A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105
bioorganik kimyo

mutarotasiya
deydilar(vaqt davomida burilish burchagini o’zgarishi).
C1 da hosil bo’lgan gidroksil yarimasetal, C1 atomi esa anomer deb 
nomlanadi. Yarimasetal gidroksil o’zining xossalari bo’yicha 
molekuladagi boshqa gidroksil guruhlardan keskin farq qiladi. U turli 
nukleofil guruhlarga almashinishi mumkin, buning natijasida 
monosaxaridlarni C1 atomi bo’yicha hosilalar hosil bo’ladi: 
glikozidlar, glikozilgalogenidlar, 1-O-atsilhosilalari. Uglevodlar 
polifunksional birikmalar bo’lib, ularning kimyoviy xossalari 


145 
karbonil va gidroksil guruhlarni borligi va ularni o’zaro joylashishiga 
bog’liqdir. 
Qandlar yoki monosaxaridlar qatorida umumiy qoidaga zid 
bo’lgan voqea uchrab turadi. Uni mohiyati shundaki, odatda 
siklogeksan hosilalarida o’rin oluvchilar ko’proq ekvatorial holatni 
qabul qilishga intiladilar. Qandlar qatorida geteroatom tutgan o’rin 
oluvchilar halqa kislorodi bilan o’zaro ta’sirlanishi natijasida aksial 
holatda ko’proq bo’lishi kuzatiladi. Ana shu hodisani anomer effekti 
deyiladi. 
Karbonil guruhiga xos reaksiyalar.
 
Monosaxaridlarni 
tautomer aralashmasida halqali shakllar asosiy qismni tashkil 
etsalarda, eritmada halqasiz shaklni ba’zi miqdori hisobiga aldegid 
va ketonlar uchun xos bo’lgan reaksiyalarga kirishadilar. 
Monosaxaridlarni gidroksilamin bilan ta’siri natijasida halqali va 
halqasiz shakllarni oksimlari hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan mahsulotga 
sirka angidridi ta’siri natijasida aldon kislota nitrili olinadi. Olingan 
nitrilni natriy metilat bilan ta’siri natijasida dezatsetillanish sodir 
bo’lib, sianid kislota ajralib chiqadi. Shunday yo’l bilan aldoza 
uglerod 
zanjiri bitta atomga qisqaradi.

 
Zanjirni uzayishi
tsiangidrin usuli bilan amalga oshiriladi. 
Aldozani natriy tsianid bilan ta’siri natijasida ikki izomer aldon 
kislotalar nitrillari hosil bo’ladi. Ularning gidrolizi natijasida aldon 


146 
kislotalari hosil bo’ladi. Aldon kislotalarni natriy amalgamasi bilan 
qaytarish natijasida aldoza hosil bo’ladi. 
Monosaxaridlarni gidrazin bilan reaksiyasi natijasida tautomer 
gidrazonlar aralashmasi hosil bo’ladi. Mo’l miqdordagi arilgidrazin 
bilan ta’sirida 

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin