4.3-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishning landshaft uslubi.
Landshaft uslubida ko‘kalamzor hududlar barpo etishda
atrof-muhit landshaftini
tabiiy holicha saqlab qolish, ular orasida
ko‘kalamzorlashtirishning har xil ish turlarini bajarish: so‘qmoq
yo‘llar tashkil etish, o‘sib rivojlanayotgan o'simlik
turlariga
tabiiy suv yo‘nalishini tashkil etish,
buloqlar, irmoqlar va ular
atrofidagi o‘simlik dunyosini tozaligicha
ushlab turish kerak
bo‘ladi. Buning uchun mutaxassis joyning manzarali va o‘simlik
dunyosining biologik xususiyatiga e’tibor berib borishi lozim va
hokazo. Shuningdek, o‘simlik olamining
bino va inshootlar
arxitektura landshaft ko‘rinishiga mosligi ham talab etiladi.
Ulami to‘g‘ri joylashtirish kerak.
Nazorat savollari
1. Ko‘kalamzorlashtirishning umumiy tamoyillari.
2. Ko‘kalamzorlashtirishning asosiy uslublari.
3. Manzarali o‘simliklardagi ranglar majmuasini tushun-
tiring.
4.
Garmonik, disgarmonik va nyuans ranglar nima?
5. Peyzaj va landshaft uslublari.
38