Suv
resurslarining ifloslanishiga, asosan, sanoat va qishloq
xo ‘jaligi chiqindilari sabab bo'ladi. Tabiiy suvlarning ifloslanishi
manbalariga quyidagilar kiradi:
sanoat oqova suvlari, maishiy
xizmat oqova suvlari, mineral o ‘g ‘itlar va zaharli ximikatlar.
Daryolarga, soylarga, ko'llarga, suv
omborlariga sanoat oqava
suvlarining va uy-joy chiqindi suvlarining (kanalizatsiya) quyi-
lishi suv resurslariga katta zarar keltiradi.
Suv manbalarining ifloslanishi esa ulardan suv t a ’m inotida
foydalanishni ancha mushkullashtirib yuboradi. Shu sababli sanoati
va qishloq xo'jaligi rivojlangan ko'p chilik
davlatlar oldida suv
resurslarini m uhofaza qilish asosiy m u a m m o bo'lib turibdi.
Dostları ilə paylaş: