149
Dastlabki
monosaxaridlarni
regenerasiyalash
uchun
ularning
sulfonatlari Reney nikeli, litiy alyumogidrid
ishtirokida gidrogenlab
amalga oshiriladi. Monosaxaridlarni oddiy efirlaridan eng ko’p
o’rganilganlari metil, benzil va trifenilmetil (tritil) efirlaridir.
Uglevodlarni metil efirlari oligo- va polisaxaridlarni tuzilishini
aniqlashda keng qo’llaniladilar. Demetillash reaksiyalari qiyinchilik
bilan sodir bo’ladi; eng yaxshi natijalar dixlormetandagi bor xlorid
ishtirokida amalga oshadi. Yarimasetal guruhi eng oson demetillanadi.
Benzil efirlari sintezlarda oraliq mahsulotlar sifatida qo’llaniladilar.
Benzillash reaksiyalari monosaxaridga
dimetilformamidda benzil
bromid bilan kumush va bariy oksidlari, ishqor va natriy gidrid
ishtirokida amalga oshiriladi. Tritil efirlaridan birlamchi spirt
guruhlarini himoyalashda foydalanadilar. Trifenilguruhini hajmdor
bo’lganligidan ikkilamchi spirt guruhlari
bilan reaksiyalari faqat
maxsus tanlangan sharoitlarda amalga oshiriladi. Tritil efirlari
monosaxaridlarni piridinda trifenilxlormetan bilan ta’siri natijasida
olinadilar. Tritil guruhini yo’qotish uchun kislotalar yoki palladiy
ustida katalitik gidrogenlashni amalga oshirish lozim.
Bir vaqtni
o’zida ikki gidroksil guruhlarini himoyalash uchun monosaxaridlarni
alkiliden hosilalari qo’llanadi. Odatda bunday hosilalarni olishda
atseton yoki aldegid, ba’zi holatlarda asetaldegid va siklogeksanondan
foydalaniladi. Erkin monosaxaridlarni sulfat kislota yoki rux xlorid
ishtirokida aseton bilan kondensatlanishi natijasida izopropiliden yoki
aseton hosilalar hosil bo’ladi. Izopropiliden
hosilalar yaxshi
o’rganilgan bo’lib, sharoitga ko’ra turli izomerlar hosil bo’ladi.
Izopropiliden va boshqa alkiliden himoya guruhlari yumshoq kislotali
150
kataliz sharoitlarida, masalan, suyultirilgan sirka kislotada oson
yo’qotiladilar.
Dostları ilə paylaş: