diniy masalalarda Qur’on va Sunnaga qattiq rioya qilishligi, 
erkin fikr yuritish va talqin etishga, har qanday yangilikka qarshiligi, shariat tartib-qoidalariga 
rioya etishda qat’iy mutaassibligi bilan ajralib turardi. 
Hanbaliya mazhabi tarafdorlari avvallari faqatgina Qur’on va Sunnagagina tayanib, shar’iy 
hukmlar chiqarsalar, keyinroq qiyos va ijmo’ni qo‘llashda ham ular tanho Muhammad 
payg‘ambarning safdoshlari bo‘lmish sahobalarning hamjihatligidan kelib chiqqan hukmlarnigina 
inobatga olar edilar. Bunda ular tobe’inlarning ham, ulardan keyingi e’tiborli diniy arboblarning 
ham fikrlarini tan olmas edilar. Qur’on va hadislardan esa hech qanday dalil topolmagan taqdirda 
noiloj qiyosga murojaat etardilar. Bu mazhab diniy masalalarda hech qanday erkin fikrni tan 
olmay, shariat qonun va marosimlarini ijro etishda o‘ta jiddiylik ko‘rsatuvchi, dinning o‘taketgan 
fidoyilari edilar. Ularning rasmiyatchiligi, o‘taketgan mutaassibligi, jonli tarixiy haqiqatdan uzoq 
turgan qarashlari, ijtimoiy hayot va turmush tarzidagi har qanday yangiliklarga zid ekanligi sababli 
bu mazhab XII asrlargacha keng tarqalmagan. X asrda Eronda, XI-XV asrlarda Suriya va 
Falastinda Hanbaliyaning izdoshlari bo‘lgan.
XVIII asrga kelib, ibn Hanbal ta’limoti hozirgi Saudiya Arabistondagi vahobiylarning 
shakllanishiga asos solgan. U yerda Hanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amalda. 
Islom tarixida va hozirgi paytda ham yuqorida zikr qilingan mazhab sunniylar orasida teng 
huquqli hisoblangan va ulardan birortasi ham din asoslariga zid hisoblanmagan. Qohiradagi al-
Azhar dorilfununida islom fiqhi to‘rt mazhab bo‘yicha o‘rganiladi. Hanbaliya mazhabi 
sunniylikdagi eng kichkina, ya’ni 1,5 foizni tashkil etuvchi musulmonlar bo‘lsalarda, ular “sof” 
islom uchun kurashish bayrog‘i ostida, XVIII asrdan to hozirgacha turli mamlakatlarda 
vahhobiylik harakati orqali katta zarar keltirmoqdalar. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin