Oqsillarning to‘rtlamchi strukturasi
Ba’zi oqsil molekulalari bir necha polipeptid zanjirdan iborat bo‘lib,
ular subbirliklar yoki protomerlar deb nomlanadi. Har bir protomer
o ‘ziga xos birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalariga ega.
Protomerlar va ular qism larining bir-biriga nisbatan fazoda
¡oylashuvi oqsil molekulasining to ‘rtlamchi strukturasi deb nomlanadi.
Ayrim oqsillar to ‘rtlamchi strukturasida protomerlar globulyar
ko'rinishda bo'ladi.
8-rasm . Gemoglobin modeli (Perutts bo‘ycha) a-zanjinlar;
ß-zanjinlar qora
Masalan: gem oglobin oqsili molekulasida polipeptid spirallari
vintsimon simmetrik holda birlashgan bo'ladi (8-rasm).
To'rtlamchi strukturaga gemoglobin, tamaki virusi oqsili, RNK-
polimeraza, laktatdegidrogenaza, katalaza va boshqalar ega bo'ladi.
Demak, birgina polipeptid zanjiridan iborat bo'lgan oqsil molekulasi
to'rtlamchi strukturaga ega b o ia olmaydi.
To'rtlamchi strukturaga ega bo'lgan oqsil molekulasiga oligomer
oqsil deyiladi. M asalan: gemoglobin m olekulasi (M=64500) 4ta
su bbirlik dan y o k i p o lip ep tid zan jirlarid an tashkil topgan. Bu
p o lip ep tid la rn in g h a r biri birlam chi, ik kilam chi va uchlam chi
strukturaga egadir.
To’rtta polipeptid zanjirining har ikkitasi bir xil birlamchi strukturaga
ega, shuning uchun ikkita a va ikkita ß -polipeptidlar gemoglobin
m olekulasini to ’rtlam chi strukturasini hosil qiladi. a -polipeptid
zanjirida 141, ß-polipeptid zanjirida esa 146 taaminokislotalarqoldig’i
joylashgan. Gemoglobin oqsili globulyar konfiguratsiyada bo’ladi.
Oqsillarning to'rtlamchi strukturasining hosil bo'lishi
Turli su b b irlik larn i o 'z a ro tutashib turishini am inokislotalar
qoldiqlarini qutbli guruhlari ta’minlaydi. Qutbli guruhlar orasida ionli,
vodorodli, ayrim vaqtlarda disulfidli bog'lar hosil bo'lib, subbirliklar
o'zaro mustahkam bogianadi. Vodorod bog‘ini uzuvchi moddalar
t a ’sirida, disulfid b o g i a r in i qay taru v ch i m o d d a la r t a ’sirid a
protom crlar dezagregatsiyaga uchraydi va oqsilning to 'rtlam chi
strukturasi buziladi. Oqsil multimerlari (oligomerlari) k o ‘pincha juft
sonli protomerlardan tuziladi. (2 dan 4 gacha oz m iqdorda, 6 dan 8
gacha, 10, 12. gacha va hk.). N atijada m assasi h a r xil b o ig a n
molekulalar hosil b o ‘lib bir necha ming, hattoki 100000 Dga teng
boiadi.
To‘rtlamchi strukturaga ega b o ig an gemoglobin 4 subbirlikdan,
piruvatdegidrogenaza kompleksi 72 subbirlikdan, RNK-polimeraza
5 subbirlikdan, LDG - 4 subbirlikdan iborat b o iad i.
Ikkilam chi, uchlam chi va to'rtlam chi stru k tu rala r birlash ib
makrostruktura yoki oqsillarning konfonnatsiyasi, oqsillaming fazoviy
strukturasini tashkil etadi.
O qsillarning denaturatsiyasi. Q a y ta r va qaytm as d e n a tu ra tsiy a
Oqsillarni tabiiy xossalarini (eruvchanlik, elektroforez harakati,
fermentativ, gormonal, immunofaollik) turli fizik va kim yoviy ta’sirlar
natijasida buzilishiga (yo'qolishiga) denaturatsiya deyiladi.
D e n atu ratsiy a n a tija s id a oqsil m o le k u la s in in g fa zo v iy
ko nform atsiyasi, y a ’ni ik k ilam ch i, uchlam chi va t o ‘rtlam ch i
strukturasi buziladi, ammo birlamchi strukturasi saqlanib qoladi.
Denaturatsiya natijasida oqsilning peptid zanjiri uzilm aydi, asosan
disulfid va vodorod b o g ia ri uziladi.
Denaturatsiya o ‘z y o ‘nalishiga binoan ikki xilga b o iin a d i: qaytar
va qaytmas.
Qaytmas denaturatsiya ta’sir etuvchi omil ta’siridan so ‘ng oqsil
o ‘z nativ strukturasini tiklay olm aydi. M asalan: tuxum o qsili
qaynatilgandan so‘ng, kuchli kislota yoki ishqor ta’sir etilganda sodir
boiadi.
Qaytar denaturatsiya deb ta ’sir etuvchi omil ta’sirini to'xtatgan
holatimizda oqsil o ‘z tabiiy xususiyatlarini tiklaydi. M asalan: neytral
tuzlar ta’sirida oqsil eruvchanligi y o ‘qolib cho'kmaga tushadi. S o ‘ng
dializ usulidan foydalanib tuzni y o ‘qotsak, oqsil qayta xossalarini
tiklab, eruchanligi tiklanadi.
Oqsillarni denaturatsiyalovchi omillar ikkiga b o iin ad i:
1.
Fizik om illar: q izdirish (t°-50-60° C dan y u q o ri) bosim ,
muzlatish, ultratovush va boshqalar.
2.
K im eviy omillar: a) H+,OH' ionlari ta ’siri odatda moddalaming
pH 4 dan past, 10 dan yuqori boiganda oqsil denaturatsiyasi kuzatiladi:
a) organik erituvchilar (spirt, atseton, xloroform);
b) siydikchil va og‘ir metallar tuzlari ta’sirida;
c) x o n a haroratida oqsillar quritilganda ular denaturatsiyaga
uchraydi.
D enaturatsiya natijasida oqsil molekulasi dumaloq, koptoksimon
shakldan ch o ‘zilib ipsimon shaklga aylanadi va agregatsiyaga uchraydi.
Agregatlar o ‘zaro birikib, katta agregatga aylanib cho'kmaga tushadi.
Denaturatsiyalovchi omilning ta’siri to‘xtatilsa ba’zi oqsillar qisman
yoki um um an o ‘z tabiiy holatiga (nativ holatiga) qaytadi. Bunday holat
oqsilning renaturatsiyasi deyiladi.
B u n i rib o n u k le a z a o q sili m is o lid a k u zatish m um kin.
Denaturatsiyadan keyin m a’lum vaqt o'tishi bilan ribonukleaza fermenti
kislorod ta ’sirida o ‘zining boshlang‘ich faolligiga ega bo'ladi va bunda
disulfid b o g ‘lari o ‘z holiga qaytadi. Oqsil denaturatsiyasining oldini
olish uchun fermentlami ajratib olish va saqlash past temperaturada
olib boriladi (0°-4°C).
O qsillam i denaturatsiyaga uchrashdan saqlash uchun turli kimyoviy
m oddalar q o ‘llaniladi (oddiy shakar, glitserin, organik moddalar).
Oqsillarni ajratib olish va tozalash
O qsillam i hayvonlar to'qimasidan, makroorganizmlardan maxsus
usullar yordam ida ajratib olinadi.
1. O qsillam i ajratib olishda gomogenizatsiya usuli.
O qsillam i hayvonlar to‘qimasidan, makroorganizmlardan ajratib
olish u c h u n avvalo to ‘qim alar yaxshilab m aydalaniladi, y a ’ni
gom ogenizatsiyalanadi. Bunda hujayra strukturasi buziladi oqsillar
eritm aga o ‘tadi. Gomogenizatsiya qilish uchun quyidagi usullardan
foydalaniladi:
1. C hinni hovonchada to‘qimani qum bilan ezish (maydalash).
2. Potter-Elvegay gomogenizatorida maydalash.
3. Sharsimon tegirmonchalarda maydalash.
4. K uchli ravishda muzlatib, keyin eritish yo‘li.
5. Ultratovush ta’sirida maydalash.
6. Bosim ta’sirida (muzlatilgan to ‘qimani mayda teshikli po‘lat
to ‘rdan o ‘tkazish).
7.
Azot gazi yordamida (azot gazini bosim ostida to ‘yin tirilad i
keyin keskin bosim p asaytiriladi. N atijada azot h u jay ran i o so n
parchalab oqsilni eritmaga o ‘tkazadi).
Yuqoiidagi usullar bilan hosil qilingan gomogenatdan oqsillarni
ajratib olish uchun ekstraksiya usulidan foydalaniladi. O lin g a n
g o m o g e n a tn i 8-10% Ii tu z e r itm a s id a e ritila d i. O q s i l l a r n i
ekstratsiyalash uchun ko'pincha m a iu m pHga ega b o ig a n b u fe r
eritm alardan, organik erituvchilardan va ionsiz d e te rg e n tla rd a n
foydalaniladi. Bu maqsadda organik moddalardan ko‘pdan beri ishlatib
kelinadigan eritmalar - glitserinning suvdagi eritm asi, sa x a ro z a
eritm asi, limon kislota va b o ra t b ufer aralashm alar, tr is - b u f e r
eritmalardan foydalaniladi.
^ Qon zardobi oqsilini ajratish uchun etil spirti, atseton, butil spirti
ta’sirida cho‘ktiriladi. Gomogenatdan toza holda oqsillarni olish uchun
har xil detergentlar ishlatiladi. U lar oqsil-yog‘ kompleksini va oq sil-
oqsil bog larini yaxshi p a rc h a la y d i. O qsillarni (fe rm e n tla rn i)
to z a la sh d a m itoxon driya b io m e m b ra n a s i bilan y o k i h u ja y r a
organoidlari bilan mustahkam birikadigan modda triton X -100, n a triy
dodetsilsulfat va natriy dezoksixolat ishlatiladi. Bu detergentlar o q sil-
oqsil k om plekslarini p a rc h a la y d i v a o q sillarning t o ‘r tla m c h i
strukturasini buzadi.
Oqsillarni fraksiyalash yo ‘li bilan ajratish
Oqsillar ekstratsiya qilingandan so ‘ng ekstraktni sentrifugalash
yordamida to qima elementlaridan tozalaniladi va eritmaga o ‘tgan
oqsillarni fraksiyalash yo‘li bilan ajratiladi. Hozirgi paytda quyidagi
usu llar bilan o q sillar fra k s iy a la rg a ajratiladi: tu z la r t a ’s ir id a
c h o ‘ktirish , issiqlik ta ’sirida d en a tu ratsiy alash usuli, o rg a n ik
erituvchilar yordamida cho‘ktirish, xromatografiya, gelflltratsiy a,
elektroforez, ultratsentri-fugalash usullari.
Oqsillarni tuzlar ta‘sirida cho‘ktirib ajratish
Oqsillarni ishqoriy va ishqoriy y er metall tuzlari ta’sirida ch o 'k tirib
fraksiyalanganda ular o‘z xossalarini saqlab qoladi, chunki dializ y o k i
gelfïltratsiya usuli bilan oqsil cho‘km asidan tuzlar ajratib olinsa, oqsil
eritmaga o'tadi. Bu usul biologik faollikka ega bo ig an ferm entlarni
ajratib olishda katta ahamiyatga egadir.
K linik laboratoriyalarda qon zardobidan globulin oqsiüarini
am m oniy sulfatning yarim to ‘yingan eritmasi, albumin oqsiüarini
to ‘yingan eritmasi yordam ida ajratib olinadi. Tuzlar bilan oqsilni
ch o ‘ktirishda oqsilning tabiati tuzlarning konsentratsiyasi hamda
eritmani pH va temperatura ahamiyatga ega boiadi.
Dializ usuli
Yuqori molekulali m oddalami past molekulali moddalardan yarim
o ‘tkazgich membranalar yordamida ajratish usuliga dializ deyiladi.
Dializ usuli kolloid zarrachalami yarim o'tkazgich membranalardan
o ‘tmasligiga asoslangan. Yarim o ‘tkazgich tnembranaiarga kollodiy,
sellofan, pergament qog‘ozlari misol bo'ladi.
Inson va hayvon organizmida buyrakdagi Boumen - Shumlyanskiy
kapsulasining pardalari ham yarim o ‘tkazuvchandir. Dializ uchun
ishlatiladigan asbobni dializator deyiladi. Oddiy dializator sifatida
kollodiy va sellofan qopchasi ishtatiladi. Cho'ktirib ajratilgan oqsil
cho'kmasini kollodiy yoki sellofan xaltachasiga joylab, distillangan suv
solingan idishga tushiriladi. Bunda vaqt o'tishi bilan kichik molekulali
moddalar (tuzlar) xaltacha tashqarisidagi distillangan suvga chiqadi.
Oqsil esa yarim o ‘tkazuvchi parda teshikchalaridan o ‘tolmaydi va
xaltacha ichida qoladi.
O q silla r a ralash m asin i ion alm ashuvchi, adsorb siyalo vchi
xromatografiya, gelfiltratsiyalash va afin xromatografiya yordamida
faam firaksiyalarga ajratiladi.
a) Ion almashuv xromatografiyasi.
Bu usulda ikki xil ion almashtiruvchi adsorbentlar sifatida ishlatiladi.
1. Kuchli va kuchsiz asosli anion almashtiruvchilar. Bularga
polistrol va sellyuloza hosilalari kiradi.
2. Kation alm ashtiruvchi polistirollarga sulfat birikmalari va
karboksilmetilsellyuza kiradi.
Ion almashtiruvchi moddalami kolonkaga (uzun shisha naycha) solib
kuchsiz kislota yoki asos bilan yuviladi. So‘ngra oqsil eritmasi
o'tkaziladi. Bunda oqsil molekulasi anion yoki kation gruppalarga
b o iin ish i natijasida oqsillami tuzlarning turli pHli eritmasi yordamida
ajratib olinadi.
b) Adsorbsion xromotografiya.
Bu usulda adsorbent sifatida faollashtirilgan ko‘mir va alyumin
oksidi ishlatiladi. Adsorbent kolonkaga solinib, erituvchi quyiladi va
oqsil eritmasi qo‘shiladi, bunda oqsil adsorbent bilan birikadi. So‘ngra
oqsil fraksiyalari turli pH li bufer eritmalari yordamida ajratib olinadi.
Oqsillami fraksiyalarga ajratishda taqsimlanuvchi xromatografiya
usulidan foydalaniladi. Taqsimlanish xrom atografiyasi adsorbsion
xromatografiyani turi bo‘lib, adsorbent sifatida xromatografiya qog'ozi,
kraxmal, silikagel va boshqalar ishlatiladi.
d) Gel xromatografiyasi.
Bu usu lda har xil gellar is h la tila d i, m asalan: d ek stran d an
tayyorlangan, turli markadagi sefadekslar, dekstran - yuqori molekulali
glyukoza qoldiqlaridan tarkib topgan polimer moddadir, uni ishqoriy
muhitda epixloridgidrin bilan reaksiyaga kiritilsa, gel hosil bo'ladi.
Poliakrilamid gelini hosil qilish uchun suvda yaxshi eriydigan monomer
akrilamid olib bu funksional reagentlar ishtirokida polimerlashtiriladi.
O qsillarn i m olekulalari k a tta y o k i k ich ik lig ig a q a ra b
gelxromatografiya kolonkasiga gel to‘ldirilib undan oqsillar aralashmasi
o'tkazilsa avvalo, kichik molekulali oqsillar gel g‘ovaklari orqali, gel
zarrachasining ichiga kirib diffuziyalanadi.
Yirik m olekulali oqsillar bu g ‘ov akchadan o ‘tolm aydi, u la r
zarrachaning tashqarisida qoladi va eritm a bilan kolonkadan oqib
chiqadi.
e) Afin xromatografiya.
Bu xromatografiya usulli quyidagi prinsiplarga asoslangan bo‘ladi:
ajratib olinishi lozim bo'lgan oqsilga spetsifik bo‘lgan modda Z-
ligandda erimaydigan M moddasiga mustahkam qilib biriktiriladi.
Shunday qilib, tayyorlangan MZ-adsorbenti xromatografiya kolonkasiga
solinadi va u orqali oqsil aralashmasi o‘tkaziladi. Bunda P oqsili spetsifik
adsorbent bilan birikadi. MZ+P=MZP. S o‘ngra kolonka yaxshilab
yuviladi va birikkan P-oqsilining birikmasini dissotsiatsiya qiluvchi
eritma bilan ajratib kolonkadan chiqariladi.
FJektroforez usuli
Bu usul bo'yicha oqsillar elektr maydonida har xil harakatlanish
tezligiga asoslanib fraksiyalarga bo‘linadi. Filtr qog‘ozida o‘tkaziladigan
elektroforez usuli yordamida inson qon zardobidagi oqsillarni 6
fraksiyaga ajratish mumkin. Qog‘ozda o ‘tkaziladigan elektroforezdan
tashqari hozirgi vaqtda kraxmal geli, poliakrilamid va sellyulozada
oqsillarni elektroforez yordamida fraksiyalarga b o iis h va ajratish
mumkin.
Filtr qog‘ozi o'rniga yuqorida ko‘rsatilgan moddalar elektroforezda
ishlatilganda qon zardobi oqsillarini k o ‘proq fraksiyalarga ajratish
mumkin. Masalan: kraxmal gelida 10 ta, poliakrilamid gelida 18 ta oqsil
fraksiyalarini olish mumkin. Elektroforez yordamida ajratilgan oqsilni
aniqlash uchun qog'oz va gellar bromfenol yoki 10 V am idqorabo‘yog‘i
bilan va boshqa oqsil bilan rang beruvchi reaktivlar bilan ishlanadi.
O qsil strukturasini o‘rganish usullari
O qsillarni g om ogen holda ajratib olish ularning birlam chi,
ikkilam chi, uchlam chi va to ‘rtlam chi strukturasini o ‘rganishga
imkoniyat tug'diradi. Oqsilning aminokislota tarkibini aniqlash uchun
oqsil t o i a am inokislotalargacha gidroliz qilinadi va analizatorlar
yordamida aminokislotalar tekshiriladi.
Oqsilning ikkilamchi strukturasini esa izotop almashinish usuli,
ultrabinafsha va infraqizil spektrosko'p usullari yordamida aniqlanadi.
Bu usullar polipeptid zanjirni spirallanish darajasini aniqlashga
imkoniyat beradi. Oqsilning uchlamchi va to'rtlam chi strukturasi -
elektron mikrosko‘p va rengenostruktur tahlil yordamida aniqlanadi.
Oqsillarning tasnifi va nomenklaturasi
Oqsillaming tarkibi va strukturasi yetarli o ‘rganilmaganligi sababli
ularning ayrim belgilariga qarab, ajratib olingan manbaiga qarab
nomlangan. Fizik-kimyoviy xossalariga, struktura va funksiyasiga qarab
oqsillar sinflanadi.
Oqsillar kimyoviy tarkibiga qarab ikki katta guruhga boiinadi:
Oddiy oqsillar.
Murakkab oqsillar.
Oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tuzilgan boiadi. Murakkab
oqsillar oqsil va oqsil boim agan qismlardan tashkil topgandir. Oqsil
boim agan qismini tuzilishiga qarab murakkab oqsillar nukleoproteinlar,
glikoproteinlar, lipoproteinlar, xromoproteinlar, metallproteinlarga
b o iin a d i. Oddiy oqsillarga gistonlar, p ro ta’minlar, glyutelinlar,
albuminlar misol b o iad i.
Hozirgi vaqtda oqsillar biologik funksiyasiga qarab quyidagi
guruhlarga boiinadi:
1. K atalitik funksiya. Barcha biologik katalizatorlar - fermentlar
- oqsil tabiatiga egadirlar. Hozirgi vaqtda 2100 dan ortiq fermentlar
m a ’lumdir. O qsillarning bu fu n k siy asi n o yob b o ‘lib, biolo gik
sistemalardagi kimyoviy reaksiyalar tezligini aniqlab beradi.
2. O zuqa (rezerv) funksiya. Bu funksiyani rezerv oqsillar amalga
oshiradi, ular homilaning rivojlanishi uchun ozuqa manbai boiadilar,
masalan tuxum oqsili (ovalbumin) bunga misol b o iad i. Sutning asosiy
oqsili kazein ham ozuqa vazifasini bajaradi. Boshqa qator oqsillardan,
shubhasiz, organizm aminokislota manbai sifatida foydalanadi, ular o ‘z
navbatida modda almashinish jarayonini boshqaruvchi biologik faol
moddalaming o'tmishdoshi hisoblanadilar.
3. T ra n sp o rt funksiyasi. Qonning nafas funksiyasi, xususan
kislorodning tashilishi eritrotsitlar oqsili gem oglobin m olekulasi
yordamida amalga oshiriladi. Lipidlaming tashilishida qon zardobining
albumin oqsillari ishtirok etadilar. Boshqa qon zardobi oqsillari yogiar,
mis, temir, tiroksin, vitamin A bilan kompleks hosil qiladilar va ularni
nishon-a’zolarga yetkazib berilishlarini ta’minlaydilar.
4. Himoya funksiyasi. Organizmda asosan himoya funksiyasini
immun sistemasi bajaradi. U organizmga tushgan bakteriya, toksin yoki
viruslarga qarshi him oya oqsil - qarshi tanachalarning sintezini
ta’minlab beradi.
5. Q isqarish funksiyasi. Mushakning qisqarish va bo‘shashish
jarayonida juda ko‘p oqsillar ishtirok etadilar. Lekin bu muhim jarayonda
asosiy rolni aktin va miozin - mushak to‘qimasining spetsifik oqsillari
o ‘ynaydilar.
6. S tru k tu r funksiya. Struktur vazifani bajaruvchi oqsillar odam
organizmidagi boshqa oqsillarga nisbatan o ‘z miqdori jihatidan birinchi
o'rinni egallaydilar. Ularga biriktiruvchi to'qim a kollageni, soch, timoq
va teridagi keratin, qon tomir devoridagi elastin va boshqalar kiradi.
Uglevod va lipidiar bilan oqsillarning hosil qilgan kompleksi katta
ahamiyatga ega.
7. G orm onal funksiya. Organizmdagi modda almashinuvi turli
mexanizmlar yordamida boshqariladi. Bu boshqaruvda ichki sekretsiya
bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlar asosiy o ‘rinni egallaydi.
K o‘pchilik gormonlar oqsil yoki polipeptid tabiatiga egadirlar (gipofiz,
oshqozon osti bezi gormonlari).
Lekin bu sanab o ‘tilgan funksiyalar oqsillar bajaradigan barcha
funksiyalar emas, haqiqatda oqsillar bajaradigan funksiyalar juda
k o ‘pdir. H ayvonlar to'qim a va a’zolari oqsilga boydir. Ko‘pchilik
bu oqsillar suvda yaxshi eriydilar. Lekin to g ‘ay, soch, timoq, suyak
to'qim asidan ajratilgan suvda erimaydigan b a’zi organik moddalar
ham oqsillar guruhiga kiritilgan, chunki ular о zining kimyoviy
tarkibi bo 'y ich a m ushak to ‘qimasi, qon zardobi, tuxum oqsillariga
yaqin.
Oqsillar m ushak, o ‘pka, qora taloq, buyrak quruq massasining
70-80%ini, odam tanasi quruq vaznining 45%ni tashkil etadi. Hayvon
to ‘qim alaridan farqli ravishda o'sim liklarda oqsillar kam saqlanadi.
O q sillarn in g kim yoviy tarkibi, tu zilish i va xususiyatlarini
o'rganish uchun odatda ularni suyuq to'qim alar yoki oqsilga boy
bo'lgan hayvon a ’zolaridan, masalan: qon zardobi, sut, mushak, jigar,
teri, soch, tim oqdan ajratiladi.
O qsillar m olekula shakliga k o ‘ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1. G lobulyar oqsillar - suvda yaxshi eruvchan.
2. Fibrillyar - suvda erimaydigan oqsillar.
O q silla rn in g biologik xossasini b irlam ch i stru k tu ra g a
bog‘liqligi
Oqsillarning spetsifiklik va biologik xossasi ularning birlamchi
strukturasiga b o g 'liq bo‘ladi. Agar birlamchi strukturadagi birorta
a m in o k islo ta q o ld ig ‘i o 'r n ig a boshqa am in o k islo ta qoldig i
almashtirilsa, oqsillarning spetsifiklik va biologik faolligi yo‘qoladi,
funksiyasi va xossasi o'zgaradi.
M asalan: gem oglobin tarkibi 574 am inokislota q oldig 'idan
tashkil topgan b o ‘lib, shundan bitta aminokislota qoldig'i o ‘rniga
boshqa am inokislota almashtirilganda gemoglobin kislorod tashish
xossasini y o'qotadi. Bu esa anemiya (kamqonlik) kasalligiga olib
keladi. E ritro tsitla r sferik shakldan o ‘roqsim on shaklga o ‘tadi.
M olekulasi 5250000 aminokislota qoldig'idan iborat bo‘lgan virus
oqsilining uchta aminokislotasi almashtirilsa zararsiz virus о lim
chaqiruvchi virusga aylanadi.
Oqsillarning biologik faolligini ularning birlamchi strukturasiga
bog‘liq b o ‘ladi.
Oqsillarning birlamchi strukturasining turga oid spetsifikligi
Turli hayvonlar insulini uglevod almashuvida b ir xil funksiyani
bajaradi. Ammo bu insulin oqsillari o'zaro bitta yoki ikkita aminokislota
qoldig'i boshqa aminokislotaga almashganligi bilan farq qiladi. Turli
hayvonlar insulinining A-polipeptid zanjirida 8-, 9- va 10-o‘rinlarida
aminokislota qoldig‘ini boshqa aminokislotalarga almashganligi bilan
bir-biridan farq qiladi. Shu bilan birga har xil hayvonlardan olingan
insulin oqsillarining B-polipeptid zanjirini C-oxiridagi aminokislota
qoldig'i boshqa bo iadi. Insulin molekulasi A va B polipeptid zanjiri
quyidagi sxema bo'yicha tuzilgan:
S------S
H -G li -------- 1— |— I------
1
—
A s n -O H
A-zanjiri (21)
Dostları ilə paylaş: |